§ 4.10 Majburiy salt ishlash ekonomayzerini avtomatik boshqarish tizimi ... 0
§ 4.11 Elektrotexnika bo‘yicha asosiy ma‘lumotlar ....................................... 0
§ 4.12 Akkumulator batareyasining tuzilishi va ishlash prinsipi ................... 0
5-BOB.
AERODROMNING YO‘L KO‘RSATISH BELGILARI VA
CHIROQLARI TAVSIFLARI
....................................................................... 0
§5.1 Aerodromning yo‘l ko‘rsatuvchi belgilari .............................................. 0
§5.2 Yorug‘lik qaytaruvchi qoplamali markerlar AS-09 va AS-10 ................ 0
§5.3 Vertodrom chiroqlari ............................................................................... 0
§5.4 Aylana shaklli chiroqlar AS1 .................................................................. 0
§5.5 PROJECTOR YORITKICHLAR AS12 ASKI.676644.001. .................. 0
§5.6 AERODROMLARNING STANDART YORUG‘LIK QURILMALARI
......................................................................................................................... 0
§5.6.1 YORUG‘LIK QURILMASI TIZIMLARI ―START YORUG‘LIGI‖ 0
§5.6.2 YORUG‘LIK QURILMASI TIZIMLARI ―OMI‖. ............................ 0
§5.6.3 YORUG‘LIK QURILMASI TIZIMLARI DAVOMI ―OVI‖ ............ 0
§5.6.4 YORUG‘LIK QURILMASI TIZIMLARI ―OVI-2‖ ........................... 0
§5.6.5 OVI-2 VA OVI-3 TIZIMI UQY CHIROQLARINI JOYLASHUVI. . 0
§5.6.6
SSP-1 yorug‘lik tizimlari ..................................................................... 0
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
...................................................... 0
KIRISH
Zamonaviy transport vositalari murakkab ob-havo sharoitida, yilning
hamma
fasllarida,
kechayu-kunduz
aeroportda
havo
kemalariga,
yo‘lovchilarga, yuklarga va aerodrom yo‘laklariga xizmat ko‘rsatuvchi ko‘p
amallar bajaradigan murakkab texnik jihozlar bilan jihozlangan vositalar va
mashinalar bilan ta‘minlangan.
Uchish apparatining to‘xtab turgan joyidan boshlab uchish yo‘liga
chiqqunicha, va turar joyiga borib to‘xtashigacha bo‘lgan barcha ishlar hozirgi
kunda aerodrom mashinalari yordamida bajarilmoqda.
Aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari fanlari havo
kemasiga xizmat ko‘rsatish mashinalarini turlarini, tuzilishini va ishlash
prisipi, yo‘lovchilar yuklari va pochta jo‘natmalarini tashuvchi va ularni
yuklovchi mashinalar tasnifi va texnik tavsiflari va boshqa ko‘plab
ma‘lumotlar mavjud bo‘lib, ushbu o‘quv qo‘llanmada ular to‘g‘risida asosiy
ma‘lumotlar berilgan.
Oquv qo‘llanmaning birinchi bo‘limida aerodromlar yerusti xizmati
vositalariga oid ma‘lumotlar berilgan.
Bo‘limning birinchi bobida aerodrom yerusti qoplamalarini tashxislash
usullari va vositalari, aerodrom inshootlarini ta'mir ishlarining turlari,
qoplamalarni ta'mir ishlari va ta'mirlash materiallari, aerodromlarning suv
qochirish va drenaj tizimini tutish va ta‘mirlash ishlari, aerodrom uskunalari,
oqim dastasini chetlatovchi to'siqlari, yerga ulaydigan qurilmalar, Kurs va
glissad radiomayaklari tavsifi, havo issiq paytlarda aerodrom tutish,
aerodromlarni bahorda ekspluatatsiya holatida tutish, aerodromlarni yoz
mavsumida ekspluatatsiya holatini saqlash va boshqa ma‘lumotlar berilgan.
Bo‘limning ikkinchi bobida havo kemalariga xizmat ko‘rsatuvchi
vositalarni texnik tavsiflari tasvirlangan bo‘lib, bunda havo kemasini elektr toki
bilan quvvatlantiradigan qurilmalar tasnifi va ishlash printsipi. Havo
kemalariga texnik xizmat ko‘rsatishda xizmat qiluvchi mashinalar tarkibiy
qismlari. Havo kemasiga yoqilg‘i, moy, suv, kislorod va oziq ovqatlar bilan
ta‘minlovchi vositalar. Aerovokzal va aerodrom hududidagi chiqindilardan
tozalovchi ko‘p funktsiyali qurilmalar tasnifi va ishlash printsipi. Havo
kemasini qo‘ndiruvchi qurilmalar. Yo‘laklardagi yoriqlarni sun‘iy to‘shamalar
bilan qoplash qurilmalari. Havo kemalariga qishki mavsumda issiqlik beruvchi
mashinalari, yo‘lovchilar elektrotraplari va teletraplarining texnik tavsiflari
keng yoritilgan.
Bo‘limning uchinchi bobida esa aerodromlarning radiotexnik jihozlariga
bo‘lgan umumiy talablar va ularni tavsiflari berilgan.
To‘rtinchi bo‘limda aerodromlarning meteorologik ta‘minoti haqida, ya‘ni
meteoma‘lumot va meteokuzatish ishlari, meteojihozlarning joylashishi haqida
ma‘lumotlar berilgan.
Beshinchi bobda esa aerodrom vositalari va mashinalari dvigatelining
konstruksiyasi va ishlash asoslari haqida ko‘rsatmalar berilgan. Ushbu
bo‘limda, dvigatellarning umumiy tuzilishi va ishlash asoslari, tizimlar va
mexanizmlar, dvigatelni blok-karteri, silindrlari, porsheni, shatuni, tirsakli vali
va ularning ishlash prinsiplari haqida foydali ko‘rsatmalar berilgan.
Oquv
qo‘llanmaning
ikkinchi
bo‘limida
aerodromlar
yerusti
mashnalariga oid ma‘lumotlar berilgan.
Bo‘limning
birinchi
bobida
yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatuvchi
mashnalarning texnik tavsiflari va o‘ziga xos jihatlati haqida ma‘lumotlar
berilgan bo‘lib, bularga: aeroport aerovokzalidan yo‘lovchilarni havo kemasiga
olib borish va uchib kelgan havo kemasidagi yo‘lovchilarni aerovokzalga
mindirib olib keluvchi transportlar ya‘ni, perron avtobuslarining texnik
tasniflari; havo kemasiga xizmat ko‘rsatuvchi samo bosh oshpazlari nomini
olgan oshxona xizmati avtoliftlarini boshqarish, uning ish tartibi va texnik
tasniflari; havo kemasiga xizmat ko‘rsatuvchi ambulatoriya ya‘ni, havo
kemasiga bemorlarni yetkazib beruvchi avtoliftlarni boshqarish va uning
texnik tasniflari; aeroportda yo‘lovchilarni havo kemalariga chiqishi va
tushishida bevosita xizmat qiluvchi mashinalarni ish tartibi, ish quvvati va
texnik tasniflari asos bo‘ladi.
Bo‘limning ikkinchi bobida havo kemasiga ichimlik suvi quyish shartlari,
yo‘lovchilar uchun maxsus suvlarni quyish asoslari, suv quyish mashinalarini
boshqarish tasniflari va texnik tavsiflari. Havo kemasi kelib qo‘ngandan so‘ng,
uning xojatxonasini vakuum baklarini almashtirish va uni joylashtirish tartibi
va texnik tavsiflari. Havo kemasiga yuklarni yuklovchi mashinalar boshqarish,
ularning ish tartibi va texnik tavsiflari. Havo kemasini yo‘lovchilar salonini va
kabinani havosini almashtirishda xizmat ko‘rsatuvchi mashinalarni boshqarish
va texnik tavsiflari. Aeroportning yong‘in xavfsizligi mashinalarining texnik
tavsiflari va ish jarayonlari haqida ma‘lumotlar. Havo kemasini shatakka
oluvchi mashinalarning texnik tavsiflarini o‘rganish. Havo kemalariga yoqilg‘i
quyish texnikalari va mashinalarining texnik tavsiflari va tasniflari. Havo
kemasini kuch qurilmasini havoning sovuq kunlarida isitish texnikasining
tasniflari haqida to‘liq ma‘lumotlar berilgan.
Bo‘limning uchinchi bobida esa havo kemalari harakatlanuvchi
yo‘laklarni qishki mavsumda qordan tozalash ishlarini olib boruvchi
mashinalarning ishlash printsipi, ish jarayonlari va texnik tavsiflari,
aerodromning yo‘laklarini muzlashini oldini oluvchi reagent suyuqligini
purkovchi mashinalar, aerodromning havo kemalarini muzlashini oldini
oluvchi reagent purkovchi mashinalar, aerodrom hududini barcha qismlarini
chiqindilardan tozalovchi kompaktli va ko‘p funktsiyali mashinalarning ish
printsiplari, tasnifi va texnik tavsiflari, shuningdek aerodromda xizmat
ko‘rsatuvchi transportlarga texnik xizmat ko‘rsatish asoslari va majmuasi
to‘g‘risida asosiy ma‘lumotlar berilgan.
Bo‘limning to‘rtinchi bobida
aerodromlar yerusti mashinalari va
vositalarining jihozlarini ishlatish va ularga texnik xizmat ko‘rsatish asoslari
haqida ko‘plab ma‘lumotlar berilgan. Bularga sovutish tizimlari, moylash
tizimlari,
dizellarning ta‘minlash tizimi, yondirish tizimi, starterning tuzilishi,
elektrotexnika bo‘yicha asosiy ma‘lumotlar, akkumulator batareyasining
tuzilishi va ishlash prinsipi va boshqa texnik sozlash ishlari haqida ma‘lumotlar
berilgan.
Beshinchi bobda aerodromning yo‘l ko‘rsatish belgilari va chiroqlari
tavsiflari haqida qisqa ma‘lumotlar berib o‘tilgan. Bularga: Aerodromning yo‘l
ko‘rsatuvchi belgilari, yorug‘lik qaytaruvchi qoplamali markerlar, vetrodrom
chiroqlari, aylana shaklli chiroqlar, Projector yoritkichlar, aerodromlarning
standart yorug‘lik qurilmalari, ―START YORUG‘LIGI‖,
―OMI‖ va ―OVI‖
tizimlarining yorug‘lik qurilmasi va SSP-1 yorug‘lik tizimlari.
Ushbu o‘quv qo‘llanmada kasb-hunar kollejlarining «Aeroportning
yerusti xizmati jihozlarini ishlatish va ta‘mirlash texnik mexanik»
mutaxassisligi bo‘yicha taxsil olayotgan o‘quvchilari o‘z kasbini ustasi bo‘lib
yetishishiga katta manba bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |