Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

Doimiy  muzlik  qatlami.
  Bu  qatlamning  qalinligi  bir  necha  metrdan  bir 
necha  yuz  metrgacha  bo’ladi.  Shimoliy  o’lkalarda  bu  qatlamning  qalinligi  100m 
dan  ko’p.  Doimiy  muzlik  qatlamining  eng  katta  qiymati  shimoliy  Yoqutistonda 
aniqlangan bo’lib, 2600m ni tashkil etadi.  


133 
 
 
Doimiy  muz  yotqiziqlarida  muz  tog'  jinslarini  tog'  jinslarini  tashkil  etuvchi 
mineral  bo’lib,  mineral  donalarini  birlashtiradi  va  natijada  tog'  jinsining 
mustahkamligini  oshiradi.  Tog'  jinsi  g'ovaklaridagi  muz  miqdorini  gruntning 
absolyut  quruq  og'irligiga  nisbati  muzlananlik  deb  ataladi.  Muzlagan  tog'  jinslari 
tarkibida muzdan tashqari bazida  muzlamagan suv bo’ladi.  Grunt  tarkibidagi muz 
hamda  muzlamagan  suv  miqdorini(foizda  ifodalangan)  absolyut  quruq  grunt 
og'irligiga  nisbati  doimiy  muzlikning  namligini  tashkil  qiladi.  Doimiy  muzlik 
yotqiziqlari  ko’pincha  loydan,  sunes  va  suglenokdan  iborat  bo’ladi.  Bu  gruntlar 
muzlaganda  qattiq  holga  o’tadi  va  ularning  hususiyatlari  qoya  tog'  jinslari 
hususiyatiga o’xshash bo’lib, mustahkamlik darajasi katta miqdorga ega. 
Harorat- 0,30  dan past bo’lganda changli qumlar qattiq -muz holatga o’tadi. 
Supes bu holatga - 0,60 da , suglenok - 1,00 da va plastik holatdagi gilli gruntlar - 
1,50  S  da  o’tadi.  Gilli  gruntlarning  siqilishiga  qarshiligi  xarorat  pasayishi  bilan 
oshib  boradi  va  uning  miqdori  ko’pincha  0,5-2  MPa,  gohida  undan  ko’p  bo’ladi. 
Muzlagan  gruntlarning  mustahkamligi  ularning  namligiga  bog'liqdir.  Harorat 
pasayishi  bilan  muzlangan  gruntlarning  deformatsiyasi  kamayadi  va  natijada 
deformatsiya moduli oshadi. 
Harorat - 2-80 bo’lganda, bunday gruntlarda deformatsiya moduli bir necha 
yuz MPa ni tashkil qiladi. 
Muzlagan  gruntlarning  yana  bir  xususiyati  ular  deformatsiyasining 
yopishqoq-plastik  ekanligidir.  Kuch  ta’sirining  birinchi  bosqichida(boshlanishida) 
ularning qarshiligi juda yuqori bo’lib, vaqt o’tishi bilan kuch ta’sirida bu qarshilik 
keskin kamaya boradi. 
 
 


134 
 
 
54-rasm. Doimiy muz yotqiziqlari 
 
Kuch qo’yishning boshlang'ich davrida gruntning ichki ishqalanish burchagi, 
tutashuvchanlik  kuchi-    MPa  ni  tashkil  etgan  bo’lsa,  bosimning  uzoq  vaqt  ta’sir 
etishi  natijasida    ga    MPa  ga  tushib  qoladi.  Agar  gruntda  bo’ladigan  bunday 
o’zgarishni  hisobga  olinmasa,  u  holat  unga  qurilgan  inshoot  uchun  yomon 
natijalarga olib kelishi mumkin. 
Professor S. S. Viyallovning tajribalari shuni ko’rsatadiki, gruntning harorati 
o’zgarmasa  ham  muzlagan  gruntlar  uzoq  vaqt  kuch  ta’sirida  bo’lsa,  ularning 
mustahkamligi  kamayadi.  Masalan,  og'ir  changli  suppesning  harorati-1,20 
bo’lganda,  unga  kuch  qo’yilagndan  keyin  1  minutdan  so’ng  uning  mustahkamligi 
0,16MPa, boshlang'ich mustahkamligi 0,76MPa ni tashkil etadi. 
Loyli  va  gilli  gruntlar  eriganda  suyuq  holga  o’tadi  ularning  namligi  juda 
yuqori, kuch ko’tara olish qobiliyati juda past bo’ladi. Bazi bir hollarda gruntning 
namligi  uning  tarkibidagi  qattiq  moddalar  miqdoridan  oshib  ketadi.  Yerigan 
gruntlarning  surilishiga  qarshiligi  ham  juda  kam  bo’ladi.  Bunday  holda  qattaq 
holdagi  muzlagan  gruntlarda  ta’sir  etayotgan  kuch  miqdori  suyuq  holga  o’tgan 
gruntlar uchun ortiqcha bo’lib qoladi. Natijada grunt inshoot ostidan yon tomonga 
chiqib  ketishi  va  inshoot  yao’kishi  mumkin.  Shu  sababli  doimiy  muzlik 
hududlarida  inshoot  zaminidagi  grunt  haroratini  o’zgarishiga  yo’l  qo’ymaslik 
kerak. Bu xususiyat faqatgina gilli, loyli muzlagan gruntlarga hos xususiyatdir. 
Yirik qumlar, shag'al, tosh kabi yer osti suvlaridan yuqorida yotgan gruntlar 
inshootning mustag'kam zamini bo’lib hizmat qila oladi. 
Muzlagan gruntlarning yana bir xususiyati ko’pchish xususiyatidir. Suv muz 
xolatiga  o’tganda  kengayadi,  natijada  gruntda  hajm  kengayishi,  ya’ni  ko’pchish 
ro’y  beradi.  Tajribalar  shuni  ko’rsatadiki,  muzlagan  gruntlarda  ro’y  beradigan 
ko’pchiy qoziqli ko’prik tayanchlari uchun ayniqsa havflidir. Bu xususiyat doimiy 
muzliklarning  ustki  qavatida  ro’y  beradi.  Ustki  qavatning  hajm  kengayishi  ya’ni 
ko’pchishi grunt tarkibida suvning bir joydan ikkinchi joyga  ko’chishi(migratsiya)  


135 
 
 
va  muzlab  muz  qavatchalarining  hosil  bo’lishi  natijasida  ro’y  beradi.  Migratsiya 
muzlovchi  qavatini,  boshqa  chuqurlikda  yotgan  qavatlardan  suvni  tortib  olishi 
natijasida  ro’y  beradi.  Bu  hodisa  yer  osti  suvlari  yaqin  bo’lganda  yuz  beradi. 
Gruntlarni  qo’shimcha  suvga  to’yinishi  muzni  hosil  bo’lishining  ko’pchishga  va 
eriganda uning kuch ko’tara olish qobiliyatining keskin kamayishiga olib keladi. 
Yengil  suglinok  va  changli  supeslarda  suvning  ko’chib  o’tish  jarayoni  tez 
ro’y  beradi.  Gilli  gruntlarda  suv  o’tkazuvchanlikning  pastligi  sababli  suvning 
ko’chib  o’tish  jarayoni  sust  bo’ladi.  Suvning  ko’chib  o’tish  jarayonida  grunt 
qavatida  hosil  bo’ladigan  muz  qavatchasining  qalinligi  mm  dan  o’nlab  sm  va 
undan ham qalin bo’lishi mumkin. Bu esa gruntlarda katta yoki kichik muzlaganlik 
hosil bo’lishiga sabab bo’ladi. 
 Shunday  qilib,  doimiy  muz  yotqiziqlari  manfiy  haroratda  juda  katta 
mustahkamlikka  ega  bo’lib,  eriganda  esa  kuch  ko’tara  olish  qobiliyati  juda  past 
bo’lgan gilli moddaga aylanadi. 
Bunday gruntlarda inshootlarni qurishda gruntning manfiy haroratini saqlash 
lozim  bo’ladi.  Buning  uchun  ustunli  poydevorlardan  foydalanish  mumkin,  ya’ni 
quduq  (skvajina)  qazib  unga  temir-beton  ustunlan  tushiriladi.  Quduq  qazilganda 
muz  par  yordamida  yoki  elektr  yordamida  eritiladi.  Doimiy  muzlik  yotqiziqlarida 
qidiruv  va  loyihalash  ishlari  QMQ-18-76  berilgan  qoidalar  asosida  olib  boriladi. 
Bu  xududda  doimiy  muzlik  yotqiziqlarida  qurilish  ishlarini  quyidagi  usuldan 
foydalanib  olib  borish  mumkin:  1)  Inshootning  asosini  tashkil  etuvchi  gruntlarni 
muzlik  holatini  hisobga  olmagan  holda(qoya  tog'  jinslari  tarkibida  katta  muz 
donalari  bo’lmasa  va  boshqa  tog'  jinslarida-  ular  eriganda  cho’kmasa);                     
2-inshootning 
asosidagi 
gruntning 
doimiy 
muzlik 
holatini 
saqlagan 
holda(ko’priklar  va  isitilmaydigan  inshootlar)  3-inshootni  qurish  jarayonida 
doimiy  muzlik  yotqiziqlarini  erishiga  yo’l  qo’ygan  holda  (agar  inshoot  kam 
cho’kuvchan  bo’lganda  va  cho’kish  miqdori  har  hilligiga  qarshi  choralar 
ko’rilganda); 4-poydevor qurilguncha tog' jinslarini eritib ularni zichlash usuli. Bu 


136 
 
 
usul  sochiluvchan  muzlagan  gruntlarda,  agarda  uning  tarkibida  muzning  miqdori 
ko’p bo’lsa hamda qoya tog' jinslarining yoriqlarida muz bo’lsa qo’llaniladi. 
Yuqorida  berilgan  usullarni  tanlashda  inshootning  turi,  hamda  muzlik 
yotqiziqlarining  turi  hisobga  olinadi.Doimiy  yotqizqlarida  avtomobil  yo’llarini 
loyihalashda ko’tarmalardan foydalangan holda 2-3 usullar qo’llaniladi. 
Bu  usullardan  avtomobil  yo’llarini  ko’rishda  foydalanganda  hamda  QMQ 
2.05.02.85 ga asosan quyidagilar amal qilishi kerak: 
A)  doimiy  muzlikning  yuqori  qavatining  balandligi  ko’tarmaning  tag 
qismidan  pastda  bo’lmasligi  va  bu  holat  avtomobil  yo’lini  ishlashi  davomida 
saqlanishi kerak. Bu shart doimiy muzlikning ustki qavati juda ko’p cho’quvchan, 
ya’ni  namligi  oquvchanligi  chegarasidagi  namlikdan  yuqori  bo’lgan  gilli 
gruntlarda tashkil topgan, harorati past bo’lgan yotqiziqlardan qo’llaniladi. 
B)  avtomobil  yo’lining  ishlashi  mobaynida  ustki  qavatining  yerishiga  faqat 
shunday  qoplamalar  uchun  ruhsat  etiladiki,  ularda  cho’kish  miqdori  yo’l  qo’yishi 
mumkin  bo’lgan  qiymatda  bo’lsa.  Bu  shart  inshootning  asosiy  qismlarini 
loyihalashda tehnik iqtisodiy ko’rmatkichlarini aniqlashda hisobga olinadi. 
V) doimiy muzlik gruntlarini oldindan eritib yo’l uchun ajratilgan uzun yuza 
quritilgandan so’ng yo’l qoplamasi quriladi. 
Bu  shart  doimiy  muzlik  yotqiziqlarini  eritib,  so’ngra  quritishi  mumkin 
bo’lgan yerlarda qo’llaniladi.

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish