Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet236/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

To’kilmalar,  sochilmalar.
  Yemirilayotgan  qoyalarning  yonbag'rida  va 
etagida ularning nurashidan tushgan parchalar 
to’kilmalarni
 yuzaga keltiradi. Tog' 


338 
 
 
jinslarining 
parchalarga 
bo’linib, 
tog' 
yonbag'irlarining 
pastki 
qismiga 
to’planishidan  hosil  bo’lgan  to’kilmalar  avtomobil  va  temir  yo’llarni  to’sib  qolib, 
transport  harakatiga  xalaqit  beradi,  ba’zan  esa  transport  harakatini  butunlay 
to’xtatib  qo’yishi  mumkin.  To’kilmalarni  tashkil  qiluvchi  tog'  jinslarining  katta-
kichikligi  turlicha  bo’lib,  ular  tog'  jinslarining  darz  ketganlik  darajasiga  va  tog' 
yonbag'rining nishabligiga bog'liq bo’ladi. Tog' yonbag'rining nishabligi qanchalik 
katta bo’lsa, to’kilma bo’laklari shunchalik yirik bo’ladi. 
 
 
139-rasm. To’kilma 
 
 To’kilma  to’plamlarining  qalinligi  ularning  hosil  bo’lishiga  hamda 
qiyalikning  nishabligiga  qarab  har  xil  bo’ladi.  Shu  sababli  inshootlarni 
loyihalashda  to’kilmalarga  qarshi  chora-tadbirlar  qo’llash  lozim.  Bu  chora- 
tadbirlarga quyidagilar kiradi: 
A) Tog' yonbag'irlarining to’kilmalardan o’z vaqtida tozalab turish, ularning 
yig'ilib qolishiga yo’l qo’ymaslik; 
B)  To’kilmalarni  ushlab  qoluvchi  turli  to’siqlar  qurish  (tirgovich  devorlar, 
zovurlar va boshqalar); 
V) To’kilmalar yig'ilib qolgan joylarni tekislash; 
G)  To’kilmalar  joylashgan  maydonni  yer  osti  va  yer  usti  suvlaridan 
muhofaza qilish, chunki suvga to’yingan to’kilmalar qiyalik bo’ylab surilib ketishi 
mumkin. 
Tog'larning  ustidagi  tekis  joylarda  qattiq  jismlar  nurash  natijasida 
parchalanib, 
sochilmalarni
  hosil  qiladi.  Buning  oqibatida  tog'  yonbag'irlarida 


339 
 
 
shag'al,  qum  va  qumli  loyqadan  iborat  yotqiziqlar  paydo  bo’ladi.  Ular  hosil 
bo’lgan  joyida  qoladi.  Qattiq  sovuqlar,  namgarchilik,  yomg'ir  va  qorga  mo’l 
bo’lgan joylarda sochilmalar, ayniqsa, ko’p uchraydi. 
Sochilmalar  ham  to’kilmalar  singari  yo’llarni  to’sib  qo’yishi  mumkin. 
Sochilmalarning  tarkibi  asosiy  birlamchi  tog'  jinsining  tarkibiga  bog'liq.  Agar 
sochilmalar  qumtoshlarning  yemirilishidan  hosil  bo’lsa,  ularning  tarkibi  qumdan, 
agar  ohaktosh  va  shu  kabi  qoya  tog'  jinslarining  bo’laklaridan  hosil  bo’lsa,  turli 
kattalikdagi silliqlanmagan donalardan iborat bo’ladi. 
Yuqorida  aytib  o’tilganidek,  nurash  mahsulotlari  hosil  bo’lgan  joyidaqolsa, 
bunday yotqiziqlar 
elyuviy
 yoki 
elyuvial
 yotqiziqlar deb ataladi. 
Nurash  jarayonida  hosil  bo’lgan  material  og'irlik  kuchi,  yomg'ir  suvlari 
ta’sirida surilib yoki yumalab tushib, tog' va vodiy sirtlarida hamda yonbag'irlarida 
yotsa, bunday hosil bo’lgan yotqiziqlar 
delyuvial
 deb ataladi. Delyuvial yotqiziqlar 
har  xil  sochiluvchan  silliqlanmagan  va  qavatlarsiz  materiallar  to’plamidan  iborat. 
Ko’pincha  delyuvial  suglinokdan  iborat  bo’lib,  tarkibida  har  xil  kattalikdagi  va 
shakldagi  silliqlanmagan  bo’laklar  bo’ladi.  Delyuvial,  ko’pincha,  tog'yon 
bag'irlarini  qoplab  yotib,  uning  eng  ko’p  qalinlikdagi  qismi  tog'  yonbag'irlarining 
etagida,  tik  qiyaliklarda  esa  uning  qalinligi  kam  bo’ladi.  Delyuvial  yotqiziqining 
qalinligi  bir  necha  sm  dan  bir  necha  o’nlab  metrga,  gohida  esa  yuzlab  metrga 
yetadi.  Delyuvialni  elyuvialdan  farqi  shundaki,  bu  yotqiziq  o’ziga  yot  bo’lgan 
yotqiziqlar ustini qoplab yotgan bo’ladi. 
Delyuvial  yotqiziqlar tog' qiyaliklarida harakatda bo’lishi mumkin,  lekin bu 
harakat  juda  sekin  bo’ladi,  uni  ustki  belgilari  orqali  sezish  juda  qiyin.  Natijada 
delyuvial  yotqiziqlarda  surilmalar  hosil  bo’lishi  mumkin.  Shu  sababli  delyuvial 
yotqiziqlarda avtomobil yo’llarini o’tkazishda tirgovich devorlardan foydalaniladi. 
Agar  delyuviyal  yotqiziqining  tagida  qoya    tog'  jinslari  yotgan  bo’lsa,  tirgovich 
devorlar yaxshi natija beradi. 
 Delyuvial yotqiziqlarning mustahkamligini kamaytiruvchi sabablardan yana 
biri  ularda  qo’shimcha  namlik  hosil  bo’lishidir.  Qo’shimcha  namlik  har  xil  yo’l 


