lanadi. Yomg'ir suvlarini qabul qiluvchi quduqning turtib chiqqanligi bartaraf
etilmagan bo'lsa (10 sm gacha baland bo'lganda), uni qirqib tashlab, panjara bi-
lan to'sish uchun uyacha qoldiriladi. Ikkala holatda quduqqa kirib turgan quvur
uchini, uning loyihadagi darajasini saqlash maqsadida ko'tariladi yoki tushiri-
ladi, bir vaqtning o'zida quvurlarning o'zini ko'zdan kechiriladi. Cho'kish yoki
turtib chiqish 20 sm dan ko'p bo'lsa, quduqlar qiyshayib qolgan bo'lsa, butunlay
boshqatdan ishlab chiqiladi:
asos mustahkamlanadi, tashqi devor atrof i grunt
bilan yopishib, muzlab qolmasligi uchun izolyatsiya qilinadi.
Yopiq tarnovlar ustidagi toshlar, quduqlarning qopqog'i yemirilgan bo'lsa,
yangisi bilan almashtiriladi. Devorlaridagi yoriqlar sement qorishma bilan su-
valib, ustidan «Izol» mastikasi yoki qum-epoksidli aralashma surtiladi. Suv
qochirish, drenaj tizimi trassasidagi cho'kishlar, yuvilib ketishlarni yangi grunt
solib, shibbalab, yuzasini tekislab ta'mir qilinadi, chim bosiladi, o't urug'i sepi-
ladi.
Filqtrlovchi elementlar loy bosib qolgan bo'lsa, tozalanadi. Buning uchun
element chiqarib olinadi, yuviladi, o'zini yoki yangisini joyiga qo'yiladi,
boshqa elementlari ham tartibga keltiriladi.
Suv yuvib ketgan qiig'oqlar,
zovur tublari chim, shox-shabba, tosh va
boshqa materiallar bilan mustahkamlanadi. Qirg'oqni va tubini mustahkamlash
uchun grunt tashlab tekislanadi, namlanadi va yog'och naychalar bilan
kuchaythiladi.
Qum asosga esa tosh yotqizib, orasiga sement qorishma quyi-
ladi.
Quduq devorlarida osilib qolgan grunt bo'laklari, choklar tozalanib, quri-
tiladi va bitum surtiladi, yerosti suvlar to'xtamay oqsa, qatronlangan yoki moy
shimdirilgan kanop yoki namat tikib, ustidan tez qotadigan sement qorishma
yoki shpaklyovka surtiladi. Quvurlarning quduq bilan tutashgan joylari buzil-
gan bo'lsa ham, xuddi shunday usul bilan ta'mirlanadi.
Quduqlar atrofida hosil bo'lgan cho'kishlar va
yuvilishlar ustidan yangi
grunt tashlab ta'mirlanadi.
Quvurlar tutashgan joylar buzilgan bo'lsa, sement qorishma bilan suva-
ladi. Bunda tutashgan joy (halqasimon) awal smola shimdirilgan kanopni se-
ment suviga botirib, tirqishga tiqiladi, keyin 1:2 tarkibda tayyorlangan sement
atala bilan suvab, tashqaridan 45° burchak ostida nishab qilinadi. Kanop o'rami
toza, quruq, undan o'ralgan arqon diametri tirqishdan sal kattaroq bo'lishi
kerak: uzun bo'lishi, bir o'raganda 3-4 marta aylanishi kerak. Nam gruntlarda
tutash joylarni ta'mirlayotganda, namlik halaqit bermashgi uchun suv shimadi-
gan materiallar bilan vaqtincha o'rab qo'yiladi.
Uchi sidirg'a teshik beton va temirbeton quvurlarning tutash joyi sement,
ruberoid yoki borulin belbog'lar bilan o'raladi. Sement belbog' qo'yish uchun
yog'ochdan opalubka-g'ilof qilib, quvuiga kiyg'aziladi. G'ilof
bilan quvur yu-
zasi orasidagi tirqish loy bilan berkitiladi, so'ngra 1:2 nisbatda tayyorlangan at-
alani g'ilofning tepasidagi teshikdan quyib, ostki teshikdan chiqqunicha kuza-
tiladi. Ruberoid yoki borulin kamar qo'yishdan oldin, quvurlar uchi tozalanadi,
yuviladi, quritib, bitum surtiladi. Shundan so'ng tutash joyga ruberoid yoki
borulin 2-3 qavat, 20-25 sm enlikda yopishtiriladi. Silliq avtosement quvurlarn-
ing tutash joylariga asbosement, ikki bo'rtiqli mufta,
rezina halqa bilan birga
kiydiriladi.
Buzilgan quvurlarni almashtirayotganda yangi quvurlar mavjud quvurlar
tizimiga mos bo'lishi kerak Yangi quvur yotqizishdan oldin asosni tekislab,
shibbalab, zarur nishablikni ta'minlash kerak, shunda quvurlar cho'kishi yoki
eshilib qolishining oldi olinadi. Quvurlarning kirgan yo chiqqan joylaridagi
yuvilgan, surilgan, cho'kkan nuqsonlarni yangi grunt tashlab tekislanadi, chim,
shox-shabba va tosh bilan mahkamlanadi. Tevarak-atrofdan ichkariga suv
tushmasligi uchun tuproq marza qilib yoki ariqcha ochib
qo'yiladi. Quvurlarga
suv kiradigan joylar ifloslanib, quvur og‘zi tiqilib qoladi, ularni doim tozalab
turish kerak.
Suv qochirish qurilmalaridan suv tashlanadigan joylardagi yuvilib ketish-
larni
tuzatish uchun grunt tashlab, shibbalanadi, tosh yo chim bilan mus-
tahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: