Muz yotqiziqlari
: Baland tog'larda va qutb
o’lkalariga, ya’ni o’rtacha harorat 0
0
C dan past
bo’lgan o’lkalarga yoqqan qor yig'ilib, vaqt o’tishi
bilan zichlanib muzliklarni hosil qiladi. Kaynazoy
erasining to’rtlamchi davrida uchta muz davri bo’lib,
ular “lixvin”, “dnepr” va “valday” muz davrlaridir.
Bular orasida dnepr muz davri uzoq davom yetgan bo’lib, juda katta maydonni,
dnepr va don daryo vodiylarini ham ishg'ol qilgan, natijada Skandinaviyada
muzning qalinligi 4000 m dan oshgan. Bu muzliklar juda ko’p yotqiziqlarni
qoldirib ketgan. Muz yotqiziqlari muzliklarning harakati hamda erishning mahsuli
hisoblanadi. Buning natijasida shimol tomonga yonalgan chiziq bo’ylab London-
Krakov-Jitomir-Kiyev-Oryol-Voronej-Pemza-Qozon-Serov maydonlarida katta
qalinlikdagi (100 m va undan ko’p) turli tarkib va hususiyatga yega bo’lgan muz
yotqiziqlari hosil bo’lgan. Muz yotqiziqlari orasida yeng ko’p tarqalganlari: 1)
morena yotqiziqlari; 2) flyuvioglyatsion (suv-muz) yotqiziqlaridir.
Muzliklarning harakat tezligi uning qalinligi va zaminning nishabligiga
bog'liqdir. Muzlik qalinligi qanchalik katta va nishabligi ham katta bo’lsa, muzlik
tezligi shunchalik katta bo’ladi. Muzlik harakati davomida o’z ostidagi yonlaridagi
tog' jinslarini yemirib boshqa joylarga olib borib yotqizadi. Muzliklarni harakati
natijasida hosil bo’lgan yotqiziqlar
morenalar
deb ataladi.
Morena yotqiziqlarining asosiy hususiyati, ularning xar xil ulchamdagi
donalardan tashkil topganligidir. Tog' yonbag'ri qanchalik baland bo’lsa, bunday
128
tog' jinslari shu qadar oson yig'ilib pastga to’kiladi. Muzlikning chegaralarida
mayda va yirik tosh parchalaridan iborat uzun jo’yaksimon tizimlar vujudga keladi.
Bu hildagi yotqiziqlarni chekka morenalar deb ataydilar.
Ko’pincha katta muzliklar alohida havzalardan oqib chiqqan, bir necha
kichik muzliklarning qo’shilishidan hosil bo’ladi. Ikkita muzlik bir biriga
qoshilgach, ularning bir biriga yondosh tarafdagi chekka morenalar ham qo’shilib
yangi morenalar, ya’ni o’rta morenalar hosil bo’ladi. Murakkab muzlik qancha
ko’p mayda muzliklarning qo’shilishidan hosil bo’lsa, u shu qadar ko’p o’rta
morenalarga yega bo’ladi.
Muzlikning yuzida yotgan barcha morenalar ustki morenalar deb ataladi.
Agar muz yemirilib, utki morenalarning bir qismi darzlikning ichida to’kilib,
bundan so’ng bu yotqiziqni harakatni muzning ichida davom yettiradi. Bunday
morenalar ichki morenalar deb ataladi. Muzga qo’shilib qotib qolgan jinslar muz
bilan birga harakatlanib, muz ostidagi tog' jinslarini yemiradi va yotqiziqlar hosil
qiladi. Shu hilda to’plangan materiallarni tub ostki morenalar deb ataladi. Tub
morenalar ustki va ichki morenalardan shu bilan farq qiladiki, undagi tog' jinsi
bo’laklari siljish jarayonida bir biriga, vodiyning tagiga va yoniga ishqalanib
silliqlanib qoladi.
51-rasm. Muz yotqiziqlari
Muzliklar yuqoridan pastga qarab harakatlanib, albatta doimiy qor
chegarasidan pastroqqa tushib boradi. Bu chegaradan pastda yoz faslida harorat
0
0
С dan yuqoriroq bo’lib qor eriydi. Bunday sharoitda muzlik ham sekin asta eriy
boshlab tobora kichrayadi va ohiri yoqolib ketadi. Muz bilan kelgan materiallar
129
muzlikning erib ketgan yerida uyilib qolib, morenaning yangi bir turini tashkil
yetadi. Bular oxirgi morenalar deb ataladi. Oxirgi morenalar tarkibida har turli
katta kichik, qirrali va silliq, tog' jinsi bo’laklarini uchratamiz.
Morenalar ko’pincha tarkibida shag'al, mayda shag'al bo’lgan, xarsang toshli
glina, suglinok va supesdan iborat bo’lib, ular donalarining yerda tarqalgan tog'
jinslarining turiga bog'liq. Morena yotqiziqlarida qum va mayda shag'al
yotqiziqlarini lazer yoki qavatcha shaklida uchratish mumkin. Morenalar
sementlanmagan, shu sababli ularda ichki tuzilishli bog'lanish yoq. Shuning uchun
ularning qurilish xossasi ular tarkibidagi gil miqdoriga bog'liq.
Shimoliy o’lkalarda tarqalgan morenalarning tarkibi qumli va changli
materiallardan iborat. Shu sababli ularning mustahkamligi geodinamik kuch va
suvli oqim ostida juda oz. Bu xususiyat ular tarkibidagi chang fraksiyasining
xususiyatlariga bog'liq bo’lib, ularda bog'langanlik juda oz miqdorda, suv
o’tkazuvchanligi past. Shusababliulardanqiyaliklarhosilqilingandaularoqibketadi.
Morenalar tarkibida suvda tez eruvchan tuzlar uchramaydi, lekin karbonatlarning
miqdori 25% bo’lishi mumkin. Tabiiy namlikda morenalar qattiq bo’lib, ulardan
tik qiyaliklar hosil qilish mumkin. Ularning tabiiy namligi 12-14% dan oshmaydi.
Siqilish moduli 5-25 mm/m ni tashkil qiladi. Morenalarda ichki ishqalanish
burchagi 23-260 , tutashuvchanlik kuchi miqdori 0.04-0.06 MPa.
Muz yotqiziqlarini qurilish xossalarini o’rganganda ularning tarkibini, har
xilligini, yotish shaklining turlichaligini hisobga olish kerak. Morenalarning suv
o’tkazuvchanlik va suv saqlash qobilyati, ularning tarkibiga va zichligiga bog'liq.
Gilli morenalarning suv o’tkazuvchanligi juda kam. Morena yotqiziqlari boshqa
yotqiziqlardan zichligining yuqoriligi bilan farqlanadi. Ularning zichligi 2.22 g/m
3
bo’lishi mumkin
8
.
8
G.F.Bell Engineering Geology, 116-bet
130
52-rasm. Muzliklar Athabasca, Alberta, Kanada
yaqinidagi Karroviy muzliklari
Muz yotqiziqlari uzoq vaqt muz qatlamlari ostida bo’lganligi sababli
ularning zichligi katta, hamda tarkibida yirik bo’laklarning bo’lishi ularning
mustahkamligining oshishiga sabab bo’lgan. Ular bosim ostida siqilmaydi. Shu
sababli ular har qanday inshootga zamin bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |