33
Diqqat va uning muhandis xodimlari faoliyatida tutgan
o‘rni.
Diqqat kishi faoliyatining barcha turlari, eng avvalo,
mehnat
va o‘quv faoliyati samaradorligining muhim va zarur shartidir.
Bilish jarayonlari kechishining eng muhim xususiyati uning
tanlanganligi, yo‘naltirilganligidan iboratdir. Tevarak-atrofdagi
ko‘plab ta’sirlar orasidan kishi hamisha nimanidir idrok etadi,
nimanidir faraz qiladi,
nima haqidadir fikr yuritadi, o‘ylaydi.
Ongning bu xossasi diqqat kabi xususiyat bilan o‘zaro bog‘liq.
Muhandis xodimlarining kasbiy faoliyatida bilish jarayonlarining
ahamiyati beqiyosdir. Biz quyida bilish jarayonlariga va uning
muhandis faoliyatidagi o‘rniga to‘xtalamiz.
Diqqat
individning hissiy, aqliy yoki harakatlantiruvchi faolligi
darajasining oshirilishini taqozo etadigan tarzda ongning
yo‘naltirilganligi va bir narsaga qaratilganligidir.
E’tiborni ma’lum obyektga qaratish uchun irodaviy kuch-g‘ayrat
sarflash zarurati yuzaga kelganda,
binobarin, qiyinchiliklar paydo
bo‘lganida, bilishga oid qiziqish susayganida va shuningdek, to‘siqlar
mavjud bo‘lgan kezlarda diqqat aniq-ravshan namoyon bo‘ladi.
Hosil bo‘lish xususiyati va amal qilish usullariga ko‘ra
diqqatning uchta asosiy turi mavjud:
–
ixtiyorsiz diqqat;
–
ixtiyoriy diqqat;
–
ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat.
Ixtiyorsiz diqqat
kishining niyatlari va maqsadlaridan mustasno
tarzda hosil bo‘ladi va qo‘llab-quvvatlanadi. Ixtiyorsiz diqqatning
paydo bo‘lishi jismoniy, psixofiziologik va psixik omillar bilan
belgilanadi. Individning
ehtiyojlariga mos keladigan, uning uchun
ahamiyatiga ega bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilar ixtiyorsiz diqqatni
qo‘zg‘aydi. Ixtiyorsiz diqqatda bevosita qiziqishning roli benihoya
kattadir. Nimaiki qiziqarli, maroqli,
hissiyotga boy, zavqli bo‘lsa,
diqqatning uzoq vaqt mobaynida to‘planib turishini taqozo etadi.
Ixtiyorsiz diqqat shaxsning umumiy yo‘nalganligiga ham bog‘liqdir.
Ixtiyoriy diqqat
ongli ravishda boshqariladigan va tartibga
solinadigan diqqat-e’tibordir. Ixtiyoriy diqqat ixtiyorsiz diqqat
zamirida hosil bo‘ladi. Ixtiyoriy diqqat, agar kishi o‘z oldiga
34
ma’lum bir vazifa qo‘ygan va harakat dasturini
ongli tarzda ishlab
chiqqan bo‘lsa, yuz beradi.
Ixtiyoriy diqqatdan keyingi diqqat
maqsadga yo‘naltirilgan
faoliyatda shaxs uchun diqqatning ixtiyoriy to‘planganligidagi kabi,
faqat uning mazmuni va jarayonining qiziqarli hamda ahamiyatli
bo‘lishi natijasida qiziqib, kirishib ketish xususiyatida namoyon
bo‘ladi.
Diqqatning jamlanishi, jalb qilinishi ixtiyoriy diqqatdan
keyingi diqqatda unumli va sermahsul hisoblanadi. Ixtiyoriy
diqqatdan keyingi diqqat sharoitiga o‘tish uchun ish jarayonini
faollashtirish talab etiladi. Ish jarayonini xotira qonuniyatlarini
yaxshi
bilgan holda, uning yordamidan foydalanib amalga oshirish
talab etiladi. Bular mantiqan tushunish va qiziqish uyg‘otish
qonuniyatlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: