36
kuzatish asosini tashkil qiladigan maqsadlar, vazifalar, rejalar bilan
bog‘liq bo‘ladi.
Kasbiy kuzatuvchanlik samaradorligi esa albatta psixologik
mexanizmlar, qonuniyatlar va omillar bilan belgilanadi. Ya’ni ular
namoyon bo‘lish xususiyatlariga ko‘ra
obyektiv, sharoitga xos va
subyektiv
guruhlarga bo‘linadi.
Kasbiy kuzatish jarayonini amalga oshirishda subyektiv
omillarga muhim vazifa yuklatiladi.
Shu nuqtayi nazardan kasbiy kuzatuvchanlik faoliyatini
shakllantirishda xodimdan kasbiy diqqat,
idrok xususiyatlari va
operativ xotira jarayonlarini rivojlantirish talab etiladi.
Muhandis xodim operativ qiziqish uyg‘otgan shaxsga nisbatan
kuzatuv ishlarini olib borishda quyidagi psixologik omillarni
hisobga olishi kerak.
–
zarur bo‘lganda maxsus texnik vositalar va eslab qolish
orqali kuzatilayotgan obyektning xatti-harakatlarini to‘liq esda
saqlashi, kerak bo‘lsa aniq
qayd etishi;
–
qayd etilgan faktlarni kuzatilayotgan obyekt to‘g‘risida
olingan avval ma’lumotlar bilan qiyoslashi va xulosalar chiqarishi.
Muhandis xodimlar kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishda
quyidagilarni e’tiborga olishi zarur:
–
kuzatuvdan oldin o‘rganilayotgan shaxs, narsa yoki hodisa
haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish;
–
vazifani aniq maqsad asosida belgilab olish (xayolan bo‘lsa-
da) va kuzatuv rejasi hamda tartibini tuzish;
–
kuzatilayotgan obyektda nafaqat
topilishi kutilgan narsani,
balki uning teskarisini ham izlash;
–
kuzatish predmetini qismlarga bo‘lib o‘rganish bilan birga,
butun jarayonni kuzatishni esdan chiqarmaslik;
–
bir martalik
kuzatishga ishonmaslik, obyektni turli nuqtayi
nazar va har xil vaziyatlarda tekshirish;
–
kuzatish davomida har bir elementga nisbatan «nega?»,
«nima uchun?» kabi savollar qo‘yish, o‘z fikr va xulosalari asosida
taxmin qilish;
37
–
kuzatuv obyektlarini solishtirish,
ularni bir-biriga qarama-
qarshi qo‘yish va ulardagi o‘xshash hamda farq qiluvchi tomon-
larni topish;
–
kuzatish natijalarini ushbu predmet haqida ma’lum bo‘lgan
ma’lumotlar bilan qiyoslash;
–
kuzatish natijalarini aniq ifodalash va tegishli shaklda qayd
etish;
–
kuzatishga turli
mutaxassislarni jalb etish, kuzatish
natijalarini solishtirish va hamkasblari bilan muhokama qilish;
Kasbiy kuzatuvchanlikni rivojlantirishning muhim yo‘nalishi,
omili tegishli psixologik qonuniyatlarga asoslangan kasbiy kuzatish
texnikasini egallash sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: