Havo filtrlari.
Havo filtrlaridan foydalanish silindr porshen guruhi detal-
larining yeyilishini bir necha marta kamaytiradi, ular havoni qattiq zarrachalar-
dan iborat changdan tozalaydi. Avtomobillarda ikki pog‘onali inersion-moyli
havo filtrlari va filtrlovchi elementlari almashtiriladigan
quruq havo filtrlari
keng tarqalgan. Inersion-moyli (kombinasiyalashgan) filtr korpus, qopqoq va
ular orasida joylashgan filtrlovchi element dan tashkil topadi. Filtr korpusining
pastki qismida shtamplangan moy vannasi B mavjud bo‘lib, unga motor moyi
quyiladi. ZIL dvigateli filtrining yuqorida ko‘rilgan filtrdan asosiy farqi shun-
daki, unda dvigatel kapot va filtrning yuqorigi qismi oralig‘ida joylashgan pru-
jina bilan siqib turiladigan qo‘shimcha zichlovchi rezinali mufta mavjud.
Dvigatel kapoti tagida maxsus zaslonka mavjud. Yilning sovuq paytlarida
zaslonka prujina yordamida ochiq turadi va filtrga kapot tagidan qizigan havo
o‘tadi. Issiq paytlarda zaslonka yopiladi va sovuq
havo kapotdagi jalyuza
tirqishlaridan o‘tadi. Dvigatel ishlayotganda kiritish quvuri yo‘lida hosil
bo‘ladigan siyraklanish hisobiga havo yig‘gich - mufta orqali o‘tkazgich
qopqog‘i tagiga va halqali tirqish orqali moy vannasiga,
undan qaytargichga
o‘tadi.
Havo moyning ustiga urilib birdaniga harakat yo‘nalishini o‘zgartiradi va
filtrlovchi element tomon ko‘tariladi. Havo harakat yo‘nalishini o‘zgartirganda
inersiya hisobiga changdagi yirik zarrachalar moy yuzasiga tushadi va korpus
tubiga o‘tiradi. Filtrlovchi elementda tozalangandan keyin havo o‘tkazgich or-
qali karbyuratorga o‘tadi.
Quruq tipdagi ikki pog’onali havo filtri
. 1 pog‘onada
changni bunkerga
to‘plovchi monosiklon xizmat qiladi. Dizel ishlayotgan paytda kirituvchi havo
quvuri orqali suriladigan havo chang ajratgich orqali o‘tib filtr korpusiga
yo‘naladi va korpusda aylanma harakatga keladi. Markazdan qochma kuch
ta‘sirida changdagi zarrachalar korpus devoriga urilib bunkerga to‘planadi.
Yirik zarrachalardan tozalangan havo qogozdan yasalgan filtrlovchi element va
tozalangan holda chiqarish havo quvuri yo‘liga
va undan dizelning kiritish
kollektoriga o‘tadi.
Filtrlovchi element teshiklarining ifloslanganlik darajasini nazorat qilish
va o‘z vaqtida texnik xizmat ko‘rsatish uchun havo tozalagichlarda indikator
kiritilgan. U chiqarish havo quvur yo‘liga yoki kabinaga o‘rnatiladi. Indikator
och rangli korpusdan iborat bo‘lib, uning tagidagi aylana bo‘ylab
och qizil
bo‘yoqqa bo‘yalgan porshen o‘rnatilgan. Agar havo tozalagichning filtrlovchi
elementda tiqilib qolsa indikator avtomatik ravishda ishga tushadi. Kiritish
quvur yo‘lida siyraklanishning oshib ketishi natijasida porshen prujina
qarshiligini yengib, och rangli korpusga suriladi. Ko‘rish
oynasida qizil buy-
oqqa bo‘yalgan porshenning bir qismi ko‘rinib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: