Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar


-§. Sun’iy gruntlarning ichki bog’lanishlari



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

18-§. Sun’iy gruntlarning ichki bog’lanishlari. 
 
E.M.  Sergeev  sun’iy  gruntlarni  ulardagi  ichki  bog'lanishlariga  qarab 
quyidagi turlarga ajratiladi: 1. Qattiq-mustahkam kristall bog'lanishga ega bo’lgan 
tog'  jinslari(sun’iy  qoya  tog'  jinslari)  2.  Bo’sh  kristall-ionli-elektrostatik  ichki 
bog'lanishga ega bo’lgan tog' jinslari. 3. Ionli-elektrostatik kapillyar va molekulyar 
ichki  bog'lanishga  ega  bo’lgan  sun’iy  gruntlar.  Quyida  ani  shu  gruntlar  bilan 
tanishib chiqamiz.
 
Mustahkam kristall bog'lanishli sun’iy gruntlar:
Agar qoya tog' jinslarida 
yoriqlar  bo’lsa  bu  tog'  jinslarining  mustag'kamligin  oshirishi  va  suv 
o’tkazuvchanligini  kamaytirishi  uchun  bu  yoriqlarga  har  xil  sementlar,  silikatlar, 
gilli-silikatlar,  betonlar  yuboriladi  va  mahkamlanadi.  Tog'  jinslari  yoriqlariga  har 
xil eritmalar  yuborish  yo’li bilan ularda turli bog'lanishlar hosil qilinadi. Masalan, 
sement  yordamida  suvning  kristall  bog'lanishlar  hosil  qilinsa,  glinalar  yordamida 
esa ionli-elektrostarik bog'lanishlar hosil qilinadi. Shu yo’l bilan dispers gruntlarda 
har  xil  usullar  yordamida  sun’iy  yo’l  bilan  mustahkam  kristall  tuzilishi 
bog'lanishlar  hosil  qilish  mumkin.  Natijada  gruntlar  “to’planib”  sun’iy  qoya  tog' 
jinslari  g'osil  bo’ladi.  Bunday  usullarga:  1.Dispers  gruntlarini  sement,  kultutgich 
mahsulotlari,  ohak,  suyuq    silikat,  katron  va  boshqa  moddalar  yordamida 
mahkamlash; 2. Lyossimon va gilli gruntlarni kuydirish kiradi. 
Yirik  bo’lakli,  qumli,lyoss  va  gili  tog'  jinslarini  portlandsement  yordamida 
maxkamlash usuli qurilishda keng qo’llaniladi. V.M. Bezruk, L.V. Goncharova va 


138 
 
 
boshqalarning 
ishlarida 
dispers 
gruntlarini 
portlandsement 
yordamida 
mahkamlashda  tarkibi  va  tuzilishini  o’zgarishlari  yoritib  berilgan.  Olimlar 
tomonidan  gilli  va  lyossimon  gruntlarni  mahkamlashning  boshqa  usullari  ham 
ishlab  chiqilgan.  Bu  usullar  yordamida  gruntlarni  fizik-ximik  faolligining 
kamaytirish uchun boshqa ikkilamchi qo’shimchalardan ham foydalanish mumkin. 
Gruntlarni  ohaktosh-ohak  eritmasi  bilan  sementlash  xususiyatidan 
foydalanishga  asoslangan.  So’ngdirilgan  ohak  dispers(qumli,  lyoss,  gilli)  gruntga 
yuborilganda  havodagi  ko’mir  kislotasi  bilan  qo’shilib  SaSO3  kristallari  hosil 
bo’ladi, bu esa grunt donalarini bir-biri bilan birlashtiriladi. 
Ca(OH)

  grunt  tarkibidagi  nordon  tuzlar  birikmasi  bilan  qo’shilib 
mustahkam  kalsiyli  silikatlar  hosil  qiladi  va  ularning  mustahkamligi  vaqt  o’tishi 
bilan oshib boradi. 
Gilli  gruntlarni  ohaktosh  yordamida  qayta  ishlash  natijasida  gruntlarni 
plastik, yopishqoq, bo’qish hususiyatlari kamayadi va mustahkamlik oshadi. 
Qumli  gruntlarni  mustahkamlashda  ikki  eritmali  moddalar  bo’yicha 
silikatlash  usuli  katta  ahamiyatga  ega  bo’lib,  bu  usul  gruntlarga  suyuq  oyna 
eritmasi  yordamida ishlov berish  va ikki  yoki uch valentli  metallarning tuzlaridan 
foydalanishdan iborat(qo’shimcha CaCl
2
 tuzidan foydalaniladi). 
S.V. Voronkevich(1974) qo’llagan usul, ya’ni qumlarni silikatlashda ko’mir 
kislotasi  yuborish  usuli  yaxshi  natijalarni  berdi.  Lyossimon  gruntlarni 
mustahkamlashda  silikatlarning  bir  xil  eritmasini  yuborish(bir  xil  eritmali 
moddalar  bilan  silikatlash)  usuli  ham  qo’llaniladi.  Grunt  ichki  tuzilishini 
buzmasdan  unga  shurf  yoki  burg'u  qudug'i  orqali  silikat  eritmasi  bosim  ostida 
mahsus  asboblar  orqali  yuboriladi.  Gruntlarni  mustahkamlikning  oshirish 
usullaridan  yana  biri  polimerlardan  foydalanishdir.  Bunda  qatronlar  yordamida 
gilli,  lyossimon  va  qumli  gruntlar  mahkamlanadi.  Hozirgi  vaqtda  sun’iy 
qatronlardan  foydalanish  maqsadida  ko’pgina  ilmiy  qidiruv  ishlari  olib 
borilmoqda. 


139 
 
 
Lyossimon va gilli gruntlarni kuydirish 700-900
0
C va undan yuqori bo’lgan 
haroratda  olib  boriladi.  Kuydirish  natijasida  mineral  donalarining  qisman  kuyishi 
va  ularda  yangi  ichki  tuzilishli  kristall  bog'lanishlar  hosil  bo’ladi.  Bunda 
gruntlarning  mineralogik  tarkibi  ham  o’zgaradi.  Gruntning  xossalari  butunlay 
o’zgarib  ketadi.  Ularning  mustahkamligi  suvga  chidamliligi  oshadi,  issqlikning 
kam  o’tkazuvchan  bo’ladi.  Gruntlarni  kuydirish  burg'u  quduqlari  yordami  bilan 
tog'  jinslariga  gaz  yuborish  orqali  bajariladi.  Tog'  jinslarini  kuydirish  darajasi 
ularning  ichki  tuzilishi  va  tekisturasiga  bog'liqdir.  Agar  gruntlarda  yirik 
g'ovakliklar  va  mayda  yoriqlar  ko’p  bo’lsa  qizdirish  darajasi  kattalashtiriladi. 
Shunday  qilib,  gruntlarni  mahkamlashda(toshlash)  u  yoki  bu  usulni  qo’llash 
gruntlarning tarkibiga, ichki tuzilishiga va tekisturasiga bog'liqdir. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish