Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya



Download 2,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/114
Sana02.12.2022
Hajmi2,23 Mb.
#877225
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
Z. N. Yulchiyeva kasbiy psixologiya

G‘oziyev E. 
Umumiy psixologiya. – Т., 2002. – Б. 25 




umumiy 
psixologiya 
psixik 
faoliyatning 
umumiy 
qonuniyatlari va ularning o‘ziga xos jihatlarini o‘rganadigan maxsus 
soha hisoblanadi; 

pedagogik psixologiya kishiga ta’lim va tarbiya berishning 
psixologik qonuniyatlarini o‘rganishni o‘z predmeti deb biladi; 

yosh davrlari psixologiyasi turli yoshdagi odamlarning 
tug‘ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, 
shaxsning shakllanishi va o‘zaro munosabatlari qonuniyatlarini 
individning yoshiga mos tarzda o‘zgarishi tamoyillarini o‘rganadi; 

ijtimoiy psixologiya odamlarning jamiyatda birgalikda 
faoliyatlari natijasida ularda hosil bo‘ladigan tasavvurlar, fikrlar, 
e’tiqodlar, hissiy kechinma va xulq-atvorlarni o‘rganadi; 

muhandislik psixologiyasi avtomatlashtirilgan boshqaruv 
tizimlari operatorlarining faoliyatini, 
odam-texnika 
o‘rtasida funksiya-
larni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o‘rganadi; 
– harbiy psixologiya kishining harbiy harakatlar sharoitida 
namoyon bo‘ladigan xulq-atvorini, zobitlar bilan oddiy askarlar 
o‘rtasidagi munosabatlarning psixologik jihatlarini o‘rganadi; 

savdo psixologiyasi – jamiyatda tijoratning psixologik shart-
sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga, jinsga oid xususiyatlarini, 
xaridorga xizmat ko‘rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi; 

tibbiyot psixologiyasi shifokor faoliyati psixologiyasini, 
bemor xulq-atvorining psixologik jihatlarini o‘rganadi. 
Shuningdek, psixologiyada etnopsixologiya, oilaviy hayot 
psixologiyasi, boshqaruv psixologiyasi, shaxs psixologiyasi, sport 
psixologiyasi, psixodiagnostika, siyosiy va tashkiliy psixologiya 
kabi ko‘plab sohalar mavjudki, ularning har biri jamiyatdagi real 
ehtiyojlar va ularni qondirishda psixologiyaning fan sifatidagi o‘rni 
va maqsadidan kelib chiqadi. Texnik muhandis xodimlarning 
faoliyati 
jamiyatda 
mavjud 
bo‘lgan 
barcha 
kasblardan, 
avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari sifatida ish ko‘rishi bilan 
ajralib turadi. Ana shu faoliyat ma’lum psixologik qonunlar, usullar 
asosida ish ko‘rishni talab etadi. Bu esa texnik muhandis xodim-
larning faoliyatida yuz beradigan psixik holat va jarayonlarni 
alohida fan – kasbiy psixologiya sifatida o‘rganishni taqozo etadi. 



Xo‘sh, kasbiy psixologiya fanining bahs mavzui nima? 
Kasbiy psixologiya, o‘z mohiyatiga ko‘ra, ijtimoiy psixologiya 
fani tarkibiga kiradi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda 
kasbiy 
psixologiya 
o‘ziga xos 
predmet 
bo‘lib, 
odam-texnika 
o‘rtasida 
funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarining 
nozik tomonlarini qamrab oladi. Insonning xulq-atvorini, xatti-
harakatlari bilan bog‘liq jarayonlarni o‘rganadi. Psixologiya esa 
muayyan shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyat-
larining o‘ziga xos tomonlarini o‘rganadi. Bundan ko‘rinadiki, har 
ikkala fanning obyekti va subyekti shaxs, inson hisoblanadi. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, kasbiy psixologiya ijtimoiy 
psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo‘lib, aniq faoliyat, ya’ni 
sohaviy, masalan, texnik muhandis xodimlarning faoliyatidagi 
psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o‘rganishga bag‘ish-
langan fan hisoblanadi. 
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo‘lib, umumiy psixolo-
giyaning qonuniyatlarini o‘rganadi va bu faoliyat samaradorligini 
oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. 
Kasbiy psixologiya fani 
texnik muhandis xodimlarining 
munosabatlari, odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish 
mexanizmlari va qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Bunda texnik 
muhandislik faoliyatining psixologik asoslarini o‘rganish 
maqsad 
qilib qo‘yilgan. 
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi 
– texnik muhandis xodimlar 
faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan 
o‘zaro munosabatlar jarayonida psixologik bilimlardan foydalana 
olish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat: 

texnik muhandis xodimlarining psixikasini har tomonlama 
o‘rganishdan hosil bo‘lgan bilimlar; 

texnik muhandis xodimlarining ongi, ruhiyati, onglilik va 
ongsizlik holatidan hosil bo‘lgan xulosalar; 

texnik muhandis xodimlarining shaxsining tuzilishi, uning 
faoliyati va faolligini o‘rganish orqali olingan nazariy va amaliy 
xulosalar. 



Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o‘z 
obyekti mavjud, ular quyidagilardan iborat: 

texnik muhandis idoralar xodimlarining psixologiyasi; 

texnika inson munosabatlarida inson omili va psixologiyasi; 

fuqarolarning onglilik va ongsizlik holatlari; 

shaxsning tuzilishi; 

shaxsning faoliyati; 

shaxsning faolligi va uning shakllari. 
Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining 3 
bosqichi mavjud: 
1-bosqich – XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkil etish-
ning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo‘nalish-
larini paydo bo‘lishi, shuningdek psixotexnika taraqqiyotning asosiy 
masalalari bu mehnat sharoitlari va usullari, ratsionalizatsiya qilish 
jarayonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish ta’limining shakllantirishi 
masalalariga e’tiborni ortishi. 
2-bosqich – XX asrning boshlarida mustaqil ilmiy soha mexnat 
psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot 
masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo‘lishi va 
shakllanishi, shuningdek kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mexnat 
ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi. 
3-bosqich – XX asrning 70-yillarida inson va kasb hamkorligi 
muammolarning hal qiluvchi mehnat psixologiyasi va muhandislik 
psixologiyadagi vazifalarni paydo bo‘lishi mehnat psixologiyasining 
bu sohasi kasblar psixologiyasi deb nomlana boshlandi. Kasbiy 
psixologiya doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash bo‘yicha 
tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil fan sifatida kasbiy psixologiya 
yuzaga keldi va birinchilardan bo‘lib, AQSHda olimlar J.Kritets va 
R Super ishlarida ko‘zga tashlangan. 
Rus psixologi E.A Klimov tadqiqotlarida “Kasb tanlash”, 
“kasbga yo‘naltirish” kabi masalalarga etiborni qaratib, bu borada 
tadqiqot ishlarini olib borgan. Xususan, “Differensial diagnostik 
so‘rovnoma” 
(DDS) 
metodikasini 
ishlab 
chiqqan. 
Kasbiy 
psixologiyaning ajralib chiqishi hozirgi kunda shaxsning kasbiy 
mehnatga o‘rganib ketishi emas, balki alohida kasbiy bilim, 


10 
ko‘nikma va malakalar hamda umuman kasblar olamiga kirib 
borishga asoslanadi. Kasb psixologiyasi masalalarini o‘rganish 
bo‘yicha 
G.V.Kudryavtsev, 
E.A.Klimov, 
B.F.Lomov, 
K.K.Platonov, K.M.Gurevich va boshqalar shug‘llanganlar.
Shunday qilib, kasbiy psixologiya fani texnik muhandis xodim-
larining faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning 
kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. 

Download 2,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish