III.3-§. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni yozuvga о‘rgatish uslubiyati
Tayyorlov sinfi dasturiga ko‘ra o‘qishga o‘rgatish vaqti yozishga o‘rgatishni boshlanishini ilgarilaydi. Kar o‘quvchilarda yozma nutq og‘zaki daktil asosida shakllanadi. So‘z va iboralarni yozishda ular albatta daktillashadi va so‘zni talaffuz etishadi. Talaffuz malakalarini rivojlangani sari daktillash kamroq namoyon etiladi, biroq so‘z tuzilishini chiqarganda qiyinchilikka duch kelsalar Yana uni daktillashga qaytadilar.Bolalar yozishga o‘rganishga daktil nutqiga o‘rganish jarayonida tayyorlanib boradilar. Ular so‘zlarni analiz va sintez qiladilar, kesma alifbo bilan ishlaydilar. O‘quvchilar I chorakda savodga o‘rgatish va va PAT darslarida qo‘l materikasini rivojlanishiga asos bo‘ladigan yozuvga tayyorlaydigan mashqlar bajarishadi. Yozuvga o‘rgatishni boshdanoq bolalarda to‘g‘ri o‘tirish, ruchkani to‘g‘ri ushlash, daftarni yozsh jaranyoida surib borish odatlari shakllanadi. O‘quvchilar sharik ruchkasidan foydalaniladilar.
Bolada yozuvni harakat malakasi sekin shakllanadi va 7-9 yil o‘qitishdan so‘nggina avtomatik darajaga yetadi. Har bir malaka mashqlar jarayonida rivojlanib mukammalashib borganligi sabab o‘quvchilar o‘quvni egallashlari uchun o‘qitishni barcha ishlarida ko‘p yozishlari kerak.
Kar bolalar maktabida yozilgan xarf bilan tanishish izchilligi, ommaviy maktabdan farq qiladi. U yerda xarf ketma-ketligi, bolalar o‘qishga o‘rganishlari bilan bog‘liq. Karlar maktabida yozuvga o‘rgatish o‘qishga urgatish bilan qat’iy
112
bog‘lanmagan. Xarflarni grafik o‘qilishiga o‘rgatish grafik sodda xarflardan murakkablariga qarab ketadi. Ommaviy maktabdagi singari o‘quvchilar biroz egib, bosmasdan, uzluksiz yozishga o‘rganishadi. Eshitadigan bolalarga qo‘yilgan yozish texnikasi talablari maxsus maktablarda ham o‘z kuchini yo‘qotmaydi. Bu bilan bog‘liq holda tayyorlov sinfi o‘qituvchisi bolalarni yozuvga o‘rgatayotganda ommaviy maktabni metodik (uslubiy) ko‘rgazmalaridan foydalanishi mumkin. Yozuv texnikasiga o‘rgatishni umumiy talablari quyidagi tarzda bo‘lib, yozishga o‘rgatish maqsadga muvofiq emas. Bir harakatda yozish mumkin bo‘lgan xarflarni elementlarga bo‘lmaslik lozim20. Xarflarni bo‘lmasdan ulashning turli usullari darslarda maxsus ishlab chiqilgan. Yozuv namunasini o‘qituvchi doskada beradi. Xarf yozishdagi xatolarni bartaraf etish uchun o‘qituvchi o‘quvchi qo‘lidan ushlab yo‘naltirishi mumkin. Shu maqsadda o‘qituvchini yozuvi ustidan yozish mashqlari ham o‘tkazilishi mumkin. Ommaviy maktablardan farqli o‘laroq karlar maktabining tayyorlov sinflarida ortiqcha og‘zaki tushuntirishlardan bolalarga yozish qoidalarini tushuntirishdan qochish zarur. Xarflarni yozishga tayyorgarlik mashqlari o‘z ichiga turli chiziqchalarni, ilmoqchalarni, avallarni yozishga o‘rgatishni oladi. Xarflarni yozishga o‘rganish izchilligi “Alifbo” betlarida aksini topgan. Yozuvga o‘rgatishda imkon qadar o‘rganilayotgan xarfni so‘zga kiritish lozim, ya’ni nafaqat xarflarni balki so‘z va kichik iboralarni yozishga o‘rgatish lozim. Kar o‘quvchilar yozma nutqni egallashda ma’lum qiyinchiliklarga duch keladilar, asosiysi bu tovush va so‘zlarni ifodalashdagi izchillikda kuzatiladi. Xatto so‘z tarkibini og‘zaki daktilda egallab, alifbodan so‘zni yig‘ishni bilsalar ham o‘quvchilar so‘zni yozma ifodalashga qiynaladilar.
Bolalarni yozishga mashq qildirishni samaradorligini oshirish uchun yozma nutqni PAT darslarida qo‘llash maqsadga muvofiqdir (Ishni imzolash, savolga qisqacha javob berish, bajarilgan ish haqida hisobot yozish). Bu mashqlar nafaqat yozuvni egalash uchun, balki muloqotda yozma nutqdan foydalanish malakalarini o‘qitishni boshlash uchun ham zarurdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |