Seysmik hududlarda qurilish ishlari
Zilzila kabi tabiiy ofatlarni bartaraf qilishga inson ojizlik qiladi. Fanning
taraqqiy qilishi natijasida kishilar bu ofatni inshootlarga va inson hayotiga ta’sirini
birmuncha yengillashtira oldilar, seysmik hududlarda inshootlarni loyihalashda
ularning zilzilaga nisbatan mustahkamlik darajasini hisoblash lozim bo’ladi.
Buning uchun esa zilzilaning kuchini hisoblash va joyning muhandis-geologik
sharoitini yaxshi o’rganish kerak.
Zilzilaning yer yuzasidagi tezligi ballarda baholanadi. Buning uchun maxsus
tasnifi 12 balli seysmik jadvaldan foydalaniladi. Har bir ball ma’lum seysmik
tezlanishga ega.
Seysmik tezlanish (mm/sek
2
) seysmik to’lqinlarning tebranish amplitudasi –
A
va uning tebranish davri – T orqali quyidagicha ifodalanadi:
354
Seysmik tezlanishning qiymati seysmograf yordamida o’lchanadi. Seysmik
tezlanishni bilgan holda va uni erkin tushish tezligi –
q
bilan solishtirish orqali
seysmik koeffitsiyent –
K
s
aniqlanib, bu koeffitsiyent zilzilaning kuchini ko’rsatadi,
ya’ni
Seysmik inersion kuch quyidagi ifoda orqali topiladi:
Bu yerda
- jism massasi. 2 xil “+” va “-” ishoralari to’lqin inersion kuchining
turli yo’nalishlar bo’yicha o’ng va chap, past va yuqoriga harakatini ko’rsatadi.
Seysmik koeffitsiyent qiymati qurilish me’yori va qoidalarida (QMQ 11-12-69)
zilzila kuchiga nisbatan quyidagi qiymatlarda berilgan:
Zilzila kuchi, ball
7
8
9
Seysmik koeffitsiyent,
K
s
0.025
0.05
0.1
Shunday qilib, yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko’rsatdiki, inshootni seysmik
jihatidan baholash uchun, birinchi navbatda, seysmik koeffitsiyent aniqlanib, u
orqali zilzila kuchini baholash mumkin bo’ladi. Zilzila kuchini hisobga olgan
holda joyning seysmik xaritasi tuziladi. Hozirgi vaqtda seysmologlar Xalqaro
zilzila jadvalini tuzmoqdalar hamda zilzila kuchini aniqlashning turli usullarini
ishlab chiqdilar. Bu usullarda zilzila kuchi juda katta aniqlikda hisoblanib, ularda
seysmik to’lqin davri va amplitudasidan tashqari to’lqin uzunligi, uning harakat
yo’nalishi hamda amplitudasining eng katta va eng kichik qiymatlari ham hisobga
olinadi.
355
152-rasm. Zilzilaning kuchini so’ndiruvchi datchik
Mamlakatimizning seysmik xaritasida zilzila kuchi 6, 7, 8, 9 balli hududlar
ajratilgan bo’lib, ulardan inshootlarni loyihalashda foydalaniladi. Bundan tashqari,
inshootlarning zilzila oqibatida buzilishiga sabab o’sha joyning muhandis-geologik
sharoiti hisoblanadi. Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, bir xil ballga ega bo’lgan
mintaqada turli muhandis-geologik sharoit mavjud. Shu sababli joyning muhandis-
geologik sharoitiga qarab seysmik ballarga qo’shimcha kiritiladi. Qo’shimcha
ballar turli usullar orqali tekshirilib, yanada aniq ma’lumotlar orqali to’latiladi va
joyning mikroseysmik haritasi tuziladi. Bu xaritada bir xil zilzila bo’ladigan
joylarda zilzila kuchi turlicha ta’sir etadigan hududlar ajratiladi. Hozirgi vaqtda
Respublikamizning hamma viloyatlarining mikroseysmik xaritasi mavjud bo’lib,
ulardan inshootlarni loyihalashda foydalanilmoqda. Mikroseysmik xaritaning asosi
qilib muhandis-geologik sharoit asosida tuzilgan qo’shimcha seysmik ballar
xaritasi olinadi. Bu xaritani tuzishda S. V. Medvedev (1962) usuli, hamda qurilish
me’yori va qoidalari (SNIP 11-7-8, ch 11) dan foydalaniladi. Buning uchun bu
qoidalarga asoslangan holda joyning o’rtacha seysmik sharoiti aniqlanadi. O’rtacha
seysmik ball hudud etib, qalinligi 20 m dan katta bo’lmagan lyossimon suglinok
tarqalgan va yer osti suvlari 10 m dan chuqurda joylashgan mintaqalar olinadi.
356
153-rasm. O’zbekiston hududining seysmik xaritasi
Joyning geologik va geomorfologik tuzilishini, gidrogeologik sharoiti,
gruntlarning fizik-mexanik xossalari, o’sha joyda tarqalgan jarayon va hodisalarni
hisobga olgan holda bu o’rtacha ballarga qo’shimcha seysmik ball qo’shiladi.
Zilzila kuchi 6 va undan ortiq ball bo’lgan hududlarda muhandis-geologik
sharoitga qarab 1 va undan ortiq ball qo’shiladi yoki ayriladi. Bunda, albatta,
quyidagilarni hisobga olish lozim:
Qoya tog’ jinslari hamda zich, namligi kam bo’lgan yirik bo’lakli cho’kindi
tog’ jinslari seysmik jihatdan eng qulay hisoblanadi. Shu sababli bunday jinslar
tarqalgan joylarda seysmik ball o’rtacha balldan 1 ballga kamaytiriladi. Masalan, 7
balli hududda 6 balli mintaqa ajratiladi.
Suvga to’yingan shag’al, qumli va gilli, shuningdek, plastik va oquvchan
konsistensiyadagi gilli gruntlar seysmik jihatdan yomon hisoblanadi. Chunki
ularda seysmik to’lqin o’tish tezligi kam. Bunday hududlarga o’rtacha seysmik
ballga 1-2 ball qo’shiladi. Masalan, 7 balli hudud bo’lsa, unda 8-9 balli hudud
ajratiladi.
Yer osti suvi 3-4 metr chuqurda bo’lsa, 1-2 qo’shimcha ball beriladi. Agar yer
osti suvi 4-10 m chuqurlikda bo’lsa, 0,5 qo’shimcha ball beriladi.
357
Releyf baland-pastliklardan iborat bo’lgan holda geologik jarayon va hodisalar
uchraydigan joylar ham seysmik jihatdan noqulay hisoblanadi. Shu sababli ularga
ham qo’shimcha 1-2 ball qo’shiladi. Tektonik yoriqlar tarqalgan joylar ham
seysmik jihatdan noqulay hisoblanib, bunday joylarga ham qo’shimcha 1-2 ball
beriladi. Shunday qilib, zilzila kuchi bir xil bo’lgan hududda muhandis-geologik
sharoitga qarab turli balldagi mintaqalarga ajratiladi. Bu qo’shimcha ball asosida,
hisoblash ishlarida seysmik tezlanish qiymati “a” hamda bu kattalik orqali seysmik
koeffitsiyent K
s
miqdori ham oshib boradi. Shu sababli joyning muhandis-geologik
sharoiti to’liq o’rganilishi lozim.
Inshootlarni loyihalash uchun ana shu qo’shimcha ballar orqali tuzilgan
xaritalardan foydalanib loyihalash me’yori berilgan. Qurilish ishlari ana shu
me’yorga moslab amalga oshiriladi. Bunda inshoot zaminidagi tog’ jinsining
tarkibi, tuzilishi va fizik-mexanik xossalariga katta e’tibor beriladi. Bundan
tashqari inshootlarni qurishda qurilish materiallarining sifatiga ham alohida e’tibor
berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |