1.
Tog’ jinslaridagi yoriq va darzliklar
Agar tog’ jinslarida yoriqlar bo’lsa, ular yer ustki va ostki
inshootlarini qurish jarayonida juda katta qiyinchiliklarni tug’diradi. Ayniqsa, yer
qobig’ida tektonik harakatlarning to’xtovsiz davom etishi tufayli tog’ jinsi
qatlamlari orasida katta-katta darzliklar hosil bo’ladi. Bunday yoriqlar
tektonik
yoriq
lar yoki razlomlar deb ataladi.
Bu yoriqlarning kengligi bir necha sm dan bir necha m ga, uzunligi ham
bir necha metrdan bir necha kilometrgacha bo’lishi mumkin. Undan tashqari yer
yuzasiga yaqin yotgan juda ko’p qoya tog’ jinslarida magmatik, metamorfik,
ba’zan cho’kindi qattiq tog’ jinslarida (ohaktosh, dolomit, qattiq gill va boshqalar)
348
nurash jarayoni natijasida yoriqlar paydo bo’ladi. Yoriqlar hosil bo’lishi, uzunligi,
kengligi, chuqurligi jihatidan har xil bo’lishi mumkin. Ko’pgina yoriqlar tog’
jinslarida katta yoriqlar sistemasini hosil qiladi. Natijada tog’ jinslari qavatlari
katta-katta qismlarga bo’linib, o’tkir qirralar hosil qiladi. Ko’pincha, yoriq
yo’nalishlaridan biri qavatlar yo’nalishi bo’yicha yo’nalgan bo’ladi. Ba’zida bu
yoriqlar turli tog’ jinslari qavati chegarasi bilan ustma-ust tushib qolishi mumkin.
Bunday yoriqlar qavat yoriqlari deb yuritiladi. Shunday qilib, tog’ jinslarida har xil
sabablarga ko’ra paydo bo’lgan va turli kattalikdagi, ko’pincha, o’zaro birlashib
ketuvchi yoriqlar sistemasi (darzlik) paydo bo’ladi. Ular tog’jinslari yoriqligi deb
ataladi. Tog’ jinslaridagi yoriqlar ochiq yoki yopiq holda bo’loshi, ya’ni yoriqlar
tog’ jinsi bo’laklari (donalari) bilan to’lib qolgan bo’lishi mumkin.
147-rasm. Tog’ jinslaridagi yoriqlar
Yoriqlarning qoya tog’ jinslarida bo’lishi ularning suv o’tkazuvchanlik
qobiliyatini oshiradi. Muhandislik-geologik nuqtai nazardan yoriqlarning qanday
tog’ jinslari bilan to’lib qolganligi, soni, yo’nalishi, kengligi, chuqurligini aniqlash
muhim ahamiyatga ega. Tog’ jinslarida yoriqlarning kam- ko’pligini aniqlash
uchun L. N. Neyshtadt tog’ jinslari yoriqligi koeffitsiyentini aniqlashni tavsiya
qiladi. Yoriqlik koeffitsiyenti deb, ma’lum bir yuzaga tog’ri kelgan yoriqlar
tarqalgan maydonni, ma’lum yuzadagi tog’ jinslari maydoniga nisbatiga aytiladi.
Bu kattalik k
yor
-orqali ifodalanib, tog’ jinslari ushbu kattalikning miqdoriga qarab
quyidagi turlarga bo’linadi.
Agar k
yor
= 2-5% bo’lsa, yoriqligi kam tog’ jinslari;
349
k
yor
= 5-10% bo’lsa, o’rta yoriqlikdagi tog’ jinslari;
k
yor
= 15-20% bo’lsa, yoriqligi juda ko’p bo’lgan tog’ jinslari.
Inshootlarni loyihalashda yoriqlarning kattaliklarini aniqlashga ahamiyat
berilmasa, bunday joylarga qurilgan inshoot deformatsiyaga uchrab, ishdan
chiqishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |