39
xususiyatiga ega. Masalan, terining ustiga qo‘yilgan yengilgina yuk
tezdayoq sezilmaydigan bo‘lib qoladi. Hid bilish sezgilari atrof-
muhitga yoqimsiz hid yoyilganidan keyin ko‘p o‘tmay batamom
yo‘qolib qolishi ham oddiy bir hodisadir;
2.
Adaptatsiya – kuchli qo‘zg‘atuvchining ta’siri
ostida
sezgining zaiflashib qolishi. Masalan: sovuq qo‘zg‘atuvchi hosil
qiladigan sezgining jadalligi qo‘lni sovuq suvga solganda susayadi.
Biz yarim qorong‘u xonadan yorqin yoritilgan joyga chiqqanimizda
oldiniga ko‘zlarimiz qamashadi va tevarak-atrofdagi biror-bir
narsaning farqiga yeta olmaydigan bo‘lib qolamiz, birmuncha vaqt
o‘tgandan keyin esa ko‘rish analizatorlarining sezuvchanligi keskin
susayib, biz odatdagidek ko‘ra boshlaymiz;
3.
Kuchsiz qo‘zg‘atuvchining ta’siri
ostida sezgirlikning orti-
shi ham adaptatsiya deb ataladi.
Muhandis faoliyatida ham sezgining o‘rni beqiyosdir. Kasbiy
sezgirlik his qilish jarayonlarini mashq qildirish orqali rivojlan-
tiriladi. Bu xususiyat faoliyat davomida shakllanib boradi. Masalan,
muhandis o‘z faoliyati mobaynida mashina tovushidan undagi tex-
nik nosozliklarni aniqlay boshlaydi.
Idrok va uning muhandis xodimlar faoliyatida tutgan o‘rni.
Idrok sezgiga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon
hisoblanganligi
sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xusu-
siyatlar, xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan
bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida
namoyon
bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok etadi.
Narsa yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri
jarayonida kishi ongida uning aks etishi
idrok
deb ataladi.
Idrok etish jarayonida alohida holdagi sezgilarning tartibga
solinishi hamda narsa va voqea-hodisalarning yaxlit obrazlarga
birlashuvi yuz beradi.
Qo‘zg‘atuvchining alohida xususiyatlari aks etadigan sezgilar-
dan farqli o‘laroq, idrok narsalarni uning hamma xususiyatlari bilan
birgalikda aks ettiradi. Bunda idrok alohida sezgilar yig‘indisi
tarzida emas, balki hissiy bilishning o‘ziga
xos xususiyatlari bilan
sifat jihatidan yuqori bosqichi sifatida tasavvur qilinadi.
40
Muhandis xodimlar faoliyatida idrok kasbiy faoliyat uchun
muhim ahamiyat kasb etadigan hodisa, holat, obyektlardan pred-
metli ravishda kerakli narsalarni ajratib olib, yaxlit holda ongida aks
ettirish, oddiy shaxs ko‘ra olmaydigan holatlardagi narsalarni tez va
oson ilg‘ash jarayonidir. Yaxshi rivojlanmagan kasbiy idrok xodim-
da illyuzion (noto‘g‘ri) idrok qilish xususiyatini shakllantiradi.
Shu nuqtayi nazardan idrok muhandis xodimlarining kasbiy
faoliyatida muayyan o‘ziga xos xususiyatlarni namoyon etadi. Ya’ni
muhandis xodim aniq ma’lumot
olish uchun guvoh, jabrlanuvchi,
gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchini kuzatayotganda o‘rganila-
yotgan obyekt to‘g‘risida turli ko‘rinishlarda olingan tasavvur va
tushunchalarni yaxlit holatda idrok qiladi. Muhandis xodimlar
voqelikni to‘g‘ri idrok etishlari uchun uning prinsiplariga rioya
qilishlari zarur.
Idrok qilish tamoyillari quyidagilar:
–
bilish zarur bo‘lgan holat yuzasidan
miyada aniq aqliy zanjir
tuzish;
–
sezgi a’zolarining imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish;
–
o‘rganilayotgan obyektga nisbatan qiziqish uyg‘otish;
Idrok qilish prinsiplari asosida xodim turli nuqtayi nazarlarni,
masofadan, vaziyatdan, holatning yoritilish darajasi,
sharoitdan
kelib chiqib, obyektdan olgan taassurotlarni tahlil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: