I .2-§. Eshitishda nuqsoni bо‘lgan bolalarni о‘qishga о‘rgatishga zamonaviy yondoshish
1938 yildagi eshitishda nuqsoni bo‘lgan maktablarida “Sar og‘zaki metod”ning olib tashlanishi o‘qish metodikasining rivojlanishida ikki xil yo‘nalishni tashkil qildi. Birinchisi (1940-1960 yillar) sintetik metod – qismlardan butunga o‘tish asarning mazmunini ustida ishlash, so‘zlarning mazmunini tushunish, so‘z birikmalari, matnlarni tushunishga yordam beradi. Bu metodlar A.F. Pongilskaya ishlarida to‘liq yoritilgan. Lug‘at boyligini chegaralanganligi, frazeologiyani qashshoqligi, so‘zlarni o‘zaro yaxshi bog‘lay olmaslik o‘qilgan matnlarni mazmunini so‘zlarini yaxshi tushunmaslikda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘qishda katta qiyinchiliklarga duch keltiradi. Bu so‘zlarni mazmunini tushuntirishi ustida ko‘proq ishlashga olib keldi. Bu o‘qitish metodikasi, o‘qilganni mazmunini o‘zlashtirishga, matnning asosiy elementlarini (lug‘at, fakt, voqea, obrazlar, voqeaviy bog‘lanish) butun asarni o‘zlashtirishda katta qiyinchiliklarni vujudga keltirdi.
1970-1980 yillarda eshitishda nuqsoni bo‘lgan maktablarida o‘qish metodikasiga katta o‘zgartirishlar kiritildi. Surdopedagogikaning tilni o‘qitishda qabul qilingan kommunikativ tizimi va undan so‘ng o‘quv-tarbiyaviy ishlarida
177
didaktik tamoyilini qabul qilinishi bolalarning faoliyatini rivojlantirishga katta ta’sir qildi. Bolaning fikrlash doirasi kengayishi, diologik va o‘zaro bog‘lanish nutqini o‘sishi, lug‘at boyligi o‘sib o‘qilgan matnlarni o‘zlashtirishga yordam bermoqda.
Predmet-amaliy ta’lim darslari matnlarni o‘zaro bog‘lab o‘qitilishga yordam bermoqda. O‘quvchilarning ko‘z o‘ngida bu darslarda matnlar mazmuni (Biron predmetni yasash) ularning asosiy qismlarini (so‘z, gap) amaliy faoliyatni tashkil qilish orqali predmetlarni xarakatlari orqali tashkil qilinadi. Bu usul o‘qish darslarida matnni o‘zlashtirishda bo‘lgan yondoshishni o‘zgartirdi. Ko‘rsatilgan sharoitlarda bo‘laklardan butun matnga emas, butun matndan uning tarkibiy bo‘laklariga o‘tiladi.
O‘qilgan matnni mazmunini tushunish impressiv nutq bazasida qurilgan bo‘lib, u ekspressiv bazaga nisbatan kengroqdir. Bu nutqning asosini tashkil qiladi. Yuqorida qayd qilingan holatlar o‘qish metodikasining asosini tashkil qiladi. Ongli ravishda tushunib o‘qitishda sintaktik o‘rniga anolitik-sintetik o‘qish maydoniga keladi. Bunda bolalar matn mazmuni bilan to‘liq tanishib, ularni sxematik rasmlarda ifoda etadilar. So‘ngra ularni qismlar bo‘yicha o‘qilganni tushunish va ayniqsa butun matnni fikrlashga hamda analiz qilishga olib keladi. Quyi sinflarda o‘qilgan matnni tushunishda amaliy-predmet faoliyatlari katta o‘rin egallaydi, u o‘qilganni o‘zlashtirishda samarali metod hisoblanadi.
S.A.Zikov, T.V. Nesterovich, L.A.Novoselova, T.S. Zinovalar amaliy- predmet sharoitida o‘qitish metod va usullarida ishlab chiqishda katta hissa qushdilar. Hozirgi davrda eshitishda nuqsoni bo‘lgan maktablarida o‘qish darslarida o‘quv-tarbiyaviy protsessni shakllantirishda katta ishlar olib borilmoqda. Kitob bilan ishlash, ongli ravishda tushunib o‘qish, o‘qiganni o‘zlashtira bilish, bolalarning matn bilan ishlash harakterini o‘zgarishda katta ahamiyat kashf etdi. O‘qish darslarida qo‘llaniladigan usullar uch guruhga tasniflanadi.
Reproduktiv – butun o‘qish, zanjir bo‘lib o‘qish, o‘qilganlar yuzasidan suxbat, lug‘atni tushuntirish, illyustrativ materialni ko‘rish, to‘liq so‘zlab berish, o‘qituvchi tomonidan so‘zlab berish, diafilm yoki film ko‘rish, evristik yoki qisman qidirish metodidir. Ifodali yoki tanlab o‘qish, umumiy suhbat, plan tuzish, tanlab gapirib berish, leksik-grammatik vazifali, ijodiy materialni tizimli topshirig‘i, ilmostratsiya, aplekatsiya maket, nutqiy rasm, matn asosida o‘rtog‘iga savol berish, matnlarni solishtirish, leksik mashqlar eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qishga o‘rgatishda qo‘llaniladi. Ijodiy metod – xikoyani davomi, personaj taqdirini ifodalash, xikoyaga yangi nom berish, topshiriqlar ustida ishlash, o‘qilganga baho berish, mustaqil baholashni ko‘zda tutadi.
O‘quvchilarni matn ustida mustaqil ishlashda yuqorida ko‘rsatilgan metodlar aktivlik va mustaqilligini oshiradi. Reproduktiv topshiriqlar yonida evristik va ijodiy rejadagi mashqlar soni oshib boradi. Bular eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning aqliy va nutqiy faolligini oshirib, o‘qilganni to‘liq tushunish, o‘qish texnikasini, o‘zlari o‘qiganni gapirib bera olishlariga yordam beradi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktabida o‘quv-tarbiyaviy ish jarayonida quyidagicha xarakterga ega: o‘quv darslarini rolini oshirishda umumta’limiy, tarbiyaviy, korreksial rivojlantirish masalalarini bog‘lanishni kuchaytirish, ularning sotsial-axloqiy yo‘nalishini, lug‘at boyligini boyitishda nutqiy muloqotni rivojlantirish nutqiy frazeologiya va
178
bog‘langan nutqiy bilimlarni oshirishda vosita sifatida foydalaniladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘qiganini mazmunini tushunish va qabul qilish bilan cheklanmay, balki nutqiy va tushunish faoliyatini oshirish masalalari o‘rin egallagan. Bular reproduktiv metodlardan evristik metodlarni elementlariga evristik metodlarga reproduktiv va ijodiy elementlarga, o‘qish darslarida PAT faoliyatlarini ishlatish orqali erishiladi.
O‘qish va nutqni rivojlantirishni shakllantirishda turli reproduksiyalar o‘qitishni kuchaytirish, kashfiyot va ijodiy topshiriqlarni o‘zlashtirish matnlarni tushunishda katta o‘rin tutadi. O‘qish darslarida og‘zaki nutqni barcha etaplarini rivojlantirishda ularni leksik, grammatik va sintaksis tomonlarini o‘zlashtirish kiritilgan. Matnni har bir etapi ustida ishlash masalasi, o‘qilgan materialni spesifikasini hisobga olgan holda tuzish ko‘zda tutiladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar maktablarida o‘qish darslari maxsus yozilgan kitoblar asosida olib boriladi. Matnlar tematik g‘oyalar asosida bo‘lib, ular o‘qitish bosqichiga asoslanib, kichik va katta darajada bo‘lib, o‘quvchilarning nutqi hisobga olingan holda tuziladi.
Matnlarni tematikasi kengaytirish, sinfdan-sinfga berilgan tavsiyanomalar murakkablashib boradi va o‘quvchilarning o‘qish qobiliyati, mustaqil darslarni o‘qitilishiga bevosita bog‘lanadi. I-IV sinflar darsliklarda berilgan matnlar ancha soddalashtirilgan. V-VI sinflarda berilgan matnlar hajm jihatdan kengaytirilgan, mazmunini murakkablashgan, ularda badiiy asarlardan lavhalar ishlatilgan. O‘qish kitoblarida badiiy adabiyotlar qatorida ilmiy-ommabop adabiyotlardan matnlar olingan. Asarlarning mazmuni turlicha ko‘rinishda bo‘ladi. Badiiy adabiyotlar hayotida hayot obrazlar orqali ifodalanib, uni markazida insonlar tabiat va jamiat bilan bog‘langan holda ifodalanadi. Shuningdek badiiy adabiyotlarda haqiqiy mazmun bilan birgalikda o‘ylab topilgan xarakter va mazmunlar bo‘ladi. Badiiy adabiyot kitoblarda she’riy, masal, ertak, hikoya, topishmoq va maqollar asosida ko‘rsatiladi. Ilmiy-ommabop adabiyotlarda matnlarida obrazlar bo‘lmay, ular avtorni fikrini ketma-ketlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ifoda qiladilar. Shuning uchun o‘qish darslarida o‘quvchilarga berilgan bilimning chuqurligi matn mazmuni va turiga bog‘liqdir. Materiallarni mazmuni va formasi matnlarni tahlilida hisobga olinadi. O‘qish darslarida kichik adabiy asarlar matnni o‘zlashtirish orqali ularni mazmunini to‘liq tushunish, kaxramonlar, ularning xarakteri, qiliqlariga nisbatan qiziqish uyg‘ota bilish, ilmiy – ommabop asarlarni o‘qib real hayotga to‘g‘ri tushuncha hosil qilish ko‘zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |