inshootlarni qurish.
Bularga tayanch devorlar va ustun qoziqlaridan foydalanish
kabilar kiradi. Tayanch devorlar qiyalikning eng pastki qismiga quriladi.
Ko’pincha, bu qurilmalar boshqa chora-tadbirlar bilan birgalikda qo’llaniladi.
Tayanch devorlar, ko’pincha, tosh, beton, temirbetondan quriladi. Yer osti
ustun qoziqlari beton, temirbeton va temirdan tayyorlanadi. Bu qoziqlar,
ko’pincha, ko’chki tub tog’ jinsi bilan to’rtlamchi davr yotqizig’i orasida surilish
ro’y berganda hamda suriluvchi tog’ jinsi qalinligi oz bo’lganda qo’llaniladi.
Buning uchun qiyaliklarda burg’i quduqlari qazilib, beton va temirbeton bilan
to’ldiriladi.
Qurilmalardan iborat bo’lgan chora-tadbirlarni qo’llashda tog’ jinsi massasini
suruvchi va uni ushlab turuvchi kuchlar hisoblab chiqiladi. Bunda ushlab turuvchi
kuch miqdori suruvchi kuchdan katta bo’lishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |