Z. N. Mamarajabova ona tili o’qitish maxsus metodikasi



Download 3,53 Mb.
bet47/70
Sana13.07.2022
Hajmi3,53 Mb.
#790358
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70
Bog'liq
ona tili Mamarajabova

Savol va topshiriqlar

1.

Bog‘langan nutqni shakllantirishga quyilgan pedagogik talablarni

tavsiflang.




2.

Nutqni rivojlantirish darslarida o‘quvchilarga differensial

yondashuv yo‘nalishlarini yoriting.

3.

Bog‘langan nutq rivojlantirish bo‘yicha ish turlarini yoriting.

4.

Devoriy gazetaga maqola yozish uslubiyatini tavsiflang.

5.

Insholar tasnifini yoriting.

6.

Bayon va insho yozish bo‘yicha ish turlariga misol keltiring.

7.

Tanlangan matn asosida bayon zish bo‘yicha dars ishlanmasini

tuzing.



152


  1. BО‘LIM ESHITISHIDA NUQSONI BO‘LGAN BOLALAR MAKTABIDA O‘QISH METODIKASI



I –BOB. Eshitishda nuqsoni mavjud bolalarni о‘qishga о‘rgatish uslubiyati


I .1-§. Maxsus maktabda о‘qish darslarining vazifasi va ahamiyati

Amaliy nuqtai nazardan adabiyotshunoslikning asosiy qoidalaridan biri – badiiy asarning yaxlitligi tushunchasi favqulodda qimmatlidir. Badiiy matnni kо‘p darajali va ayni paytda yaxlit tuzilma siatida о‘rganayotib, zamonaviy tadqiqotchilar unda qator о‘zaro bog‘langan turli xarakterdagi va umumlashtirish darajasidagi fikrlarni ajratadi. Y.B.Boreyevning fikricha,badiiy asar dunyoning kо‘p qatlamliligini saqlab qoladi, biroq undan nusxa kо‘chirmaydi, balki о‘z modelini yaratadi26. Obraz plastikasining о‘zida dunyoning badiiy manzarasi elementlarini qayta guruhlash rо‘y beradi, asar strukturasini tashkil qiladigan qatlamlar (plastlar) iyerarxiyasi tarixan о‘zgaradi [Boreyev 2002: 234]27. Olim oltita qatlamni farqlaydi. Birinchi qatlamda insonning о‘z-о‘zini shaxs sifatida anglashi, insonning о‘zi haqidagi о‘z tasavvurlari badiiy tasvirlanadi. Bu plast asarda “kо‘ngil dialektikasi”ni ochib beradi. Ikkinchi qatlam insonning boshqa inson bilan kommunikatsiyalarini ochib beradi. Uchinchisi


– asardagi bosh ijtimoiy-siyosiy muammoni (problematikani) о‘zida jamlaydi. Tо‘rtinchi qatlam – shaxs va ijtimoiy muhit. Beshinchisi – shaxs va uni о‘rab turgan “qо‘lda yaasalgan, ikkinchi” dunyo. Oltinchisi – inson va koinot. Bu plast – falsafiy problematika tashuvchisi. Bunda tо‘rtinchi, beshinchi va oltinchi plastda makon, vaqt va rang dunyoning badiiy konsepsiyasini konkretlashtirish (aniqlashtirish) usullari sifatida gavdalanadi.


Badiiy asarning yaxlitligini tushuntirishda L.I. Timofeyevning yondashuvi, bizningcha, qimmatlidir [1959]28. Olim ta’kidlaydiki, obraz – bu inson hayotining muayyan (konkret) va ayni paytda umumlashma manzarasi bо‘lib, tо‘qima yordamida yaratiladi, estetik ahamiyatga ega bо‘ladi. Asarning о‘zi murakkab yagona fikr, asarning bosh g‘oyasi bilan tashkil qilingan g‘oyaviy butunlik, yozuvchi umumlashmalari zanjiri, uning voqelik bilan bog‘liq kuzatishlari qatoridir [Timofeyev 1959: 122]29. Badiiy asarda insonlar, ularning о‘zaro munosabatlari, murakkab butunlikni hosil qiladigan hodisalarning murakkab tizimi tasvirlanadi. Badiiy asarning yaxlitligi voqelikni obrazli aks ettirish tabiatidan kelib chiqadi.


V.YE. Xalizevning qarashlagriga muvofiq, estetikfaoliyat qandaydir tugallangan va yaxlit (narsa) sifatida tushuniladigan yakkalik predmetlar sifatida ta’riflanadi30. Muallif aynan idrok qilinadiganlarning yaxlitligi uni estetik bilishning



  1. Борев Ю.Б. Эстетика. — М.: Высшая школа, 2002. - 511 с.




  1. Борев Ю.Б. Эстетика. — М.: Высшая школа, 2002. - 234 с.




  1. Тимофеев Л.И. Основы теории литературы. - М.: 1959, 122 с




  1. Тимофеев Л.И. Основы теории литературы. - М.: 1959, 122 с




  1. Хализев В.Е. Теория литературы. - М.: Высшая школа, 2002. — 437 с.

153
asosiy manbasini tashkil qilishini ta’kidlaydi. V.YE. Xalizev bildirgan nuqtai nazar V.I. Tyupaning yaxlitlik predmetning idrok qiluvchida unga nisbatan yagona reaksiyani va umumiy taassurotni keltirib chiqaradigan qiyin belgilanadigan sifati ekani haqidagi quyidagi fikrlari bilan mos keladi31: nimaning bо‘lmasin yaxlitligi о‘zi uchun yetarlilik, tugallanganlik, individual tо‘liqlik va ortiqcha emaslik holatidir... Yaxlitlik obyektning uni tushunib yoqtirishga moyillik uyg‘otadigan holati [V.I. Tyupa 1987: 20].


Shunday qilib, badiiy asarni faqat maqsadli va yaxlit idrok qilishgina estetik kechinmalar paydo bо‘lishiga olib keladi. Tadqiqotimiz doirasida bu qoida badiiy asarning mohiyatini tushunish uchun favqulodda muhimdir. Fikrimizcha, darslarda asarni tahlil qilishdagi ortiqcha ratsionalizm idrokning yaxlitligi buzilishi va estetik kechinmalarning kamayishiga olib keladi.


Adabiy asarning murakkabligi va yaxlitligini tushunish uchun shakl va mazmunning uzviy aloqadorligi masalalari muhim. M.S. Kagan [1978], L.I. Timofeyev [1959], V.YE. Xalizev [2002] tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, mazmun shaklning mazmunga о‘tishi va shakl mazmunning shaklga о‘tishidir32.


L.I. Timofeyev, asar mazmunining murakkabligini ta’riflab, uning uchta komponentini ajratib kо‘rsatadi. Bular: keng ma’noda obyektiv-tarixiy mazmun; g‘oyaviy mazmun, ya’ni adibning tasvirlanayotgan hodisaga nisbatan faol, subyektiv munosabati; asarda bevosita mustahkamlangan bevosita mazmun, ya’ni xarakterlar va hodisalar, qahramonlarning xatti-harakatlari va kechinmalari. Tadqiqotchining fikricha, shakl faqat bevosita mazmunga daxldor va uning barcha tomonlarini qamrab oladi33.


M.S. Kagan san’atning ichki (uning mazmunini obrazli konkretlashtirish usuli) va tashqi (badiiy obrazlarning moddiy jismi) shaklini farqlaydi34. Har ikkala shakl о‘zaro bog‘liq, bir necha rivojlanish bosqichini bosib о‘tadi, biroq ichki va tashqi shaklning harakatlanish mantiqi turlicha. Ichki shakl asarni yaratish jarayonida mazmun bilan uzviy bog‘liq. U asar mazmunini tashkillashtiradi va faqat u bilan birga о‘zgaradi, shu tarzda mazmunga bevosita bog‘lanadi. Tashqi shakl yozuvchiga g‘oya tug‘ilgan vaqtdayoq kо‘rinadi, biroq asarni yaratishning oxirgi bosqichida u ma’lum bо‘ladi. Tadiiy asarda mazmun, ichki va tashqi shakl birlikda mavjud bо‘ladi. Rasmiylashtirish (bezash) vositasida mazmun aniqlik kasb etadi, shakl esa mazmunli kо‘rinish hosil qiladi. Mazmun va shaklning bu kabi bir-biriga о‘zaro kirib





  1. Тюпа В.И. Художественность литературного произведения. Красноярск: Изд-во Красноярского университета, 1987. — С. 217.



32Каган М.С. Социальные функции искусства. — JL: Знание, 1978. - 34 с.

Тимофеев Л.И. Основы теории литературы. - М.: 1959, 122 с


Хализев В.Е. Теория литературы. - М.: Высшая школа, 2002. — 437 с.



  1. Тимофеев Л.И. Основы теории литературы. - М.: 1959, 122 с




  1. Каган М.С. Социальные функции искусства. — Л: Знание, 1978. - 34 с.

154
borishi asarni yaxlit va tugallangan qiladi. Mazkur asosda adabiy ta’lim — eshitishda nuqsoni bо‘lgan о‘quvchilarni kitobxonlik kompetentligini shakllantirish va shaxsiy intelektual, ma’naviy va estetik rivojlantirishga qaratilgan nutqiy, kitobxonlik va adabiy-ijodiy faoliyatining integratsiyasi degan xulosaga kelish mumkin. Tadqiqot natijalari asosida maxsus ta’lim tizimida adabiy ta’limning ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi- korreksion, dunyoni maqsadli hissiy anglash, g‘oyaviy, estetik, vazifalari tavsif qilindi.



Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish