145
himoya qilish, ish jarayonlarini o‘zgartirish va mijozlarga yangi,
takomillashtirilgan
usullarda
xizmat
ko‘rsatish choralarini
ko‘rishga majbur qildi.
Natijada, banklar mijozlari talablariga
binoan faoliyatini
transformatsiya qilishi, ya’ni bank mahsulotlari va xizmatlarini
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalan-
gan holda yangi bank xizmatlarni yaratishni taqozo qilmoqda.
Bugungi kunda banklarni transformatsiya qilish, birinchidan,
raqamli banklarni tashkil qilishni talab etsa, ikkinchidan, amaldagi
bank bo‘limlari ish faoliyatining o‘zgarishiga va bank xarajatlarini
qisqartirish imkonini beradi. Raqamli
banklarda bank xizmatlari
maksimal darajada avtomatlashtiriladi va bank mijozlari uchun
o‘z-o‘zini boshqarish tizimlari yaratiladi. Chunonchi, bugungi
kunning talabi ham raqamli iqtisodiyotning taraqqiy etishi
natijasida banklar filiallar sonini oshirish yo‘li
bilan emas, balki
masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirish orqali ko‘p sonli
mijozlariga xizmat ko‘rsatishni talab etmoqda.
Pandemiya davrida dasturiy ta’minot inqilobi – bu allaqachon
ko‘plab sohalarni to‘xtatib qo‘ygan va ba’zi sanoat tarmoqlarini
eskirgan holatga keltirgan, hali ham moliyaviy xizmatlar sanoatini
jadal o‘zgartirmoqda.
Raqamli transformatsiya bank strategiyasining muhim
maqsadlariga aylandi. Bu davr raqamli
banklar kelajagi uchun
juda ta’sirli va an’anaviy banklar imijini butunlay o‘zgartirishi,
shuningdek, mijozlarga ko‘proq xizmatlarni taqdim etishni taqozo
etmoqda.
Koronavirus butun dunyoga tarqalishda davom etar ekan,
strategik va operatsion o‘zgarishlar va mijozlar talabining
susayishi sababli tobora ko‘proq tashkilotlar moliyaviy maqsadlari
ham kutilgandek bo‘lmayapti. COVID-19 qancha davom etishi
ham aniq emas va qisqa muddatli hodisa emasligi ham aniq. Bu
esa banklarning ham uzoq muddatga rejalar tayyorlashi kerak
emasligini ko‘rsatadi.
Shunga qaramay, bu sohadagi jarayon juda sust.
Hozirgi
kunda bank sohasini raqamli o‘zgartirish jarayonida yordam
146
beradigan bir qator texnologiyalar mavjud. Bu raqamli
transformatsiya bank uchun ham, uning mijozlari uchun ham
samara keltiradigan texnologiyalarni o‘z ichiga olishi kerak.
O‘zbekiston tijorat banklarining jahon banklari bilan hamnafas
bo‘lib yashashi integratsiyalashuv va globallashuv jarayonlarining
faollashuviga keng yo‘l ochmoqda.
Bir tomondan integratsion
jarayonlarning rivojlanishi zamonaviy AKTdan foydalanishni
taqozo etsa, ikkinchidan, biznes transformatsiyasini vujudga
keltiradi. Ushbu jarayonlarni iqtisodiy-siyosiy jihatdan o‘rganish
va ilmiy xulosalar chiqarish davr talabi hisoblanadi. Raqamli
iqtisodiyot korrupsiya va «qora iqtisodiyot»ning asosiy kushanda-
sidir. Chunki, raqamlar
hamma narsani muhrlaydi, elektron
arxivda saqlaydi, kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi.
Bunday sharoitda biron ma’lumotni yashirish, yashirin bitimlar
tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji
yo‘q,
kompyuter
hammasini
namoyon
qilib
qo‘yadi.
Ma’lumotlarning tizimliligi yolg‘on va qing‘ir ishlarga yo‘l
bermaydi, chunki tizimni aldash imkonsiz. Natijada «iflos
pullarni» yuvish, mablag‘larni o‘g‘irlash, samarasiz va maqsadsiz
sarflash, oshirib yo yashirib ko‘rsatish imkoni qolmaydi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: