21- LABORATORIYA ISHI
Mavzu: OK asosida analog qurilmalarni tadqiq etish.
Laboratoriya ishini bajarishga tayyorgarlik ko‘rish:
OK sxemasida teskari aloqa zanjirini o‘zgartirib, uning asosida turli qurilmalar: (kirishdagi signal fazasini inverslaydigan yoki inverslamaydigan) kuchaytirgichlar; (polosali, past va yuqori chastota) filtrlari; (garmonik, relaksatsion yoki maxsus shakldagi) signal generatorlari; itegrallovchi yoki differensiallovchi qurilmalar; analog signallarni o‘zgartiruvchi va boshqalar hosil qilish imkoniyati mavjud. Bu vaqtda bajariladigan amallar faqat tashqi elementlar yordamida amalga oshiriladi, o‘zgartirish aniqligi esa OK parametrlariga bog‘liq bo‘ladi.
Mazkur laboratoriya ishi 2 – ishning davomi bo‘lib hisoblanadi, bu ishda ham xuddi shu OK sxemalari qo‘llaniladi. Tadqiq etilayotgan OK chiqishlarining joylashishi, tahrirlash sxemalari va parametrlari ilovada keltirilgan.
Laboratoriya ishini bajarish uchun topshiriq:
Ilovadan tadqiq etilayotgan OK shartli belgisini chizib oling (chiqish raqamlari va tahrirlash elementi bilan), hamda chegaraviy qiymatlarni yozib oling.
21.1-rasm. O‘lchash sxemasi.
2.1.4. OKning bunday ulanish sxemasida KU quyidagi formuladan aniqlanadi:
. (21.1)
2.1.5. 2.1.2 – 2.1.4 bandlardagi o‘lchash va hisoblarni R2=10 kOm uchun takrorlang.
2.2. OK asosidagi differensiallovchi zvenoni (differensiator) tadqiq eting.
2.2.1. 3.2 – rasmda keltirilgan differensiator sxemasini yig‘ing (bu erda R1 sxema barqarorligini oshirish uchun kiritilgan bo‘lib, sxemaning majburiy elementi hisoblanmaydi).
2.2.2. Ossilograf yordamida generator chiqishida amplitudasi 100 mV va davri 10 ms bo‘lgan signal o‘rnating. Kirish va chiqish signal ossillogrammalarini chizib oling.
2.2.3. O‘lchashlarni 200 Gs - 2 kGs diapazonida tanlangan 2 - 3 ixtiyoriy chastotalar uchun takrorlang. Ossilogrammalarni chizib oling.
21.2-rasm. O‘lchash sxemasi.
2.3. OK asosidagi integrallovchi zvenoni (integrator) tadqiq eting.
.
21.3-rasm. O‘lchash sxemasi.
2.3.1. 21.3 – rasmga mos ravishda, integrator sxemasini yig‘ing (bu erda R2 sxema barqarorligini oshirish uchun kiritilgan bo‘lib, sxemaning majburiy elementi hisoblanmaydi).
2.3.2. Ossilograf (2) yordamida generator chiqishida amplitudasi 100 mV va davri 10 ms bo‘lgan to‘g‘ri burchak shaklidagi signal o‘rnating. Kirish va chiqish signal ossiorgrammalarini chizib oling.
2.3.3. O‘lchashlarni 200 Gs - 2 kGs diapazonida tanlangan 2 - 3 ixtiyoriy chastotalar uchun takrorlang. Ossilogrammalarni chizib oling.
2.4. Inverslamaydigan kuchaytirgichni tadqiq etish.
Mazkur kuchaytirgich kirishi va chiqishidagi signal fazalari mos keladi. Uning sxemasi 21.4 – rasmda keltirilgan.
2.4.1. 21.4 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing.
2.4.2. Generator chiqishidan OKning inverslanmaydigan kirishiga (“+”) chastotasi 1 kGs bo‘lgan Ur=100mV signal bering. Kirish va chiqishdagi signal fazalarini solishtiring
2.4.3. Voltmetrlar yordamida UCHIK i Ug larni o‘lchang.
(21.2) ni hisoblang.
21.4-rasm. O‘lchash sxemasi.
2.4.4. Uzatish koeffitsientining nazariy qiymatini quyidagi formula yordamida aniqlang:
(21.3)
2.5. Relaksatsion tebranishlar generatorini tadqiq etish.
OK yordamida sinusoidal va nosinusoidal (jumladan, relaksatsion) tebranish generatorlari yaratish mumkin. Relaksatsion tebranishlar generatori sxemasi 21.5 – rasmda keltirilgan (sxemada manba ko‘rsatilmagan).
2.5.1. 21.5 – rasmda keltirilgan sxemani yig‘ing.
Sxemaga qiymati 0,047 mkF bo‘lgan kondensator S1 va R1 = 10 kOm ni ulang.
2.5.2. Generator sxemasining turli nuqtalariga (1...3) ossilografni ulab, ossilogrammalarni chizib oling. Ossilograf yordamida generator tebranishlari davri va chastotasini o‘lchang.
21.5-rasm. O‘lchash sxemasi.
Hisobot mazmuni.
tadqiq etilayotgan OK pasport ko‘rsatmalari;
har bir bandda tadqiq etilgan sxemalar;
o‘lchash va hisoblash natijalari;
signal ossilogrammalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |