Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet235/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

ag'darilmalar

to’kilmalar
  va 
sochilma
  hodisalari  ro’y  beradi. 
Ag'darilma
  yoki  qulash  hodisasi  nurash  natijasida  hosil  bo’lgan  katta  hajmdagi 
qoya  tog'  jinslarining  qiyalikdan  ag'darilib  tushishidir.  Bu  hodisalar  tufayli  temir 
yo’l  va  avtomobil  yollari  to’silib  qolishi,  daryolar  bo’g'ilishi  mumkin  va  hokazo. 
Bu hodisalar, ko’pincha, tog' yonbag'irlarida uchraydi, chunki u yerlarda magmatik 
va metamorfik tog' jinslari tarqalgan. Bu tog' jinslarida nurash jarayonida  yoriqlar 


334 
 
 
hosil  bo’lib,  ularning  mustahkamligi  kamayadi.  Natijada  tog'  yon  bag'rining  bir 
qismi  yemirilib,  qoya  ko’rinishida  ajralib  qoladi.  Ajralib  qolgan  qism  nurash 
jarayonining  rivojlanishi,  portlatish  ishlari  yoki    yer  qimirlashi  oqibatida  
muvozanatini  yo’qotib,  qiyalik  bo’ylab  pastga  birdaniga  ag'darilib  tushadi. 
Ag'darilmani  tashkil  kiluvchi  tog'  jinsining  hajmi  gohida  shunday  katta  bo’lishi 
mumkinki,  u  daryolarni  to’sib  qo’yib,  ko’llar  hosil  qilishi  mumkin.  Masalan, 
Iskandar  ko’lining  hosil  bo’lishi  Hisor  tog'ida  ro’y  bergan  ag'darma  bilan  bog'liq. 
Bu  jarayonni  Kavkazdagi  Ritsa  ko’li,  Ozarbayjondagi  Gek-Gyol  misollarida  ham 
ko’rish mumkin.  
 
138-rasm. Ag’darmaning ko’rinishi 
 
Shuningdek,  foydali  qazilmalarni  qazib  olish  mobaynida  ham  ag'darilmalar 
hosil bo’lishiga sharoit yaratiladi. Masalan, Angren shahrida ko’mirni ochiq usulda 
qazib  olish  mobaynida  tog'  jinslarining  mustahkamligiga  ta’sir  etilgan, oqibatda  u 
yerda  ag'darilma  hodisasi  tez-tez    bo’lib  turadi.  Shunday  qilib,  ag'darilmalarning 
hosil  bo’lishidagi  asosiy  sabab  qiyaliklarni  tashkil  etuvchi  tog'  jinslarining 
mustahkamligi 
buzilib, 
o’z 
og'irligi 
ta’sirida 
ag'darilib 
tushishidir. 
Mustahkamlikning  buzilishiga  nurash  natijasida  hosil  bo’lgan  yoriqlar  sabab 
bo’ladi.  Ag'darilmalarning  hosil  bo’lishida  tekto’nik  yoriqlarning  ahamiyati  katta 
tekto’nik  yoriqlar  tog'  jinsining  katta  qismini  ajratibgina  qolmay,  balki  bu 
yoriqlarga  tushgan  suv  natijasida  nurash  jarayoni  tezlashib,  ag'darilma  hosil 
bo’lishini tezlashtiradi va hokazo. 


335 
 
 
Tog' jinsidagi yoriqlarning tarqalishiga qarab qanday hajmdagi ag'darilmalar 
bo’lishini  oldindan  aytish  mumkin.  Olimlardan  V.  D.  Lomtadze  tog'  jinslarida 
tarqalgan  darzlik  va  yoriqlarning  hajmiga  qarab  bu  tog'  jinsi  tarqalgan  maydonni 
to’rtta turkimga ajratadi: 
1.  Yoriqlari  ko’p  bo’lgan,  juda  ko’p  qismlarga  ajratilgan  tog'  jinslari    -    bu 
turkumga 1m balandlik yoki uzunlikdagi tog' jinslarida ko’zga yaqqol tashlanuvchi 
5-8  ta  yoriq  darzliklar  bo’ladi.  Bunday  maydonlarda  ag'darilmalar  tez-tez  ro’y 
berib, katta buzuvchi kuchga ega bo’ladi; 
2. O’rtacha yoriq va darzliklardagi tog' jinslari - tog' jinslarida 2-3 ta ko’zga 
yaqqol  tashlanuvchi  yoriqlar  mavjud  bo’ladi.  Bunday  maydonlarda  ham 
ag'darilmalar tez-tez ro’y berib, ular ham, katta buzuvchi kuchga ega bo’lib, xavfli 
hisoblanadi; 
3. Yoriqlari kam bo’lgan tog' jinslari -  2-3 m dagi maydonda 1-2 yoriq yoki 
darzliklari  bo’lgan  tog'  jinslari.  Bunday  maydonda  hosil  bo’ladigan  ag'darilmalar 
ham juda xavflidir; 
4.  Yoriqlari,  darzliklari  bo’lmagan  tog'  jinslari,  qachonki  ko’zga 
tashlanuvchi yoriqlari bo’lmasa. 
Ag'darilmani  tashkil  qiluvchi  tog'  jinsining  hajmiga  qarab,  uning 
inshootlarga  ta’sirini  aniqlash  mumkin.  Shuningdek,  tog'  yonbag'rining  nishabligi 
ham  ag'darilmaning  ta’sir  masofasiga  va  tezligiga  ta’sir  etadi.  Nishablik  va  tog' 
jinsi hajmi qancha katta bo’lsa, ag'darilmaning buzish kuchi hamda tezligi shuncha 
yuqori  bo’ladi.  Ag'darilmalar  baland-pastliklardan  tashkil  topgan  tog'li,  tik  va 
baland  qiyaliklar  tarqalgan  hududlarda,  chuqurliklar,  yarim  chuqurliklar  bilan 
uyilgan  qiyaliklarda,  chetlari  tik  bo’lgan  ochiq  konlarda  ro’y  beradi.  Relyef 
qanchalik  baland-pastliklardan  ibort  bo’lsa,  u  joylarda  ag'darilmalarning  hosil 
bo’lish ehtimoli shuncha yuqori bo’ladi. 
Ag'darilmaning buzuvchi kuchi qulayotgan tog' jinsi massasiga va qulash 
tezligi kvadratining yarmiga to’g'ri proporsionaldir. Buzuvchi kuch miqdori 
quyidagi ifoda orqali ifodalanadi: 


336 
 
 
 
bu yerda: 
m - tog' jinsining massasi; 
v - tog' jinsining tushish tezligi; 
Erkin tushuvchi jism tezligi o’sha jism uzilib tushgan joyning balandligiga bog'liq 
bo’lib, quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: 
 
 
 
bu yerda:    
 
H - qiyalikning balandligi; 
q - erkin tushayotgan jism tezligi. 
 
Bulardan  ko’rinib  turibdiki,  ag'darilmaning  buzuvchi  kuchi  ag'darilmani 
tashkil  yetuvchi  tog'  jinsi  massasiga  hamda  u  hosil  bo’lgan  qiyalikning 
balandligiga ham bog'liq. 
Ag'darilmalarni  kuzatish  shuni  ko’rsatadiki,  10-12  m  balandlikdan  tushgan 
ag'darilmalar  tog'  yonbag'irlaridan  o’tgan  yo’llarga  ta’sir  etib,  yo’l  qoplamasini 
ishdan chiqaradi. 
Ag'darilmalarning  hosil  bo’lishida  hozirgi  vaqtda  yer  qobig'ida  ro’y 
berayotgan  o’zgarishlarning  ta’siri  ham  katta.  Chunki  hozirgi  tektonik  harakatlar 
natijasida  yer  qobig'ining  bir  qismi  ikkinchi  bir  qismiga  nisbatan  ko’tariladi, 
oqibatda relyefning o’zgarishiga olib keladi, natijada ag'darilmalar hosil bo’lishiga 
sharoit  tug'iladi,  bundan  tashqari,  bu  harakatlar  oqibatida  yer  qimirlaydi  va 
ag'darilmalar hosil bo’lishi tezlashadi. Shu sababli yosh tog'larda ag'darilmalar tez-
tez  ro’y  beradi.  Ag'darilmalar  hosil  bo’lishida  qiyaliklar  ustki  qismining 
yalang'ochlanib qolishi ham ma’lum ahamiyat kasb etadi. Avtomobil yo’llarini tog' 
yonbag'irlaridan  o’tkazish,  lahimlar  kavlash  vaqtida  tog'  jinslari  qirqilib, 


337 
 
 
yalong'ochlanib  qoladi,  bu  esa  nurash  jarayonini  tezlashtiradi.  Oqibatda  tog' 
jinslarining yaxlitligi buzilib, yoriqlar hosil bo’lishiga olib keladi. 
Shunday qilib, ag'darilmalar, hosil bo’lishiga quyidagilar ta’sir etadi: 
1)  joyning  iqlimi  va  nurash  jarayoni;  2)  joyning  geomorfologik  tuzilishi  va 
qiyaliklarning  nishablik  darajasi;  3)  tog'  jinslarining  nuraganlik  darajasi,  tarkibi, 
tuzilishi  va  xossalari;  4)  yangi  va  hozirgi  tekto’nik  harakatlar;  5)  hududning 
seysmoaktivligi; 6) insonning muhandislik faoliyati. 
Yuqorida  aytib  o’tilgandek,  ag'darilmalarning  tushish  tezligi  qiyaliklarning 
nishabligiga bog'liq bo’lib, nishablik qanchalik tik bo’lsa, ag'darilma tushish tezligi 
shuncha  yuqori  bo’ladi.  Nishabligi  20-250  dan  kichik  bo’lgan  tekis  yuzali 
qiyaliklarda  tog'  jinsi  bo’laklari  harakatda  bo’lmaydi,  ular  o’sha  joyda  yig'iladi. 
Qiyaliklarning nishabligi 20-250 katta bo’lsa, bo’laklarning harakati tezlashadi. 
Agar  tog'  yonbag'rida  baland-pastliklar  yoki  turtib  chiqqan  joylar  ko’p 
bo’lsa, 
dumalab 
tushayotgan 
ag'darilmaning 
tezligi 
birdan 
kamayadi. 
Ag'darilmalarning  tezligiga  uni  tashkil  qiluvchi  tog'  jinsining  qattikligi  ham  ta’sir 
ko’rsatadi. Qattiq bo’lmagan jinslar dumalash paytida maydalanib ketadi. 
Inshoootlarni  loyihalayotganda,  qurayotganda  ag'darilmalar  hosil  bo’lishini 
oldindan bilish va ularga qarshi chora-tadbirlar qo’llash  lozim. Ularga quyidagilar 
kiradi: 
1. Ag'darilma bo’lib turadigan qiyaliklar kuzatib turiladi va xavfli maydonlar 
aniqlab beriladi; 
2.  Ag'darilma  hosil  bo’ladigan  tog'  jinslaridagi  yoriqlar,  darzliklar 
sementlanib, ularning jipsligi oshiriladi. 
3.  Ag'darilmalarning  yo’llarga  va  yo’l  yoqasidagi  inshoatlarga  ta’sirini 
yo’qotish uchun ularni ushlab qoluvchi devorlar, turli hil to’siqlar quriladi. 
4.Agar  yuqoridagi  choralarni  qo’llash  mumkin  bo’lmasa,  u  holda  avtomobil 
yo’llarini lahmlar orqali o’tkazish lozim. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish