Z. S. Ubaydullayeva, sh. R. Xalimova muhandislik geologiyasi va gruntlar


Ko’chki  hodisasiga  qarshi  chora-tadbirlar



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet230/252
Sana06.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#322513
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   252
Bog'liq
fayl 1625 20210826

Ko’chki  hodisasiga  qarshi  chora-tadbirlar. 
Ko’chki  hodisasining  hosil 
bo’lish sabablari, hajmi turlicha bo’lganligi uchun, unga qarshi kurashish choralari 
ham xilma-xildir.  
 
Tog’li  hududlarda,  daryo-dengiz  qirg’oqlarida  quriladigan  inshootlarni 
loyihalashda,  ayniqsa,  yo’llarning  tog’  yonbag’irlarini  qirqib  o’tkazishda  ko’chki 


330 
 
 
hodisasi  bo’lishi  mumkinligini  hisobga  olish  va  unga  qarshi  chora-  tadbirlar 
qo’llash  lozim.  Shuningdek,  yo’llarni  ko’tarma  yoki  chuqurlik  shaklida  olib 
o’tilayotganda  ham  bu  qurilmalarning  mustahkamlik  darajasini  ta’minlash  kerak 
bo’ladi.  Buning  uchun  joyning  muhandis-geologik  sharoiti  to’liq  o’rganilgan 
holda,  inshootlarni  qurish  mobaynida  bu  sharoitni  qay  tarzda  o’zgartirish 
mumkinligi ishlab chiqiladi.  
 
Muhandis-geologik  qidiruv  ishlari  yordamida  ko’chki  hodisasi  hosil 
bo’lishini  oldindan  sifat  va  miqdor  jihatdan  aniqlash  mumkin.  Qiyaliklarning 
mustahkamligini  sifat  jihatdan  aniqlash  qiyaliklarni  quyidagi  muhandis-  geologik 
sharoitini  yozma  ravishda  o’rganish  va  tahlil  qilishdan  iborat:  ularning  nishabligi 
va  balandligini,  relyef  tuzilishi,  tog’  jinslarining  yotishi,  tarkibi,  fizik  holatlari, 
xossalari,  suvga  to’yinganligi  va  h.k.  Bular  qiyalikning  mustahkamlik  holatini 
ifodalaydi  va  ular  orqali  ko’chki  hosil  bo’lishi  mumkinmi  yoki  yo’qmi  degan 
savolni  yechish  mumkin  bo’ladi.  Bunday  baholashda  solishtirish  usuli  juda 
qulaydir,  chunki  geologik  sharoitni  bir-biriga  solishtirish  orqali,  ya’ni  shunga 
o’xshash sharoitda ko’chki hodisasi hosil bo’lganmi yoki qiyaliklarda muhandislik 
ishlari olib borilishiga qaramay, ular mustahkamligini saqlay oladimi va boshqalar. 
Miqdoriy tomondan qiyaliklarning mustahkamligini aniqlash o’lchash va hisoblash 
ishlari orqali bajariladi (yuqorida ko’rsatilgan).  
 
Sifat  va  miqdor  jihatidan  qiyalikning  mustahkamligi  aniqlangandan  so’ng, 
agar  ko’chki  hodisasi  bo’lish  ehtimoli  bo’lsa  yoki  kuzatilsa,  unga  qarshi  chora- 
tadbirlar  belgilanadi.  Bu  chora-tadbirlarni  maqsadi  joyni  va  inshootlarni  ko’chki 
hodisalaridan  saqlash.  Hozirgi  vaqtda  ko’chki  hodisasiga  qarshi  kurashish 
tadbirlari quyidagi turlarga ajratiladi: 
1.
 
Yer usti suvlarini tartibga solish; 
2.
 
Suvga to’yingan tog’ jinslarining namligini yo’qotish; 
3.
 
Qiyalikni  tashkil  etuvchi  tog’  jinsi  massasining  qiyalik  bo’ylab  bir  tekis 
bo’lishini ta’minlash; 
4.
 
Tog’ jinslarini yemirilish va yuvilish jarayonidan saqlash; 


331 
 
 
5.
 
Qiyaliklarni turli inshootlar yordamida mahkamlash; 
6.
 
Tog’ jinsi xususiyatlarini sun’iy yaxshilash; 
7.
 
Ko’chki hodisasining oldini olish (V. D. Lomtadze). 
Yuqorida  sanab  o’tilgan chora-tadbirlarni qo’llashda quyidagilarga  rioya qilish 
kerak: 
1.
 
Chora-tadbirlar,  birinchi  navbatda,  ko’chki  hodisasining  hosil  bo’lish  va 
rivojlanish  sabablariga  asoslangan  holda  tanlanadi,  chunki  ular  siljish 
hodisasini sekinlashtirishi va to’xtatishi zarur; 
2.
 
Tanlangan  chora-tadbirlar  foyda  berishi  uchun  joyning  geologik  tuzilishi, 
surilish  yuzasining  shakli  va  hajmi,  yer  osti  suvlarining  holati  va  ularning 
ta’minlanishini bilish kerak; 
3.
 
Tajriba shuni ko’rsatadiki, faqat birgina chora-tadbirlar bilan ko’chkilarning 
oldini olish mumkin emas, shu sababli ulardan bir nechasini qo’llash lozim; 
4.
 
Chora-tadbirlarning  bir  necha  turlarini  ishlab  chiqib,  ularning  muhandislik 
hamda iqtisodiy afzalliklarini yoritilish va bir-biriga solishtirish lozim.  
Bunday chora – tadbirlar quyidagicha bajariladi. 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish