Qaysi darsni qaysi bosqichida: Bu metoddan o‘qish, adabiyot darslarini yangi mavzuni o‘zlashtirish bosqichida keng va samarali qo‘llash mumkin.
Afzalligi: O‘quvchilarni diqqatini jamlashga yordam beradi, o‘quvchilarni og‘zaki nutqini o‘stiradi, o‘quvchilarni har xil holatlardan chiqib keta olish malakalrini shakllantiradi.
Namuna
“ Mushuk bilan kuchuk “ ertagi.
189
Kunlardan bir kuni mushuk bilan kuchuk bitta suyakni talashib janjallashib qolishibdi. Mushuk kuchukga dedi:
O‘qituvchi to‘xtab, pauza qiladi va savol beradi:
Bolalar nima deb o‘ylaysiz, keyin nima bo‘ldi?
O‘quvchilar o‘z mulohazalarini bildirishlari kerak, ayniqsa tez chal- g‘iydigan o‘quvchilarning diqqati tortilishi lozim. Bir necha javoblar olingandan keyin, “ Qani, eshitaylikchi, davomini!” deydi.
Arzimagan narsaga janjal qilmagin, hademay boy buvaning oti kasal bo‘lib o‘ladi, keyin go‘sht ham, ustixon ham serob bo‘ladi.
Boybuva hayvonlarning tilini bilar ekan. Bu gapni eshitibdi va o‘sha zahotiyoq otini olib borib bozorda sotib yuboribdi.
Kuchuk bilan mushuk yana janjallashib qolishibdi. Shunda mushuk debdi:
|
O‘qituvchi to‘xtab, pauza qiladi va savol beradi:
|
|
|
|
|
|
Bolalar
|
nima deb o‘ylaysiz, mushuk kuchukga qanday savol bergan ekan?
|
|
Bir necha javoblar olingandan
|
keyin “ Qani bilaylikchi, mushuk nima
|
degan
|
ekan?
|
“ deb
|
davom ettiradi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Boybuva otini sotgan bo‘lsa ham, g‘am yema, sigiru buzoqlari kasal bo‘lib
|
o‘ladi, go‘shtu ustixon ko‘p bo‘ladi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Boybuva mushukni bu gapini eshitib, o‘sha kunning o‘zidayoq sigir va
|
buzoqlarini
|
olib
|
borib
|
sotibdi. Ertalab
|
kuchuk bilan
|
mushuk qarasaki, Boybuva
|
allaqachon
|
sigiru
|
buzoqlarini olib
|
borib sotibdi. Shunda
|
mushuk kuchukga
|
debdi:
|
|
|
-Mayli, sen g‘am yema, sigiru buzoqni sotgan bo‘lsa, o‘zi o‘ladi.
|
Janoza
|
kunlari
|
qo‘y
|
so‘yishadi, go‘shtu ustixon
|
ko‘p
|
bo‘ladi. Qorningga siqqanicha
|
yeyaverasan.
|
|
|
Bu gapni eshitgan Boybuva nima qilarini bilmay qolibdi.
|
|
|
O‘qituvchi to‘xtab, pauza qiladi va savol beradi:
|
|
|
|
|
|
Bolalar nima deb o‘ylaysiz, Boybuva qanday ahvolga tushibdi?
|
|
|
Bir necha javoblar olingandan keyin “ Qani endi
|
davomini
|
bilaylik- chi! “ deb
|
davom
|
ettiradi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Boybuva vahimayu qo‘rquvga tushibdi. Ahir vahimayu hasratdan
|
kasal
|
bo‘lib
|
o‘lib
|
qolibdi. Boybuva
|
o‘lgan
|
kuni
|
qanchadan-qancha
|
qo‘y
|
so‘yishibdiyu kuchuk
|
to‘ygunicha
|
ustixon chaynabdi.
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ta’limni motivlash o‘qish faoliyatini tashkil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. U tafakkur faollashishiga, tanqidiy mushoxada qilishga, nutqning rivojlanishiga, u yoki bu vazifani bajarishga qiziqish uyg‘otadi. Kar bolalarning qiziqish va qobiliyatlarini faollashtirish, ularning yangi materialni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda maqsadga erishishni ta’minlovchi ta’lim usullari kuchli motivlashtiruvchi omildir. Ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish darslarida kar bolalarning nutqini o‘zaro muloqotlar orqali rivojlantirishda shaxsiy munosabatlarni hisobga olgan holda o‘qituvchi va o‘quvchilar guruhi (o‘qituvchi-o‘quvchi, o‘quvchi-o‘quvchi) faoliyat ko‘rsatishlari zarurligi ma’lum. Chunki guruhdagi faoliyatlar o‘quvchi shaxsiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O‘zaro
190
muloqot kar bolalarda fikr almashish va so‘zlashuv malakasini shakllantirishga imkon yaratadi.Ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish darslarida kar bolalar shaxsiy sifatlari shakllanishida, nutqiy muloqotni amalga oshirishda interfaol o‘yinlarning ahamiyati katta. Ma’lumki, ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish darslarida mavzu bo‘yicha rolli o‘yinlar
ob’ektiv olamdagi inson amaliy faoliyatini shartli ravishda aks ettirishda, ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Rollarga asoslangan o‘yinlar kar bolalar nutqini faollashtiradi va motivlashtiradi. O‘yin o‘quvchilarning tabiiy va sevimli faoliyatidir. Shuning uchun ta’lim-tarbiya berish, ularni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini
hosil qilishda mashg‘ulotlarni yosh hususiyatlariga muvofiq o‘yin tariqasida uyushtirishga e’tibor berilmokda. Haqiqatan ham, bola har kanday mashg‘ulotga
qaraganda, o‘yinga tez intiladi va qiziqadi.Ixtisoslashtirilgan maktabda o‘qish darslarida rollarga asoslangan o‘yin ta’lim usuli sifatida o‘quvchilarni uyushtiradi va bilim
imkoniyatlarini kengaytirib, shaxs sifatida shakllantiradi. Rolli o‘yinlar bolaning erkin fikrlashi, suhbatdoshiga nimanidir aytishi, so‘rashi, isbot qilishi,
tushuntirishiga imkoniyat yaratadi. Dialogdan farkli ravishda, rolli o‘yinlar nimaga (motiv) va nima uchun (maqsad, sabab) kabi savollarga javob beradi. Shunday qilib, o‘yinda qatnashayotgan o‘quvchilarning asosiy diqqatini suhbat mazmuniga qaratadi. O‘quvchilar o‘yin jarayonida suhbatni boshlash, suhbatdoshi nutqini labidan, imo-ishoralaridan o‘qish, savollar berish, savollarga javob berish kabi malakalarni egallaydilar. Maxsus ta’lim tizimidagi o‘qish darslarini jarayoni darslarini shu tipda tashkil etish o‘qish malakasini shakllantirishga qulay shart-sharoit yaratadi. Zero, bu metodlar sama rali va effektiv metod ekanligi tajribalarda o‘z isbotini topmoqda. Ayni paytda har bir o‘qituvchi pedagogik texnologiyalarga ko‘r-ko‘rona emas, balki ijodiy yondashish kerakligini ta’kidlab o‘tish joiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |