Z. N. Mamarajabova ona tili o’qitish maxsus metodikasi


O‘qishga bo‘lgan ko‘nikmalarni egallashning xususiyatlari



Download 3,53 Mb.
bet49/70
Sana13.07.2022
Hajmi3,53 Mb.
#790358
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70
Bog'liq
ona tili Mamarajabova

O‘qishga bo‘lgan ko‘nikmalarni egallashning xususiyatlari. O‘qish murakkab analitik – sintetik jarayon bo‘lib, u o‘z ichiga ko‘z bilan ko‘rish va harf belgilarini tanish hamda ularni nutqning tovushli qatoriga o‘tkazish va o‘qilgan so‘z, gap, matnni tafakkur qilishni o‘z ichiga oladi. O‘qish protsessini o‘quvchilar asta-sekin egallaydilar, avval analitik (bo‘g‘inlab o‘qish), so‘ngra sintetik (butun so‘zlar) va nihoyat avtomatik o‘qishni o‘rganadilar.


O‘qish malakasini egallashni o‘ziga xosligi. Zaif eshituvchi bolalarning to‘liq

175
o‘qish malakasi eshituvchi bolalarga nisbatan uzoqroq va qiyinroq shakllanadi. Bu ularning og‘zaki nutqi va eshitish qobiliyatiga o‘zaro bog‘liqdir. Tilni o‘zlashtirish fikr yuritish qobiliyatiga, bilim va sotsial-moslanishga bog‘liqdir. Tilni o‘zlashtirish – samarali o‘qish qobiliyati uchun shartdir. Eshitishda nuqsoni bor bolalar nutqiy muloqotga maxsus pedagogik jarayonda maxsus dastur asosida uzoq vaqt davomida amalga oshiriladi. O‘qish texnikasini shakllantirishda (to‘g‘riligi, tez va ifodali o‘qish) va o‘qiganini anglashda talaffuz, og‘zaki va yozma nutqni o‘zlashtirish, lug‘at boyligi va grammatik tuzilish katta o‘rinni egallaydi. Eshitishda nuqsoni bor bolalarni o‘qitish texnikasi tovushlarni talaffuz qilish, nafas mashqlari, tovushni tiklash, urg‘u, nuqta, vergulda to‘xtab o‘qish malakasini rivojlantirish bilan parallel olib boriladi. Tovush talaffuzi bilan qayta ishlash saqlanib qolgan analizator asosida olib boriladi va asta-sekinlik bilan o‘qish malakasi shakllantiriladi (F.F.Rau va N.F.Slezina). Shunga mos ravishda to‘g‘ri, tez va ifodali o‘qish ishlari bajariladi. To‘g‘ri o‘qish malakasida nafaqat kichik sinflarda balki o‘rta sinflarda ham qo‘yidagi xatolarga yo‘l qo‘yiladi:





  • So‘z obrazidagi tovushni noto‘g‘ri talaffuz qilish (g, s, j, ch, sh) tovush so‘zlari o‘rtasida noto‘g‘ri talaffuz qilinadi, so‘z oxirida tushurilib qoldiriladi;

  • Tanish so‘zlarda urg‘uni noto‘g‘ri qo‘yish;




  • Orfoepik qonunlarga amal qilmaslik, bu qonun o‘quvchilarga tanish bo‘lsa ham undoshlarni o‘rnini almashtirish, so‘z oxirida undoshlarni noto‘g‘ri talaffuz qilish.

Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar analitik o‘qishda tutilib o‘qiganliklari, sababli so‘z birligi va so‘zlarni qo‘shib o‘qishda xatoga yo‘l qo‘yadilar. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘qish tempi eshitishi normadagi bolalarga nisbatan sekinroq bo‘lsa ham, ular o‘qish amaliyotida o‘qigan matnini tezroq anglab yetadi. Ulardan nutqining yo‘qligi tez o‘qish ko‘nikmalari shakllanishiga xalaqit beradi. N.G. Morozova, A.F.Potilskaya, S.A.Zikovlarni psixologik-pedagogik tajribalari eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarni nafaqat g‘oyaviy-tematik mazmunini tushunib yetishda balki matnning syujetik-voqeaviy tomonlarini tushunishidagi qiyinchiliklarini ko‘rsatib o‘tadi. Predmetlarni to‘g‘ri ma’noda ifoda qiluvchi notanish so‘zlar (xona, ombor, guldasta), predmetdan ma’nosi bildiruvchi so‘zlar (qizg‘anchiq, dangasa, namunali), yangi grammatik formadagi so‘zlar (Yulduzning uyi – Yulduzga berdim, qatorma qator - joylashgan).


Firklash tushunchasida eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar so‘zlardan ma’noviy va grammatik birligini ajrata olmaganliklari sababli qiyinchiliklarga duch keladilar. Qurilish maydoni, sumalaklar yig‘lamoqda, qalin o‘rmon, yaxshi fazilat, daryo muz bilan qoplanishi, yozgi ob-havo singari so‘z birikmalari ular uchun tushunarsizdir. So‘z birikmalarida ma’nosi yaxshi anglab yetilmaganligi sababli ular ba’zi fakt va tushunchalarni anglab yetmaydilar, matn ma’nosini to‘liq o‘zlashtira olmaydilar. Umumiy tarixiy xarakterga ega bo‘lgan matnlarni eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘zlashtirishida ularning ko‘rgazmali hissiyoti yetishmaganligi sababli qiyinchiliklar vujudga keladi. O‘qiyotgan matnni anglab yetmaslikda matnning janri va formasi ta’sir qiladi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun she’riy matnni


176
o‘zlashtirish, xalq og‘zaki ijodi matnini o‘zlashtirish qiyinroq. Masal, xalq og‘zaki va asarlari, maqollar, sehrli ertaklar, topishmoqlarni eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarda tushunishda qiyinchiliklarga vujudga keladi. Yuqoridagi faktlarga asoslanib eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘qigan narsalarini to‘liq o‘zlashtira olmasligini keltirib chiqadi.


Matnni asosiy mazmuni, kaxramonlar va ularni xarakteri, voqealar tasviri eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun bayon qilingan voqealar tushunarsiz bo‘lib qoladi. O‘qigan matnlarni ma’nosini gapirishda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘zlarining hayotiy-ruhiy tajribalariga tayanadilar. Axloqiy mavhum tushunchalarni shakllanmaganligi, ularning axloqiy so‘z ko‘nikmalarining kamligida ham ko‘rinib turadi. Shaxsning sifatini ifodalovchi terminlarni eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar anglay olmaydilar. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning nutqini rivojlanmaganligi va nuqsonlari ularni psixologik va anglash faoliyatida o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Matnning ma’nosini to‘liq tushunish fakt va voqealarning bayoni qaxramonlarni xulqi atvorini to‘liq bayon eta bilishi eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning matnini to‘liq o‘zlashtirganligini ko‘rsatadi. O‘qilgan matnlarni yaxshi o‘zlashtirish uchun matnni to‘g‘ri va anglab o‘qilish katta ahamiyatga ega. Matnni o‘qish shakli (temp, ritm, urg‘u, ohang) ma’nosini tushunishda yordam beradi. Eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘qish tempini pastligi, ma’noviy to‘xtalish, nutqiy intonatsiyani ishlata olmasligi ular o‘qishidan qoniqish hosil qilinganda ham tipik xatolarni uchratish mumkin. Ularni tovushi past va sekin yoki xaddan tashqari baland, so‘zlar talaffuzi noaniq bo‘ladi. O‘qish darslarida matn ustida ishlashda eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalar o‘qish jarayonida ko‘proq maxsus sifatlarni egallashni talab qiladi. eshitishda nuqsoni bo‘lgan bolalarning o‘qiganini anlab yetishi, o‘qish darsining vazifasi va maqsadi to‘liq bajarilishini ko‘rsatadi.





Download 3,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish