Z. N. Mamarajabova ona tili o’qitish maxsus metodikasi


III.2-§. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qishga о‘rgatish uslubiyati



Download 3,53 Mb.
bet31/70
Sana13.07.2022
Hajmi3,53 Mb.
#790358
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70
Bog'liq
ona tili Mamarajabova

III.2-§. Eshitishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qishga о‘rgatish uslubiyati

Daktil nutqiga o‘rgatish so‘zli jadvallarni qo‘llash bilan bog‘liq va bolalar I-chorakdan ularni o‘qish zaruriyati oldida turadilar. Boshlang‘ich davrda bolalar


110
so‘zlarni analiz qilshmaydi, balki uni to‘liqligicha qabul qiladilar. Bu bosqich uchun dastil so‘zini qabul qilishda analitik faoliyat xosdir. Bir vatqni o‘zida so‘zlarni daktil shaklida qo‘llash boshlanadi, bu bolalarda so‘zlarni analiz – sintez malakalarini shakllantiradi. Bu davrda to‘g‘ri o‘qish ustida ishlash boshlanadi.


Biz o‘qituvchi va o‘quvchilarni og‘zaki nutqni va daktillashga qo‘yiladigan talablar haqida gaplashgan edik. Shuni ta’kidlab o‘tish zarurki, o‘qitishni boshidanoq o‘quvchilarda daktilemalarni aniq va to‘g‘ri qo‘llanilishini va ularni so‘zlarda birlashtirishni tarbiyalash zarur. Bundan tashqari har bir o‘quvchi bilan daktil va og‘zaki so‘zlashni sinxronligiga alohida e’tibor berish lozim. Materialni egallab borishga ko‘ra urg‘u og‘zaki aytishga, talaffuzni bog‘liqligiga tushadi. Uning texnikasi ustida ishlash boshidanoq fikrlangan nutq materiali ustida ko‘riladi va anglab o‘qish bilan birgalikda o‘tkaziladi. Avval bolalar jadvallardan alohida so‘zlar, kichik iboralarni o‘qiydilar. Shu bosqichni o‘zidayoq ular har bir so‘z ortida predmet, har bir ibora ortida ma’lum mazmun yotishga ko‘nikadilar. O‘qilgan, anglangan munosabatni ayniqsa PAT darslari asoslanadi, unda har bir yangi so‘z predmet bilan taqqoslanadi. Bunda o‘quvchi har bir o‘qilgan co‘ziga alohida e’tibor berishi lozim, chunki aynan shundan uning predmet amaliy faoliyati kelib chiqadi. O‘qilganlarni tushunishga o‘rgatish PAT darslarida o‘qituvchini tablichkada yozilgan ko‘rsatmalarini bajarishdan boshlanadi. Ular o‘qituvchi bilan birgalikda vazifalarni o‘qishadi va bajarishadi. O‘quvchilar tomonidan vazifani bajarilishi iborani tushunganlikdan dalolat beradi. PAT darslarida bolalar iboralarni to‘liq qabul qilishlari juda muhim.


Anglab o‘qishga o‘rgatish savodga o‘rgatish darslarida ham davom etadi. o‘qishga o‘rgatish o‘quvchilarga tanish bo‘lgan nutqiy materialda o‘tkazilganligi sabab, har bir so‘zni tushunganlikqlari aniqlash zaruriyati yo‘q. Ular gapda ifodalangan har bir so‘z tarkibini emas, balki uni mazmunini qabul qilishga o‘rganishadi. Xuddi shunday yondashuv matnlarni o‘qishga o‘rgatishda, saqlanib qoladi. O‘qishga o‘rgatish metodikasi bolalar bilan matnni so‘z taxlilini o‘tkazish tavsiya etmaydi. Ularni mani to‘liqligicha qabul qilishga o‘rgatish zarur. Matn ustida ishlash tuzilmasiga ko‘ra bolalar matnni to‘la o‘qishadi, so‘ng o‘qituvchi bilan birgalikda u yerda kim nima bilan shug‘ullanganini aniqlashga harakat qilishadi. Bu ish o‘quvchilarni nima o‘qishganligi haqida uylanishga, o‘qituvchini esa bolalar matnni qanday tushunganliklarini muhokamalashga undaydi.


Shundan so‘ng uni qismlarini, o‘qilganlarni mazmunini yoritish ustidagi ish boshlanadi. O‘qilganlarni tushunganligini aniqlash uchun turli tadbirlar o‘tkaziladi: rasmlar tanlash, mazmunini ko‘rsatib berish, predmet amaliy faoliyatini qo‘llash, savol javoblar.




Rasmlarni moslash. O‘quvchilar iborali yoki matnni qismini o‘qishadi va o‘qituvchi vazifasiga ko‘ra o‘qilganlarni mazmuniga mos rasm ko‘rsatadilar. Rasm o‘qituvchi tomonidan maxsus tayyorlanadi yoki kitobdagi rasmlardan foydalaniladi.


Mazmunini ko‘rsatib berish. Mazmunni yoritishini bu usuli ham tayyorlov sinflarida keng qo‘llaniladi. Mazmunni bu tahlil yo‘lini “Alifbe”dagi materialga qo‘llash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Masalan, o‘qituvchi bilan 43 betdagi iboralarni o‘qib, doskaga chiqarilgan o‘quvchi qiz “o‘tir-tur” harakatlarini o‘xshatadilar.

111
Bolalarni predmet amaliy faoliyatini qo‘llanilishini. Matn yoki iboralarni o‘qigach o‘qituvchi ular o‘qigan narsalari haqida chizib berishlarini so‘raydi. Bolalar raasmlari ular o‘qiganlarini tushunishga yordam beradi.




O‘qilganlarni savollar bo‘yicha tahlil qilish. Bu usul alifbe betlar asosida keng qo‘llaniladi, ammo uni qo‘llanilishi tayyorgarlik ishlarini talab etadi. Tayyorlov sinfi bolalari uchun savol ahamiyatini tushunish qiyin. O‘quvchilar darslik betlarida duch keladigan birinchi savollar: Bu kim? Bu nima?. O‘qilganlarni mazmunini tahlili uchun ushbu savollarni qo‘llashdan avval bolalarni mazmunini tahlili uchun Ushbu savollarni qo‘llashdan avval bolalarni kundalik muloqot jarayonida savollarga javob berishga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir . Bunday tayyorgarlik ishlarini o‘tkazilmasligi savolni tushunishda bolalarda qo‘shimcha qiyinchiliklarni vujudga keltiradi. Bu talablar mazmun ustida ishlashda qo‘llaniladigan boshqa savollarga ham taaluqlidir. Bolalarni fikrlash, matn analizini talab etuvchi savollarga javob berishga o‘rgatish juda muhim. O‘qilganlarni mazmunini tushunishga o‘quvchilarni oldindan asosiy nutqiy material bilan tanishuvi asos bo‘ladi. Bu nafaqat o‘qish darslarida balki boshqa darslarda, sinfdan tashqari vaqtda ham amalga oshiriladi, ya’ni matnni o‘qish vaqtigacha ular matn tarkibiga kiruvchi so‘zlar ma’nosi bilan tanish bo‘lishlari lozim. Xikoya o‘qishdan avval zaruriy mavzuga oid suhbat o‘tkazilishi mumkin.

Ongli o‘qish ustdagi ish o‘qish texnikasini shakllantirish tizimli tarzda olib


boriladi . O‘quvchilarni matn o‘qishga, iboralarni qayta o‘qishga undab, o‘qituvchi diqqatini o‘qish sifatiga qaratadi, to‘g‘ri o‘qish namunasini ko‘rsatadi va o‘ziga taqlid qilishini talab etadi.





Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish