Z. Mamadiyarov, A. Norov, O‘. Haydarov



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/78
Sana16.10.2022
Hajmi2,53 Mb.
#853534
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78
Bog'liq
П BANK ISHI VA MOLIYA ASOSLARI

UO‘K: 336.5(07) 
KBK 65.262.1 
 
Taqrizchilar:
J.Isakov – i.f.d., prof., 
H.Otamurodov- i.f.n., dotsent., 
M.Rustamov – i.f.n., (PhD). 
ISBN 978-9943-7423-2-1 
© 
«Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi», 2021.
 



1-MAVZU: KIRISH (BANK ISHI VA MOLIYA ASOSLARI 
FANINING ASOSIY VAZIFALARI,
PREDMETI VA OBYEKTI) 
 
Reja: 
1.1. Banklarning paydo bo‘lish sabablari.
1.2.
Banklarning mohiyati va uning namoyon bo‘lish shakllari.
1.3.
Fanning boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqadorligi. 
Tayanch iboralar: qiymat, mahsulot, tovar, ekvivalent, munosa-
bat, xususiyatlar. 
 
1.1. Banklarning paydo bo‘lish sabablari 
Pul – mahsulot, tovarlarni ishlab chiqarish va xaridorlarga 
kerakli vaqt, miqdor va sifatda ma’lum shartlarda ayirboshlashni 
tashkil etish va boshqarish maqsadida vujudga keldi va xizmat 
qilmoqda. 
Fanning predmeti – pulning paydo bo‘lish sabablari, pul shakl-
lari va turlarining evolyutsiyasi, uning mohiyati va uning namoyon 
bo‘lish shakllari, funksiyalari, qiymat shakllarining evolyusiyasi. 
Qiymatning shakllari, boshqa iqtisodiy kategoriyalardan ajralib 
turuvchi o‘ziga xos xususiyatlari hamda kredit pullari va ularning 
turlarini chuqurroq o‘rgatadi. 
Shuningdek, pul to‘g‘risidagi nazariyalar, uning shakllari, uning 
yuzaga kelish shart-sharoitlari, nazariyalarni yaratgan olimlarni fikr 
va g‘oyalari, kamchiliklari haqida o‘rganadi. 
Pul aylanmasi va uning tarkibi, naqd va naqdsiz pullar, ularni 
aylanish tamoyillari, shakllari haqida gap boradi. Shuning bilan 
birga, pul muomalasini tashkil qilish va pul massasi, pul muomalasi 
qonunlari, pul agregatlari, muomala uchun zarur bo‘lgan pul 
miqdorini aniqlash uslublari, pul muomalasi qonunlarining buzilishi 
hamda uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari yoritilgan. 
Pul tizimi tushunchasi, shakllari va elementlari, O‘zbekiston
Respublikasi pul tizimining rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi. Pul 
islohotlarini amalga oshirishning zarurligi, ularni amalga oshirish 
shart-sharoitlari, pul islohotlarini amalga oshirish usullari keng 



yoritilgan. 
Inflyatsiya va uning turlari, yuzaga kelish sabablari, ijtimoiy 
va iqtisodiy oqibatlari, inflyatsiya to‘g‘risida nazariyalar hamda 
pulning barqarorligini ta’minlash yo‘llari yoritilgan. 
Shuning bilan birga, kreditning zarurligi, mohiyati va 
funksiyalari, tamoyillari, xarakterli belgilari, xususiyatli tomonlari 
yoritilgan. Kreditning iqtisodiy barqarorlikdagi o‘rni ochib 
berilgan. 
Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlarining yuzaga 
kelish sabablari. Kredit munosabatlarining rivojlanish bosqichlari, 
shakllari va turkumlanishi, kreditning bahosi va unga ta’sir 
qiluvchi omillar yoritib berilgan. 
Shuning bilan birga, banklarning kelib chiqishi va bank tizimi, 
Markaziy bank va uning funksiyalari, ularning aktiv va passiv 
operatsiyalari, ularning mustaqilligi keng yoritib berilgan. 
Tijorat banklari va ularning bajaradigan funksiyalari, ularni 
tashkil etish va iqtisodiyotni rivojidagi o‘rni yoritilgan. Shuning 
bilan birga nobank kredit tashkilotlari, zarurligi va ularning turlari, 
vazifalar ularni tartibga solish masalalari hamda kredit tizimi, 
elementlari va uning barqarorligiga ta’sir qiluvchi omillar ochib 
berilgan. 
Uzoq qadimdan ishlab chiqarishning va tovar munosabatlarini 
rivojlanishi natijasida pul yuzaga chiqa boshlagan. Bizning fikri-
mizcha, pulning yuzaga chiqishiga bevosita quyidagi omillar ta’sir 
ko‘rsatgan: 
1. Jamiyatda mehnat taqsimotini hamda mahsulotlar almashuvini 
yuzaga chiqishi; 
2. Natural xo‘jalikdan asta-sekin tovarlarni ishlab chiqarish va 
ularni ayirboshlashga o‘ta boshlashi; 
3. Tovar mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va mol-mulk 
jihatidan mustaqil mulkdorlarning shakllanib borishi; 
4. Ayirboshlash jarayonida ekvivalentligi (moslik) yuzaga 
chiqishi va unga rioya etila borishligi. 
Insoniyat rivojlanishining ilk davrlarida insonlar jamoa bo‘lib 
yashaganlar va ular o‘zlarining natural xo‘jaligini yuritganlar. 



Natural xo‘jalik sharoitida pul bo‘lmagan, chunki unga hech 
qanday talab va ehtiyoj bo‘lmagan. Natural xo‘jalikda mahsulot 
ishlab chiqarilgan, tovar emas. Chunki ushbu xo‘jalikda 
mahsulotlar o‘z ehtiyojlarini qondirishga sarflangan. Faqatgina 
ehtiyojdan ortib qolgan mahsulot tasodifiy tarzda boshqa natural 
xo‘jalikdagi ortiqcha mahsulotga ayirboshlangan, xolos. 
Dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikning ajrab 
chiqishi tufayli ularda endi mahsulot bilan bir vaqtda tovar ishlab 
chiqarish paydo bo‘ldi. Ushbu ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida 
o‘zlaridagi yetishtirilgan ortiqcha mahsulotlarni o‘zlarining ehtiyo-
jini qondirish maqsadida boshqa mahsulotlarga doimiy ravishda 
ayirboshlashga kuchli ehtiyoj yuzaga chiqdi. Ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan o‘z ehtiyojini qondirish uchun emas, balki uni 
ayriboshlash maqsadida yetishtirgan mahsuloti tovarga aylandi. 
Umumiy ekvivalentga o‘tishning zaruriyati shundan iboratki
jamiyatda ishlab chiqarish taraqqiyotining ma’lum bosqichida 
bozorda tovarlar ayirboshlashi muntazam hodisaga, iqtisodiy hayot-
ning muhim omiliga aylangan. Jamiyat a’zolari tovarlar ayirbosh-
lashsiz yashay olmay qolgan va har bir ishlab chiqaruvchi mehnati 
mahsuliga umumiy o‘lchov birligi zarur bo‘lib qolgan, faqatgina 
umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovargina barcha mahsulotlar 
uchun o‘lchov vositasiga aylangan. Bundan ma’lum bir tovar 
egasi, o‘zining shaxsiy iste’moli uchun zarur bo‘lgan boshqa bir 
tovarni olish maqsadida u dastlab o‘zi yetishtirgan tovarni bozorda 
umumiy ekvivalent rolini bajaruvchi tovarga ayirboshlagan. 
Ishlab chiqarishning kengayib borishi, tovar munosabatlarini 
rivojlanishi natijasida bozor pul rolini o’ynovchi metallarga 
quyidagi talablarni qo‘yadi: 
-
metallning tabiatda kamyobligi; 
-
metallning bir tarkibliligi; 
-
kerakli miqdorda olishning qiyinligi; 
-
qiymatni yo‘qotmasdan, yoki juda kam miqdorda yo‘qotish 
asosida bo‘linishi (maydalanishi); 
-
ixchamligi va yengilligi; 
-
uzoq muddat davomida zanglamasdan saqlanishi. 



Biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan talablarga aynan kumush hamda 
undan ko‘p miqdorda oltin to‘la javob bergan. Ushbu talablarga 
javob bergan kumush ham uni ko‘p miqdorda hamda kam xarajat 
bilan qazib olinishi va qayta ishlanishi sababli u oltinga bas kela 
olmagan. 
Shunday qilib pulning rivojlanish bosqichida butun dunyo 
bo‘yicha umumiy ekvivalent rolini o‘ynovchi pul sifatida oltin tan 
olingan va bozorda u yakka hukmronga aylangan. Shu asosda 
butun dunyo bo‘yicha xalqaro hisob-kitoblarda yagona to‘lov 
vositasi bo‘lib oltin hisoblangan. 

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish