O’ZBEK TILI VA ADABIYOT
1. Qaysi bandda grammatikaning tarkibiy qismlari to’g’ri ko’rsatilgan?
A)orfografiya, dialektologiya;
B)morfologiya,fonetika;
C)sintaksis, morfologiya;
D)leksikologiya, grafika;
E)Do’kondan suvlar harid qildim.
2. Adabiy talaffuz me’yorlari o’rganiladigan tilshunoslik bo’limi qaysi bandda keltirilgan?
A)orfoepiya;
B)orfografiya;
C)leksikologiya;
D)grafika;
E)fonetika.
3. Mavhum otlar qaysi bandda to’liq keltirilgan?
A)bino, yog’in, ishonch;
B)mustaqillik, erk, quvonch;
C)bulut, tuman, qirov;
D)bug’doyzor,o’rmon, tog’da;
E)siyosatchi, kitobdan, yulduzli.
4. Qaysi bandda faqat yasama so’zlar berilgan?
A)suvloq, o’yinchoq, qo’riqchi;
B)yurtim, faxrli, bog’cha;
C)Tilshunos, yozuv, ilmli;
D)bug’doyzor, o’rmon, tog’da;
E)siyosatchi, kitobdan, yulduzli.
5. Kelishik qo’shimchalarning vazivasi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)So’z yasash;
B)tuslash;
C)so’z o’zgartirish;
D)turlash;
E)shakl yasash;
6. Qaysi bandda faqat yordamchi so’z turkumlari keltirilgan?
A)fe’l, undov so’zlar, bog’lovchi;
B)bog’lov, ko’makchi, yuklama;
C)ravish, sond,sifat;
D)olmosh, bog’lovchi, sifat;
D)olmosh, bog’lovchi, sifat;
E)ko’makchi,ot, taqlidiy so’zlar.
7. Quyidagi gap qaysi uslubga xos? Ariqdagi suvlar yupqa qaymoq bog’langan.
A)ilmiy uslub;
B)rasmiy uslub;
C)badiiy uslub;
D)publitsistik uslub;
E)so’zlashuv uslubi.
8. Qaysi banddagi ko’chirma banddagi ko’chirma gapda tinish belgilari noto’g’ri qo’yilgan?
A),,O’z oldingga bir maqsadni qo’ydingmi?’’ –deb so’radi ustoz;
B),,Har nima kelsa boshingga,-deydi xalqimiz,-tilingdan kelar’’
C),,Olmaysizmi?’’-dedi sotuvchi xaridorga, ,,Bo’lmasa boshqa odam oladi’’.
D)Umid kutib olar ekan:,,Buncha ,,erta’’ kelmasang’’,-deb piching qildi.
E)Rais xitob qildi:,,Bas qiling!’’.
9. Gapga taaluqli bo’lmagan xususiyat qaysi bandda ta’riflangan?
A)gapda hokim so’z oldin, tobe so’z keyin keladi;
B)gap nisbiy tugal fikrni anglatadi;
C)gapda ega kesimdan oldin keladi;
D)gap tugallangan ohangda aytiladi;
E)gap ikki va undan ortiq so’zlar va so’z birikmalaridan tashkil topadi.
10. Tilga oid atamalar berilgan bandni aniqlang.
A)akustika, tovush, futbo’l;
B)tennis, ball, reyting;
C)jumla, uzunlik, qirra;
D)to’ldiruvchi, laxja, uyushgan bo’lak, bo’g’in;
E)sheva, sado, musiqa, sharh.
11. Turk nazmida chu tortib men alam,
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.
Olibmen taxtu farmonimg’a oson,
Cherik chekmay Xitodin to Xuroson.
Ushbu misralar kimning qalamiga mansub?
A)Lutfiy;
B)Sakkokiy;
C)Navoiy;
D)Durbek;
E)Fuzuliy.
12. Gap his-hayajon anglatishga ko’ra qanday gap deyiladi?
A)so’roq;
B)undov;
C)darak;
D)riktorik so’roq;
E)his-hayajon gap.
13. Ulug’ Navoiyning turkiy til muhokamasiga bag’ishlangan asari qaysi bandda to’g’ri keltirilgan?
A),,Majolis un-nafois’’;
B),,Mahbub ul-qulub’’;
C),,Lison ut-tayir’’;
D),,Muhokamat ul-lug’atayn’’;
E),,Mezon ul-avzon’’.
14. O’rxun-Enasoy yozuvi yodgorligi qaysi tilga taaluqli?
A)hind tiliga;
B)fors tiliga;
C)turkiy tilga;
D)rus tiliga;
E)xitoy tiliga.
15. “Devonu lug’otit turk” asarining muallifi qaysi bandda ko’rsatilgan?
A)Mahmud Koshg’ariy;
B)Yusuf Xos Hojib;
C)Ahmad Yugnakiy;
D)Sulaymon Bokirg’oniy;
E)Durbek.
16. Temuriy shahzoda Ulug’bekka bag’ishlangan dramaning muallifi kim?
A)Uyg’un;
B)Cho’lpon;
C)Behbudiy;
a; D)Shayxzod
E)A.Qodiriy.
17. “Avesto” qaysi dinga e’tiqod qiluvchilarning muqaddas kitobi?
A)islom;
B)buddiylik;
C)zardo’shtiylik;
D)nasroniylik;
E)musaviylik.
18. Navfal Navoiy “Xamsa” sidagi qaysi dostonning personaji?
A),,Farhod va Shirin’’;
B),,Layli va Majnun’’;
C),,Saddi Iskandariy’’;
D),,Sab’ai sayor’’;
E),,Hayrat ul-abror’’.
19. Mo’g’ul bosqinchilariga qarshi shiddatli janglar olib brogan shahzodaning ismi qaysi bandda keltirilgan?
A)Temur Malik;
B)Jaloliddin Manguberdi;
C)Xalil Sulton;
D)Ahmad Polvon; E)Mo’min mirzo.
20. Nutq tovushlari tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?
A)sintaksisda;
B)leksikologiyada;
C)orfografiyada;
D)grafikada;
E)fonetikada.
21. Bobur lirikasidagi yetakchi mavzu qaysi javobda to’g’ri qayd etilgan?
A)sof sevgini ulug’lash, Vatanni qo’msash;
B)xalq parvarlik, adolatni kuylash;
C)do’stlik, poklikni tarannum etish;
D)jabr-zulm, darbadarlikni qoralash;
E)ma’rifatparvarlik, ilmga intilishni ulug’lash.
22. Qanday asar memuar asar deyiladi?
A)pand-nasihat tarzidagi asar;
B)ijtimoiy-maishiy mavzudagi asar;
C)Qahramonlik sarguzashtlari, ezgu niyatlar tasvir etilgan asar;
D)muallif o’zi guvohi bo’lgan, ishtirok etgan voqealar esdalik tarzida yozilgan asar;
E)bo’lib o’tgan voqea, hodisalar asosida yozilgan asar.
23. “Hotami Toyi” hikoyatining muallifi kim?
A)Maxmur;
b)Gulhaniy;
C)A.Avloniy;
D)A.Navoiy;
E)Mashrab.
24. Qaysi bandda faqat turkiy tillar oilasiga mansub tillar berilgan?
A)ispan, fin, ugor, yoqut;
B)tatar, qo’miq, rus, mo’g’ul;
C)turkman, o’zbek, qozoq, turk, gagauz, uyg’ur;
D)qoraqalpoq, tojik, bolgar, alban;
E)ispan, hind, arab, qaraim.
25. Vazifasiga ko’ra kelishik qo’shimchalari qanday qo’shimchalar hisoblanadi?
a)so’z yasovchi qo’shimchalar;
B)so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar;
C)shakl yasovchi qo’shimchalar;
D)tuslovchi qo’shimchalar;
E)turlovchi qo’shimchalar;
E)turlovchi qo’shimchalar.
26. Tagiga chizilgan so’z ma’nosiga ko’ra sonning qanday turiga mansub? Men to’qqizinchi sinfni tugatdim.
A)chama son;
B)sanoq son;
C)miqdor son;
D)tartib son;
E)jamlovchi son.
27. Qaysi gapda yuklama qo’llangan?
A)Olma terish ko’ngilli o’tdi;
B)bir bosh bo’lakli gap, qo’shma gap;
C)soda gap, bog’langan qo’shma gap;
D)ergashgan qo’shma gap, ko’chirma gap;
E)qo’shma gap, soda gap.
28. Obrazga taqlidan yasalgan so’zlar qaysi bandda joylashgan?
A)tiq-tiq, qars-qurs;
B)duk-duk, shivir-shivir;
C)yilt-yilt, yalt-yalt, lip-lip;
D)guldur-guldur, tars-tars;
E)Shiq-shiq, chak-chak.
29. Tinish belgilari tilshunoslikning qaysi bo’limida o’rganiladi?
A)fonetikada;
B)sintaksisda;
C)morfologiyada;
D)leksikologiyada;
E)punktuatsiya.
30. Abdulla Qahhorning qaysi asari shunday boshlanadi? “Qazisan, qartasan asli zotinga tortasan”.
A),,Sinchalak’’;
B),,Asror bobo’’;
C),,Qo’shchinor chiroqlari’’;
D),,Muhabbat’’;
E),,Maston’’.
31. Qaysi qatorda baland so’zining antonimi qo’llangan?
A)Uning bo’yi ancha uzun edi;
B)Lazizning qo’lida katta kitob bor edi;
C)Bu yerning daraxtlari past ekan;
D)Alpomish qalin o’tloq oralab bordi;
E)Qarshida ulkan cho’l yastanib yotardi.
32. A.Qodiriyning ilk hikoyalari nomi qaysi bandda berilgan?
A),,Kalvak mahzumning xotira daftaridan “;
B),,Juvonboz’’;
C),,Uloqda’’, ,,Jinlar bazmi’’;
D),,Toshpo’lat tajang nima deydi?’’;
E),,Kampirlar sim qoqdi’’.
33. Qaysi bandda “Alpomish” dostonida uchraydigan ism qayd etilgan?
A)Ravshan;
B)Oysuluv;
C)Abdurauf Fitrat;
D)Cho’lpon;
E)A.Qodiriy.
34. “Padarkush” dramasining muallifi kim?
A)Behbudiy;
B)Hamza;
C)Abdurauf Fitrat;
D)Cho’lpon;
E)A.Qodiriy.
35. “Hayrat ul-abror” qanday mazmundagi asar?
A)tarixiy-memuar;
B)diniy-falsafiy;
C)tasavvufga oid;
D)falsafiy-ta’limiy;
E)fojiaviy.
36. Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosi qachon qabul qilingan?
A)1993 yil;
B)1929 yil;
C)1940 yil;
D)1995 yil;
E)1956 yil.
37. “Turkiy guliston yoxud axloq” asarining muallifi kim?
A)Cho’lpon;
B)Hamza;
C)Behbudiy;
D)A.Avloniy;
E)Fitrat.
38. Ovoz yoki shovqin ishtiroki darajasiga ko’ra nutq tovushlarining turi qaysi qatorda to’g’ri keltirilgan?
A)Sirg’aluvchi, titroq tovushlar;
B)undosh, titroq tovushlar;
C)unli va undosh tovushlar;
D)lab-tish, bo’g’iz tovushlari;
E)jarangli, jarangsiz tovushlar.
39. Tana tuzilishiga oid atamalar qaysi bandda to’g’ri keltirilgan?
A)karta, uchburchak, ko’z;
B)yurak, qon, o’n ikki barmoqli ichak;
C)qovurg’a, angob, sopol;
D)kvadrat, kub, millimetr;
E)kakra, otashkurak, bosqon.
40. Qaysi bandda bo’g’in ko’chirish qoidasi buzilgan?
A)trak-tor, da-raxt, qi-zil;
B)ton-gi, pish-loq, bed-ana;
C)bo-la-lar, chi-roy-li;
D)ham-ma, ra-di-o, de-ra-za;
E)maj-lis, mak-tab, te-atr.
41. Mustaqil so’z turkumlaridan qaysilari so’z yasash xususiyatiga ega emas?
A)ravish, fe’l;
B)ot;
C)son, olmosh;
D)sifat;
E)barchasi so’z yasash xususiyatiga ega.
42. Qanday gaplar bir bosh bo’lakli gap deyiladi?
A)soda yig’iq gaplar;
B)soda yopiq gaplar;
C)yo kesimi, yo egasi bo’lmagan gaplar;
D)qo’shma gaplar;
E)shaxsi noma’lum gaplar.
43. So’z birikmasi qaysi bandda keltirilgan?
A)Vatan uchun;
B)yaxshi o’qimoq;
C)u keldi;
D)erta bahor;
E)navro’zni qarshilamoq.
44. Gapning ikkinchi darajali bo’laklari ko’rsatilgan bandni belgilang.
A)undalma, kirish gap;
B)aniqlovchi, to’ldiruvchi, hol;
C)gapdagi yordamchi so’z turkumlariga oid so’zlar;
D)ega,kesim;
E)kirish so’z, urg’u.
45. Faqat sifatdan iborat so’zlar berilgan bandni toping.
A)to’p, sinf, suvli;
B)kulrang, oqar, achchiq;
C)o’n, u, ko’k;
D)qirov, sovuq, mushak;
E)kitob,daftar, qanot.
46. “Devoni hikmat” asarining muallifi qaysi bandda berilgan?
A)Ahmad Yassaviy;
B)Qutb Xorazmiy;
C)Sakkokiy;
D)Ahmad Yugnakiy;
E)Mahmud Koshg’ariy.
47. “Alisher Navoiy” filmida bosh qahramon-Navoiy siymosini kim ijro etgan?
A)Yoqub Ahmedov;
B)Sh.Burhonov;
C)Olim Xo’jayev;
D)Razzoq Hamroyev;
E)Zikir Muhammadjonov.
48. Qaysi bandda faqat qo’shimchalar qo’shib yasalgan so’zlar berilgan?
A)bo’g’otda, ko’chalar, oshgan;
B)gulxayri, suvchi, tomorqa;
C)tuzsiz, qirg’ich, qishloq;
D)notinch,rang,bog’da;
E)ilmli, qorong’I, atirgul.
49. Navoiyning “Layli va Majnun” dostonidagi personaj nomi qaysi bandda keltirilgan?
A)Farhod;
B)Navfal;
C)Mehinbonu;
D)Bahrom;
E) Qoran.
50. Quyida keltirilgan qaysi mavzu Bobur ruboiylarida yetakchi o’rin tutadi?
A)sargashtalik;
B)tasavvuf mavzui;
C)yurt sog’inchi;
D)mardlik, jasorat;
E)tabiat go’zalligi.
51. “Al-jomi as-sahih” deb nomlanuvchi 4 jildli kitobning muallifi kim?
A)Imom at-Termiziy;
B)Qaffol Shoshiy;
C)Ismoil al-Buxoriy;
D)Abu Lays Samarqandiy;
E)Abduxoliq G’ijduvoniy.
52. O’zbek mumtoz adabiyotidagi eng kichik lirik janr?
A)ruboiy,
B)murabba’;
C)fard;
D)tuyuq;
E)qit’a.
53. Oybekning xorijiy Sharq mavzuida yozgan asarining nomini belgilang?
A),,Qutlug’ qon’’;
B),,Nur qidirib’’;
C),,Baxtigul va Sog’indiq’’;
D),,Quyosh qoraymas’’;
E),,Ulug’ yo’l’’.
54. “Gulistoni bit turkey”, “Suhayl va Guldirsin” asarlari muallifi qaysi bandda keltirilgan?
A)Komil Xorazmiy;
B)Gadoiy;
C)Mujrim Obid;
D)Hofiz Sheroziy;
E)Sayfi Saroyi.
55. Allaning bola ruhiyatiga ta’siri qaysi adib asarida bayon etiladi?
A)Fitrat;
B)Cho’lpon;
C)Hamza;
D)E.Oxunova;
E)Abdulla Avloniy.
56. «Bilga xoqon bitiktoshi» qaysi xalq yozuvida bitilgan?
A)mo’g’ul;
B)xitoy;
C)tojik;
D)turkiy;
E)rus.
57. O’rxun-Enasoy yozuvi qaysi xalqning madaniy yodgorligi?
A)Xitoylarning madaniy yodgorligi;
B)eroniy xalqlar madaniy yodgorligi;
C)hind xalqining madaniy yodgorligi;
D)turkiy xalqlar madaniy yodgorligi;
E)slavyanlarning madaniy yodgorligi.
58. Quyida nomlari keltirilgan asarlardan qaysinisi Xorazmiyniki?
A),,Muhabbatnoma’’;
B),,Bo’ston’’;
C),,Oshiqlar tumori’’;
D),,Lison ut-tayr’’;
E),,Muxtasar’’.
59. Sparangiz turkiy qabila boshliqlaridan kimning o’g’li bo’lgan?
A)Alp Er To’nga;
B)O’g’uzxon;
C)Bilga xoqon;
D)To’maris;
E)Omarg.
60. Qaysi bandda xato yozilgan so’zlar berilgan?
A)mudofachi, islohat, saxn;
B)guruch, uzumzor, muvaffaqiyat;
C)huquq, hudud, sevinch;
D)kredit, telefon, kompyuter;
E)mashina, dastgoh, tutqich.
61. Shevaga hos so’zlar qaysi uslubga mansub bo’ladi?
A)Badiiy uslubga;
B)so’zlashuv uslubiga;
C)rasmiy uslubga;
D)publitistik uslubga;
E)ilmiy uslubga.
62. Qaysi banddagi bosh so’zi atama sifatida qo’llanadi?
A)U hamisha, har ishda bosh bo’ladi;
B)Ahmad boshini ushlagancha jim qoldi;
C)Biz ko’chaning boshiga chiqib turdik;
D)BMT bosh kotibi-Kofi Anan;
E)Boshliqlar barchasi jam bo’lishdi.
63.Qaysi bandda faqat o’zlashgan so’zlar berilgan?
A)temir, sut, bahor;
B)mustaqillik, respublika, mijoz;
C)tangri, ariq, viloyat;
D)kitob, ko’chki,tog’;
E)qamich, chehra, buloq.
64.Qaysi bandda faqat yasama so’zlar berilgan?
A)otashkurak, bezak, xonada,
B)olomalarni, sarg’ish, xususiy;
C)gultojixo’roz, qiymataxta, chopqi;
D)guldon,parda, Narvon;
E)binafsha, gulxayri, turmak.
65.Qaysi banddagi turg’un ibora chidamoq so’zi ma’nosini beradi?
A)yerga ursang ko’kka sapchiydi;
B)dunyoni suv olsa, to’pig’iga chiqmaydi;
C)Tishini tishiga qo’ymoq;
D)oyog’ini qo’lga olmoq;
E)barmog’ini tishlamoq.
66.So’z yasalish hodisasi qaysi so’z tukumlariga xos?
A)ot, fe’l, bog’lovchi, ravish turkumiga xos;
B)mustaqil so’z turkumlariga xos;
C)faqat ot, sifat, fe’l turkumiga xos;
D)ot, sifat, son, olmosh turkumiga xos;
E)Barcha so’z turkumlariga xos.
67.Nodiraning doimiy homiyligida hayot kechirgan va ijod etgan shoira kim?
A)Ojiza;
B)Hayot;
C)Dilorom;
D)Uvaysiy;
E)Jahon bibi.
68.Kasr son qaysi banddagi javobda keltirilgan?
A)O’ntacha bola hovli tozalash bilan band ;
B)25 mayda o’qishlar tugaydi ;
C)Nima gap o’tgan, ikkisigagina ayon;
D)Yarim soatdan beri kutaman.
E)Kasr son yo’q.
69.Ot turkumidagi so’zlar oladigan kelishik va egalik qo’shimchalarini qaysi so’z turkumiga xos so’zlar ham olishi mumkin?
A)sifat;
B)olmosh;
C)ravish;
D)fe’l;
E)son.
70.Eski o’zbek yozuvi (arab alifbosi) dagi barcha harflarga bag’ishlangan she’r muallifining nomi qaysi bandda berilgan?
A)Anbar otin;
B)Nozima;
C)Uvaysiy;
D)Dilshod;
E)Nodira.
71.M.Shayxzodaning ,,Mirzo Ulug’bek’’ asari qaysi janrga mansub?
A)liro-epik;
B)tragikomediya;
C)komediya;
D)tragediya;
E)roman.
72.Qaysi banddagi gapda birinchi shaxs ma’nosi ifodalangan?
A)Har kuni shu yo’nalishdagi transportda kelamiz;
B)O’zlarining bu xususdagi fikrlari qanday?
C)Ko’rgan kishining ko’zi quvonadi;
D)Kamina aytdi, qo’ydi;
E)O’z vaqtida kelishdi.
73.Shuhrat qalamiga mansub asarlar qaysi banddaligini toping.
A),,Sening sevging’’, ,,Ishqingda yonib’’;
B),,Ona sayyora’’, ,,Onajonim’’;
C),,Yoz fasli’’, ,,Dildor topilmas’’;
D),,Ey do’st’’, ,,Bo’lmasun’’,
E),,Ko’rinur’’, ,,Kamar yuzingdan…’’
74.Qaysi banddagi ravishlarga so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar qo’shilgan?
A)oldindan, keyingi;
B)avvallari, ilgarilari;
C)yonida, tepaga;
D)so’z o’zgartiruvchi qo’shimcha qo’shilmagan;
E)birvarakay, yoppasiga.
75.Qofiya deb nimaga aytiladi?
A)misralar oxiridagi so’zdan oldin kelgan ohangdosh so’zga;
B)misralar oxiridagi so’zga;
C)misralarning oxirida keladigan ohangdosh so’zlar qofiya deyiladi;
D)misralar o’rtasida kelgan so’zlarga;
E)misralar boshida kelgan bir xil so’zlarga.
76. “Farhod va Shirin” dostonining yetakchi ijobiy obrazlari qaysi javobda to’liq berilgan?
A)Shirin, Mehinbonu, Farhod, Shopur, Xoqon, Suqrot;
B)Farhod, Qoran, Xisrayev, Yosuman, Shirin;
C)Sheruya, Xisrayev, Moniy, Xoqon, Bahrob;
D)Farhod, Dilorom, Shopur, Yosuman;
E)Iskandar, Xisrayev, Farhod, Shirin, Shopur.
77. “Alpomish” dostonining eng mukammal varianti qaysi baxshi tilidan yozib olingan?
A)Ergash Jumanbulbul o’g’li.
B)Islom shoir Nazar o’g’li.
C)Fozil yo’ldosh o’g’li.
D)Pulkan shoir.
E)Yumaloq baxshi.
78. Behbudiyning “Padarkush” asari adabiy turning qaysi janriga kiradi?
A)Lirik turning masal janriga.
B)LIro-epik turning rivoyat janriga.
C)Dramatik turning komediya janriga.
D)Dramatik turning fojia jaqnriga.
C)Epik turning hikoya janriga.
79.Boborahim Mashrab qachon, qayerda tug’ilgan?
A)1670,Namangan;
B)1680, Qo’qon;
C)1671,Andijon;
D)1685, Marg’ilon;
E)1673, Xo’jand.
80.Adabiy ijodning umumiy qonuniyatlari adabiyotshunoslikning qaysi qismida o’rganiladi?
A)Adabiy tanqidda;
B)Adabiyot nazariyasida.
C)Adabiyot tarixida;
D)Qiyosiy adabiyotshunoslikda.
E)Adabiy turlar nazariyasida.
81.Abdulla Avloniy qachon, qayerda tug’ilgan?
A)1879, Qo’qon;
B)1878, Toshkent;
C)1877, Samarqand;
D)1877, Toshkent;
E)1876, Qo’qon.
82.Mustaqil O’zbekiston madhiyasi matninig muallifi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A)A.Obidjon;
B)X.Davron;
C)E.Vohidov;
D)Sayyor;
E)A.Oripov.
83.O.Yoqubov temuriy shahzodalardan qaysi biri haqida asar yozgan?
A)Mironshoh;
B)Mo’min mirzo;
C)Shohruh mirzo;
D)Ulug’bek;
E)Pirmuhammad.
84.Dramatik janrlarning qaysi biri fojiaviylik asosiga quriladi?
A)Drama;
B)tragediya;
C)komediya;
D)fars;
E)tragikomediya.
85.Quyidagi gap ergashgan qo’shma gapning qaysi turiga mansub?
Kim ilmni sevsa, u yurtda e’zozli bo’ladi.
A)sabab ergash gapli qo’shma gap;
B)shart ergash gapli qo’shma gap;
C)to’ldiruvchi ergash gapli qo’shma gap;
D)aniqlovchi ergash gapli qo’shma gap;
E)ega ergash gapli qo’shma gap.
86.Qaysi qatorda faqat fe’l turkumidagi so’zlar berilgan?
A)kitob, bog’cha, tuz;
B)ishla, ter, daraxt;
C)tara, kel, qizil;
D)yoz, gul, soya;
E)qizil, burgut, chaqqon.
87.Qaysi banddagi so’z birikmasida bir kelishik qo’shimchasi qo’llangan?
A)ukamni o’yinchog’I;
B)yo’ldan yur;
C)unga qara;
D)oqish olma;
E)boqqa kir.
88.Qaysi adabiy yodgorlikda ko’plab maqol va metallar uchraydi?
A),,Devoni hikmat’’;
B),,Qutadg’u bilig’’;
C),,Devonu lug’otit turk’’;
D),,Muhabbatnoma’’;
E),,Hibat ul-haqoyiq’’.
89.Boburning aruz haqidagi asari qaysi bandda keltirilgan?
A),,Boburnoma’’;
B),,Xatti Boburiy’’;
C),,Muxtasar’’;
D),,Munshaot’’;
E),,Mubayyin’’.
90.Alisher Navoiyning “Majolis un-nafois” asari qanday asar turiga kiradi?
A)doston;
B)memuar;
C)tazkira;
D)adabiyot nazariyasi;
E)ijtimoiy-maishiy.
91.P.Qodirovning ilk yirik asari qaysi bandda keltirilgan?
A),,Uch ildiz’’;
B),,Olmos kamar’’;
C),,Qo’shchinor chiroqlari’’;
D),,Yashil boylik’’;
E),,Qora ko’zlar’’.
92.O’zbek tilidagi undosh tovushlar grafik belgi asosida nechta harf bilan ifodalangan?
A)29 ta;
B)22 ta;
C)23 ta;
D)27 ta;
E)28 ta.
93.Jarangsiz undoshlar mavjud so’z qaysi bandda berilgan?
A)laxtak;
B)dan;
C)ziyrak;
D)jiyda;
E)kitob.
94.Asl turkiy (o’zbekcha) so’zlar qaysi bandda berilgan?
A)maktab, suv, kavak;
B)ilm, qozi, sharbat;
C)to’g’on, bo’g’ot,chilcho’p;
D)tut, qozon, qatiq;
E)muxlis, kitobxon, sochiq.
95.Qaysi bandda o’zbek tiliga faqat arab tilidan o’zlashgan so’zlar keltirilgan?
A)qora, chang, suvoq;
B)muallim, tafakkur, marhamat;
C)kitob, ro’mol, dil; D) xat, xona, g’isht;
E)do’ppi, elektr, ayvon.
96.O’zbek tiliga faqat fors tilidan o’zlashgan so’zlar qatorini toping.
A)G’isht, noma, qalb;
B)charos, tugun, uyqu;
C)yo’l, aql, fikr;
D)xohish, orzu, non;
E)qoshiq,chelak, toza.
97.Ilm-fan, texnika, tilshunoslik va boshqa sohalarga taaluqli tushunchalarni anglatuvchi so’zlar qanday ataladi?
A)omonimlar;
B)sinonimlar;
C)terminlar;
D)arxaik so’zlar;
E)ko’p ma’noli so’zlar.
98.Narsaning belgisini bildiruvchi so’zlar qanday nomlanadi?
A)ot;
B)fe’l;
C)sifat;
D)ravish;
E)olmosh.
99.Qaysi qatorda faqat o’zakdan iborat so’zlar berilgan?
A)kunduz, kuzgi, olcha;
B)lola, bolta, qanot;
C)ishni, hamkor, bayroq;
D)tamg’a, oshxona,qirg’ich;
E)tanga, suvli, o’tkir.
100.Harakat belgisini bildiruvchi so’zlar qanday nom bilan ataladi?
A)yuklama;
B)ravish;
C)sifat;
D)ot;
E)fe’l.
Do'stlaringiz bilan baham: |