340 
 
 
bilan  paydo  bo’lishi  mumkin:  yog'ingarchilikning  ko’p  bo’lishi,  suv  omborlarida 
suv sathining ko’tarilishi, yerni sug'orish, xo’jalik suvlarini oqizish va boshqa. 
Delyuvial yotqiziqlarning mustahkamligi kamayishida yer osti suvi qoya tog' 
jinslari  qavatlari  chegarasida  bo’lsa,  u  delyuvial  yotqiziqlarni  to’yintiradi  va 
oqibatda  tog'  jinsining  og'irligi  ortib,  gilli  gruntning  bog'lanishi  kamayadi. 
Gidrodinamik  kuch  ostida  qiyalikdagi  massa  suriladi.  Delyuviyni  tashkil  etuvchi 
donalar  qanchalik  yirik  bo’lakli  bo’lsa,  uning  harakati  shunchalik  sust  bo’ladi. 
Lekin gohida bunday yirik donali gruntlar ham kuchli yomg'ir suvlari ta’sirida oqib 
ketishi  va  daryo  vodiylari  bo’ylab  loyqa  oqim  hosil  qilishi  mumkin.  Ivib  loyga 
aylangan  delyuviy  pastga  tomon  tushar  ekan,  o’z  yo’lida  gilni,  butalarni,  hatto 
darahtlarni ham yiqitib o’zi bilan pastga olib ketadi. Vodiyning tagiga oqib tushgan 
bu  loy,  tosh  va  yulingan  o’simliklar  qorishmasi  yoyilib,  ko’pgina  joylarni 
qoplaydi.  Ko’pincha,  delyuvial  yotqiziqlarning  muhandis-geologik  xususiyatlari 
salbiy  bo’lib,  inshootlarni  qurishda  bu  xususiyatlarni  albatta  aniqlash  va  ularni 
yaxshilash  lozim.  Chunki  gilli  tog'  jinslaridan  tashkil  topgan  delyuviy  ko’pincha 
doimiy  harakatda  bo’lishi  mumkin,  lekin  bu  hol  tashqi  ko’rinishidan  sezilmaydi. 
Ularda  ichki  ishqalanish  burchagining  qiymati  50  dan  430  gacha,  tutashuvchanlik 
kuchi esa 0,005 dan  0,05 MPa gacha bo’lishi mumkin. Shu sababli bu gruntlarda 
inshootlarni loyihalashda ehtiyot bo’lish kerak. Agar delyuviyning qalinligi kichik 
bo’lsa, uni olib tashlash mumkin. Lekin ko’pgina joylarda uning qalinligi bir necha 
o’nlab,  yuzlab  metrni  tashkil  etadi.  Bu  holda  uning  surilishiga  qarshi  chora-
tadbirlar qo’llash lozim. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   232   233   234   235   236   237   238   239   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish