1 mavzu. Kasbiy psixologiya faniga kirish



Download 3,24 Mb.
bet1/114
Sana28.01.2022
Hajmi3,24 Mb.
#414627
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
КАСБИЙ ПСИХ МАЪРУЗАЛАР


1 MAVZU. KASBIY PSIXOLOGIYA FANIGA KIRISH.
1.1. Kasbiy psixologiyaning tarixi haqida tushuncha.
1.2. Kasbiy psixologiyaning muhim va xarakterli muammolari.
1.3. Kasbiy psixologiyaning tabiiy ilmiy asoslari.
1.4. Psixika va ong rivojlanishining nazariy va kontseptual asoslari.
1.5. Kasbiy psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog’liqligi
Tayanch ibora va tushinchalar: psixologiya, ijtimoiy psixologiya, kasbiy psixologiya, psixika, kasbga yo’naltirish, kasb va kasbiy xususiyatlar.


1.1.Kasbiy psixologiyaning tarixi haqida tushuncha.
Kasbiy psixologiya fanini o’rganish davomida mutaxassislar mehnat jamoalarida yuzaga keladigan shaxslararo munosabatlarga kirishishning psixologik mexanizmlarini anglash bilan birga umuman olganda shaxslararo munosabatlarning muammolari, mehnat jamoalarida muomala, psixologiyaning umumiy qonuniyatlari va uslublarini ham keng o’rganishga erishadilar.
Ijtimoiy taraqqiyotni ro’yobga chiqarish uchun mamlakatda yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ularni jaxon standartlari darajasiga ko’tarmoq lozim, fan va texnikaning bugungi kundagi taraqqiyotiga javob berish uchun keng saviyali, bilimdon, o’z kasbining fidoiy kishisini kamol toptirish orqali davlatimizga bozor iqtisodiyotiga bardosh beradigan, raqobatbardosh mahsulotlar yartuvchi kasb egalarini shakllantirish joiz. Toki ular davr talablariga og’ishmay javob beradigan, qiziqishi keng, malakasi mustahkam, xotirasi barqaror, fikr yuritishi puxta, izlanuvchan, mehnatsevar, vatanparvar, iymon – e’tiqodli insonlar bo’lib voyaga etishsin.
Kasb tanlash faoliyatini oqilona tashkil etish uchun mamlakatimiz qaysi soha mutaxassislariga muxtojligini nazarda tutish va shunga yarasha maktab o’quvchilarini ularning mayli, intilishi, qiziqishi, imkoniyati, aqliy va jismoniy qobiliyatiga qarab hamda u yoki bu kasbga yaroqliligini aniqlab, so’ngra kasbga yo’llash kerak.
Yoshlarni mustaqil mehnat faoliyatiga puxta tayyorlash va ularning kasb – hunarini o’z qobiliyatlariga yarasha to’g’ri tanlashlariga erishish uchun o’qituvchilarining pedagogik mahorati, bilim saviyasi, didaktik (shuningdek, akdemik, tashkilotchilik, perseptik va h.k.) qobiliyatlari yuksak bo’lishi, fan asoslarini turmush bilan bog’lab o’rganilishi, to’garak va qo’shimcha yordamchi kurslar oqilona uyushtirilishi, ta’lim muassasalarida kasb – hunar to’g’risida ma’ruzalar o’qilishi, suhbatlar, munozaralar o’tkazilishi, sayoxatlar, uchrashuvlar, kasb – hunar fotoko’rgazmalarini tashkil qilishlari zarur.
Kasbiy psixologiya 1800-yillarda yaratilganidan buyon mustaqil fan sohasida ajoyib muvaffaqiyatlarga erishdi. 2-jahon urushidan buyon psixologiyaning talablarida olimlarning klinik amaliyotlari juda ham yaxshi muvaffaqiyatlarga erishdi. 1961-yillarda Amerika Psixologlari Assosatsiyasining so’nggi prezidenti E.L.Kelli Professional psixologlar uchun 1-ruxsatnomani Amerika Qo’shma shtatlarida qabul qilingan.
Kasbiy psixologiya fanining predmeti. Kasbiy psixologiya, o’z mohiyatiga ko’ra, ijtimoiy psixologiya fanlar tarkibiga kiradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda kasbiy psixologiya o’ziga xos predmet bo’lib, odam-texnika o’rtasida funktsiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarining nozik tomonlarini qamrab oladi. Insonning xulq-atvorini, xatti-harakatlari bilan bog’liq jarayonlarni o’rganadi. Psixologiya esa muayyan shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli faoliyatlarining o’ziga xos tomonlarini o’rganadi. Bundan ko’rinadiki, har ikkala fanning ob’ekti va sub’ekti shaxs, inson hisoblanadi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, kasbiy psixologiya ijtimoiy psixologiya tarkibida yuzaga kelgan bo’lib, aniq faoliyat, ya’ni soxaviy, masalan, texnik muxandis kadrlarning faoliyatidagi psixologik jihatlarning muhim tomonlarini o’rganishga bag’ishlangan fan hisoblanadi.
Kasbiy psixologiya ilmiy-amaliy fan bo’lib, umumiy psixologiyaning qonuniyatlarini o’rganadi va bu faoliyat samaradorligini oshirish uchun tavsiyalar ishlab chiqadi.
Kasbiy psixologiya fani texnik muxandis kadrlarining munosabatlari, odamlarning psixik faoliyatini texnik boshqarish mexanizmlari va qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. Bunda texnik muxandislik faoliyatining psixologik asoslarini o’rganish maqsad qilib qo’yilgan.
Kasbiy psixologiya fanining maqsadi – texnik muxandis kadrlar faoliyatining taraqqiyot qonuniyatlari, turli toifadagi shaxslar bilan o’zaro munosabatlar jarayonida psixologikbilimlardan foydalana olish ko’nikma va malakalarini shakllantirishdan iboratdir.
Kasbiy psixologiya fanining predmeti quyidagilardan iborat:

  • texnik muxandis kadrlarining psixikasini har tomonlama o’rganishdan hosil bo’lganbilimlar;

  • texnik muxandiskadrlarining ongi, ruhiyati, onglilik va ongsizlik holatidan hosil bo’lgan xulosalar;

  • texnik muxandis kadrlarining shaxsining tuzilishi, uning faoliyati va faolligini o’rganish orqali olingan nazariy va amaliyxulosalar.

Barcha fanlar singari kasbiy psixologiya fanining ham o’z ob’ekti mavjud, ular quyidagilardan iborat:

  • texnik muxandis idoralar kadrlariningpsixologiyasi;

  • texnika inson munosabatlarida inson omili vapsixologiyasi;

  • fuqarolarning onglilik va ongsizlikholatlari;

  • shaxsning tuzilishi;

  • shaxsning faoliyati;

  • shaxsning faolligi va uningshakllari.

Kasbiy psixologiyaning mustaqil fan sifatida rivojlanishining 3 bosqichi mavjud:
1-bosqich - XIX asrning oxirida mehnatni ilmiy tashkil etishning psixologik masalalarini hal qiladigan psixotexnika yo’nalishlarini paydo bo’lishi, shuningdek psixotexnika taraqqiyotning asosiy masalalari bu mehnat sharoitlari va usullari, ratsionalizatsiya qilish jarayonlarni kamaytirish, ishlab chiqarish talimining shakllantirishi masalalariga etiborni ortishi.
2-bosqich - XX asrning boshlarida mustaqil ilmiy soha mehnat psixologiyasining rivojlanishi va bu boradagi kasbiy tadqiqot masalalari, inson psixologiyasining mehnatda namoyon bo’lishi va shakllanishi, shuningdek kasbiy tanlov, kasbiy maslahat va mehnat ekspertizasi masalalariga doir bilimlarni yuzaga kelishi.
3-bosqich - XX asrning 70 yillarida inson va kasb hamkorligi muammolarning xal qiluvchi mehnat psixologiyasi va muhandislik psixologiyadagi vazifalarni paydo bo’lishi mehnat psixologiyasining bu sohasi kasblar psixologiyasi deb nomlana boshlandi. Kasbiy psixologiya doirasida kasbiy maslahat, kasb tanlash bo’yicha tadqiqotlar birlashtirilgan. Mustaqil fan sifatida kasbiy psixologiya yuzaga keldi va birinchilardan bo’lib AQShda olimlar J.Kritets va R Super ishlarida ko’zga tashlangan.
Rus psixologi E.A Klimov tadqiqotlarida “Kasb tanlash”, “kasbga yo’naltirish” kabi masalalarga etiborni qaratib, bu borada tadqiqot ishlarini olib borgan. Xususan,“Differentsial diagnostik so’rovnoma” (DDS) metodikasini ishlab chiqqan. Kasbiy psixologiyaning ajralib chiqishi xozirgi kunda shaxsning kasbiy mehnatga o’rganib ketishi emas,balki alohida kasbiy bilim, ko’nikma va malakalar hamda umuman kasblar olamiga kirib borishga asoslanadi. Kasb psixologiyasi masalalarini o’rganish bo’yicha G.V.Kudryavtsev, E.A.Klimov, B.F.Lomov, K.K.Platonov, K.M.Gurevich va boshqalar shug’llanganlar.
Shunday qilib, kasbiy psixologiya fani texnik muxandis kadrlarining faoliyatidagi psixika, ong, ongsizlik kabi fenomenlarning kelib chiqishi, rivojlanish qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Respublikamiz aholisini, ayniqsa yoshlarni turli tarmoqlarda mutaxassislar qilib tayyorlash uchun kasbning psixologik xususiyatlari, mehnat ko’nikmalari va malakalari bilan bo’lg’usi ixtisos egalarini qurollantirish muhim ijtimoiy vazifalardan biridir. Bo’lg’usi mutaxassislarni kasbiy tayyorlash, kasb-hunar oldiga qo’yiladigan talablarga mutanosib insonlar qilib shakllantirish davlat ahamiyatiga molik muammo bo’lib hisoblanadi. O’zbekistonning issiq iqlim sharoitining biologik-tibbiy jihatlari birmuncha o’rganilganligiga qaramay, ularning mexanizmlari, akseleratsiya hodisasi, qishloq aholisining jismoniy rivojlanishi, mehnatkashlarning issiq sharoitga moslashishlari, mehnatni tashkil qilishning oqilona yo’llari, mehnat unumdorligini oshirishning samarali usullari, ekologiyaning o’zgarishiga o’xshash muammolar qariyb o’rganilmagan. Quyidagi mavzular yuqoridagi muammolarning aksariyatiga javob berishga xizmat qiladi.
Inson-tabiat munosabatini o’zida aks ettiradi, shaxs omili va uni hozirgi davrda ishlab chiqarishda hisobga olish mehnat samaradorligini oshirish, kasb mahoratini takomillashtirish uchun negiz bo’lib hisoblanadi. Kasb-hunar mohiyatini ochib beruvchi professiogramma, professiografiya, psixogramma asosida mutaxassislarni tayyorlash uchun texnik oliy o’quv yurtlari intilmoqlari lozim.
Inson psixologiyasi tabiatini tushuntirish va psixik jarayonlarini taqozo qiladi va olimlar fe’l atvor uchun xulq atvorni o’zgartirishda xavfli qiyinchiiklar bo’lishini isbotlagan. Ko’pgina psixologik jarayonlarni izohlash uchun qayta qidirishni ishonchni ta’minlaydi ammo inson psixologiyasining boshqa nazariyalari muammolarining yechimi o’ta murakkab bo’ladi va buni tushunish judayam e’tiborga molik. Bu ko’pgina murakkab jarayonlar uchun to’g’ri ya’ni tez tez psixoterapiyaning manbasi sifatida qayd etiladi. Ko’pgina asosiy psixologik fenomenlarning tafsilotlarini tavsiflash katta hajmda qabul qilingan, lekin bu yerda postdoctoral psixologiya assosatsiyasi hamda hamkorlik markaziga doir talab qilingan soha savollari bo’yicha qatiy pozitsiyasida qoldi va psixologik markazga hujjat taqdim etish jarayonida ularning nazariy orientatsiyasini hamda qay darajada uning konsepsiyasi va amaliyotida ta’sirini soraydi. Talabalarning bu judayam muhim tanlov haqida tajribalari yyetarli emas.

Download 3,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish