Z sh. Shovqiyev, F. N. Oqbo‘tayiev



Download 7,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/203
Sana12.07.2022
Hajmi7,76 Mb.
#778214
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   203
Bog'liq
aerodromlar yerusti xizmati vositalari va mashinalari

 
§4.6. Yondirish tizimi 
 
Karbyuratorli dvigatel silindrlarida siqilgan ish aralashmasi yondirish sve-
chasida hosil bo‘ladigan uchqundan alangalanadi. Uchqunli razryad hosil qilish 
uchun zarur bo‘lgan yuqori kuchlanishli tok akkumulyatorlar batareyasining 
elektr energiyasi qo‘llaniladigan priborlardan yoki generatordan olinadi. 
Avtomobil karbyuratorli dvigatellarida ishlatiladigan batareyali yondirish tiz-
imi past kuchlanishli tokni yuqori kuchlanishli tokka aylantirish va uni dvigatel 
silindrlariga taqsimlash uchun xizmat qiladi. Batareyasi o‘t oldirish tizimida 
ikkita: past va yuqori kuchlanishli zanjir bor. Past kuchlanishli tok zanjiri ak-
kumulyatorlar batareyasidan yoki generatordan ta‘minlanadi. Bu zanjirga 
yondirish kaliti (3) (113-rasm), qo‘shimcha rezistorli yondirish g‘altagining 
birlamchi cho‘lg‘ami (4), uzgich va massa ulangan. 
 
 
 


4.20-rasm. Batareyali yondirish shakli: 
1 - akkumulyatorlar batareyasi, 2 - starterni qo’shgich, 3 - yondirishni 
qo’shgich, 4 - birlamchi o’ram, 5 - ikkilamchi o’ram, 6 - yondirish g’altagi. 7 - 
taqsimlagich, 8 - uzgich, 9 - kondensator, 10 - yondirish svechasi. 
 
Yuqori kuchlanishli tok zanjiri yondirish g‘altagining ikkilamchi 
cho‘lg‘ami (5), taqsimlagich (7), yuqori kuchlanish simlari, o‘t oldirish sve-
chalari (10) va «massa»dan tuzilgan. Yuqori kuchlanishli tokning hosil bo‘lishi 
uzinduksiya qoidasiga asoslangan. Yondirish kaliti ulanganda va uzgich kon-
taktlari tutashganda elektr toki akkumulyatorlar batareyasidan yoki generator-
dan yondirish g‘altagining birlamchi cho‘lg‘amiga keladi va uning atrofida 
magnit maydoni hosil qiladi. Past kuchlanishli zanjir uzgichning kontaktlari 
ajralganda o‘t oldirish g‘altagining birlamchi cho‘lg‘amida tok va shu bilan 
birga uning atrofidagi magnit maydoni ham yo‘qoladi. Yo‘qoluvchi magnit 
maydoni o‘t oldirish g‘altagining ikkilamchi o‘ramini kesib o‘tadi va unda 
EYUK hosil qiladi. Ikkilamchi cho‘lg‘amda o‘ramlar soni ko‘pligi evaziga un-
ing uchlaridagi kuchlanish 20—24 kVt ga (20000—24000 Vt) yetadi. O‘t 
oldirish g‘altagining ikkilamchi cho‘lg‘amidan yuqori kuchlanishli tok yuqori 
kuchlanishli markaziy o‘tkazgich, taqsimlagich va simlar orqali o‘tib yondirish 
svechalariga keladi. Bunda elektrodlar orasida ish aralashmasini o‘t oldiruvchi 
uchqunli razryad vujudga keladi. 
Yondirish g’altagi 
po‘lat korpus (8), o‘zak (4), birlamchi va ikkilamchi 
cho‘lg‘amlar qopqog‘i (2) va qo‘shimcha rezistordan tashkil topgan. Yondirish 
g‘altagining po‘lat o‘zagiga ikkilamchi cho‘lg‘am (5), uning ustiga esa birlam-
chi cho‘lg‘am (6) o‘ralgan transformatordan iborat 
O‘zak bilan ikkilamchi cho‘lg‘am orasida izolyasiyalovchi truba (7), 
cho‘lg‘amlar qatlamlari orasida esa izolyasiyalovchi qog‘oz bor. 
Aylanuvchi mushtcha (6) uzgichning izolyasiyalangan richagchasiga chi-
qig‘i bilan siqadi. Bir marta aylanishda kontaktlarni mushtchada nechta chiqiq 
bo‘lsa, shuncha marta ajratadi. Mushtchadagi chiqiqlar soni dvigatelning 
silindrlari soniga teng. Uzgich korpusining tepasiga taqsimlagich o‘rnatilgan. U 
rotor (4) va qopqoq (1) dan tuzilgan. Rotor korbolitdan tayyorlangan bo‘lib, 
uning tepasiga ikki tomondan kontakt plastinasi mahkamlangan. U mushtcha 
chiqig‘iga mahkamlangan. Taqsimlagich qopqog‘i ham korbolitdan yasalgan. 
Uning tashqi qismiga yondirish svechasiga o‘tuvchi yuqori kuchlanish simlari 
uchun qisgich (2) li uyalar (silindrlar soni bo‘yicha) aylana buylab qilingan.
Qopqoqning o‘rtasida yondirish g‘altagidan chiqqan yuqori kuchlanish 
markaziy simini ulash uchun markaziy uya bor. Qopqoq ichiga markaziy uya 
qarshisiga simlarni rotor plastinasiga ulash uchun prujinali markaziy kontakt 
(3), har bir uya qarshisiga esa yon kontaktlar aylana bo‘ylab joylashgan. 
Taqsimlagich rotori mushtcha bilan birga aylanib yuqori kuchlanishli tokni 
yondirish svechasiga bergan holda markaziy kontaktni yon kontaktlarga ulaydi. 
Kulachok (6) uzgichning yuritma vali (11) ga markazdan qochma rostlagich 
orqali ulangan. Uzgich vali taqsimlash validan harakatga keltiriladi. 



Download 7,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish