3
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 7-
fevral 2017-yil farmoni bilan 2017—2021-yillarga mo‘ljallangan
O‘zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasini ishlab chiqilishi ta’lim sohasini davlat
siyosatida ustuvor o‘rin tutish bilan birga keng jamoatchilik
ishtirokini ham talab qilishiga alohida e’tibor qaratadi. To‘rtinchi
yo‘nalish ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan bo‘lib,
bunda
ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini
rivojlantirish va yoshlarga oid davlat siyosatini
takomillashtirish
bilan birga ta’lim va o‘qitish sifatini baholashning xalqaro standart-
larini joriy etish asosida oliy ta’lim muassasalari faoliyatining sifati
hamda samaradorligini oshirish alohida uqtirib o‘tildi. O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2019-yil 14-maydagi
PQ 4319-sonli Qarori va Vazirlar Mahkamasining 395-sonli
qarorini targ‘ibot qilish yuzasidan beshta muhim tashabbus bo‘yicha
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, kitobxonlik madaniyatini
takomillashtirish orqali ta’lim sohasini tubdan isloh qilishda har bir
sohaning “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib amaliyotga tatbiq etil-
moqda. Shu o‘rinda talabalarni kasbga yo‘naltirishda “Kasbiy psixo-
logiya” fani kategoriyalarini o‘rgatish eng muhim vazifa sanaladi.
“Kasbiy psixologiya” o‘quv kursi texnik oliy ta’lim
muassasalari ta’lim yo‘nalishi talabalarida
kasbiy psixologik
sifatlarini shakllantirish, ularni kasbga tayyorlashda muhim o‘rin
tutadi. Zamonaviy sharoitda fanni o‘qitish talaba yoshlarni ilm-fan,
texnika va texnologiya sohalarida erishilayotgan ilg‘or yutuqlar,
umuminsoniy g‘oyalar, milliy qadriyatlarga tayangan holda
tayyorlash, ularda pedagogik - psixologik madaniyatni
rivojlantirish,
ijodiy-texnik tafakkurni tarkib toptirish, yetakchi faoliyatini to‘g‘ri
tashkil etish malakalarini hosil qilishga yo‘naltirilgan.
“Kasbiy psixologiya” fani talabalar ta’lim jarayonini sama-
rali tashkil etish, yosh avlodda yuksak ma’naviy-axloqiy
sifatlarni
tarbiyalashga doir zamonaviy psixologik bilimlar, amaliy ko‘nikma
va malakalarning zarur hajmini, muhandis shaxsda namoyon
4
bo‘lishi zarur bo‘lgan umumiy kasbiy va shaxsiy fazilatlarni
muvaffaqiyatli egallashlari lozim. Bakalavrlar – bo‘lg‘usi muhandis
texnologlarning kasbiy tayyorgarligi ta’lim
va ishlab chiqarish
amaliyoti integratsiyasi, umumiy hamda mutaxassislik fanlari
o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlik, milliy va jahon pedagogikasining eng
ilg‘or g‘oyalari uyg‘unligi, zamonaviy ilm-fan, texnika,
texnolo-
giyalarning so‘nggi yangiliklariga tayangan holda ta’minlanadi.
“Kasbiy psixologiya” fanida talabalarni psixologiyaning mo-
hiyati, uning metodlari va tamoyillari, shaxsning bilish jarayonlari,
individual-tipologik xususiyatlari, faoliyati,
muloqot va shaxslararo
munosabatlar, muhandislik psixologiyasining nazariy va amaliy
asoslari haqidagi bilimlarni uyg‘unlashtiradi. Shaxsning emotsional-
irodaviy sohasi, hissiyotning umumiy turlari chuqur tahlil etiladi.
Har qanday inson kundalik hayotida odamlar bilan uchrashib,
muloqotga kirishadi va bu muloqot jarayonida har ikki tomon
o‘zining ichki va tashqi ruhiy olamini namoyon etadi. Ana shu ruhiy
holatlarning barchasi insonning psixikasini tashkil qiladi. O‘quv
qo‘llanma, Davlat ta’lim standartlari
hamda Kasbiy psixologiya
fanining o‘quv dasturi asosida tayyorlandi. Uni tayyorlashda
psixolog
olimlar
–
M.I.Enikeyev,
A.M.Chufarovskiy,
E.G‘.G‘oziyev, V.M.Karimova, G‘.B.Shoumarov, S.V.Asyamov va
boshqalarning ilmiy ishlaridan keng foydalanildi.