28
Muallif shaxsda intellekt rivojlanishining quyidagi bosqichlarni
ajratadi:
1)
sensomotor intellekti (tug‘ilishdan to 2 yoshgacha);
2)
operatsiyalardan ilgarigi tafakkur davri (2 yoshdan to 7
yoshgacha);
3)
muayyan operatsiyalar davri (7–8 yoshdan 11–12 yoshgacha);
4)
formal (rasmiy) operatsiyalar davri.
J. Piajening g‘oyalarini davom ettirgan psixologlarning bir
guruhini kognitiv-genetik nazariyaga biriktirish mumkin. Bu
yo‘nalishning namoyandalari qatoriga L. Kolberg, D. Bromley,
Dj. Birrer, A. Vallon, G. Grimm va boshqalar kiradi.
Shaxs psixologiyasining rivojlanishi muammosini o‘rganishga
Rossiyalik atoqli olimlar L.S.
Vigotskiy, P.P. Blonskiy,
S.L.Rubinshteyn, A.N. Leontev, B.G. Ananev, A.G. Kovalev,
L.I.Bojovichlar o‘zlarining salmoqli hisslarini qo‘shganlar.
Quyida psixologlarning ayrim fikrlariga qisqacha to‘xtalib
o‘tamiz.
A.G.Kovalevning fikricha, shaxs – ijtimoiy munosabatlarning
ham obyekti, ham subyekti. A. N.
Leontevning tushuntirishicha,
shaxs faoliyat subyektidir. K. K. Platonov jamiyatda o‘z vazifasini
anglovchi, ishga layoqatli, yaroqli individni shaxs deb ataydi. Bu
muammo mohiyatini chuqurroq ochishga harakat qilgan
S.L.Rubinshteynning ta’rificha, shaxs tashqi ta’sirlar yo‘nalishini
o‘zgartiruvchi, ichki shart-sharoitlar mahsulidir.
A.V.Petrovskiyning quyidagi ta’rifini
shaxsning psixologik
ta’rifi sifatida qabul qilish mumkin: «O‘z mehnati tufayli hayvonot
olamidan ajralib chiqqan, jamiyatda rivojlanuvchi va odamlar bilan
til yordamida munosabatga kirishuvchi odam shaxsga voqelikni
beruvchi hamda faol o‘zgartiruvchi subyektga aylanadi». Ko‘rinib
turibdiki, psixolog olimlar shaxsni tushunishga turli tomonlardan
yondashib, unga har xil ta’rif berishgan.
Muayyan fikrlarni jamlagan holda shaxsga quyidagicha ta’rif
berish mumkin.
«Shaxs o‘z menligini anglagan, o‘zgalar bilan
o‘zaro munosabatlarga kirisha oladigan tabiat va jamiyatga faol
ta’sir o‘tkaza oladigan har qanday individ».
29
Yuqorida bayon qilingan nazariyalar va psixolog olimlarning
fikrlaridan kelib chiqib, psixologiyada «shaxs» masalasini tushu-
nish bo‘yicha quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
1)
jamiyatning a’zosi hisoblangan va ong egasi bo‘lgan har bir
individ
shaxsdir;
2)
shaxs hamma vaqt muayyan, faqat o‘ziga xos bo‘lgan
murakkab individual sifatlar va xususiyatlar egasidir. Bu sifatlar va
xususiyatlar shaxs xulqida, boshqa shaxslar bilan munosabatlarida,
irodasi
va xulq-avtorida, xislatlarida, qobiliyatlari, mayllari va
qiziqishlarida
ifodalanadi;
3)
odam shaxs bo‘lib tug‘ilmaydi, balki u ijtimoiy taraqqiyot
jarayonida shaxs sifatida shakllanadi.
4)
shaxs psixologiyasini aniq tarixiy sharoitlardan, u mansub
bo‘lgan
jamiyatdan, jamiyatda egallagan mavqeidan kelib chiqqan
holda o‘rganish mumkin.
Ushbu xulosalardan muhandis faoliyatida amalda foydalaniladigan
bo‘linsa, shaxs muammosini o‘rganishning ikki tendensiyasi
(«tendensiya lotincha so‘z bo‘lib, «intilish», «g‘oya», «fikr», «mayl»,
«tamoyil» degan ma’nolarni anglatadi) birligini kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: