Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi


-Mavzu:Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari



Download 2,13 Mb.
bet5/226
Sana12.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#337985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
Bog'liq
26-noy

3-Mavzu:Qiyosiy pedagogik tadqiqotlarning dolzarb yo‘nalishlari
REJA:

  1. Qiyosiy pedagogika fanining rivojlanish taraqqiyoti haqida.

  2. Tadqiqotlarning yo‘nalishlari

Tayanch tushunchalar: pedagogika, qiyosiy pedagogika, qiyosiy tarbiya, qiyosiy-pedagogik tadqiqot.

Ixtiyoriy ilmiy bilimning barqaror rivojlanishning zaruriy sharti uning evolyusion bosqichlarida ongli tarzda avloddan-avlodga o’tishidir. Pedagogika fanlari uchun bu juda muhim hisoblanadi. Chunki bir davrdan ikkinchi davrda uzluksiz o’tuvchi xususiyatga ega ta’lim tarbiya’ning dolzarb va abadiy muammolari bir talay. Yangi ijtimoiy tarixiy sharoitda va fanning yangi bosqichida tarixiy ilmiy merosga taya’nib ish ko’rish zarur va ahamiyati yuksak hisoblanadi. Shuning uchun pedagogika o’zining tarixi ikkilamchi masala ham, qadimiy ashyolar yig’indisi ham bo’lmay, doimiy taraqqiyotda bo’lgan muammolarni o’z ichiga qamrab olgan majmua hisoblanadi. Ularning batafsil tahlili pedagogika fanlariga oid ixtiyoriy sohaning ilmiy tadqiqotlari nazariy metodologik darajasini mukammallashtiradi. Odamning kasbiy va aqliy kamolotida muhim ko’rsatkichga aylanadi.

Bularning bari qiyosiy pedagogikaga ham to’la aloqador hisoblanadi.

1.Qiyosiy-pedagogik tadqiqotlar rivojlanishining boshlang’ich bosqichi.

Chet mamlakatlarda o’sayotgan avlodning qay tarzda tarbiyalanishga qiziqish qadim davrlardayoq mavjud edi. Yunon tarixchisi Gerodot Bobil va Misrda yoshlar tarbiyasiga oid hikoyalar aytgan bo’lsa, Rim tarixchisi Tastit qadimgi german qabilalariga oid o’ziga xos xususiyatlarni qayd etib o’tgan edi. O’sha davrlardayoq, mamlakatlarning yosh avlodni tarbiyalash ishlarini yaxshilashda qo’shni mamlakatlar tajribasidan foydalanish maqsadida tez-tez ko’rilib turgan. Masalan: Platon Sparta tarbiyasining ayrim usullari Afinada ham joriy qilinsa yaxshi bo’lishini ta’kidlagan. Ksenafont forslarning zodagon yoshlari tarbiyasi xususiyatlarini tasvirlar ekan, yunon yoshlarini tarbiyalashning o’ziga xos xususiyatlarini shakllantirishda ulardan o’rnak olishni maslaxat beradi. Ammo bular qisqa va unchalik dalillanmagan kuzatishlar bo’lib, etnografik yoki tarixiy xotiralarda izini qoldirgan xolos. Shuning uchun bunday kuzatishlarni o’sha davrga xos bo’lgan ilmiy tasavvurlar doirasiga kiritish qiyin. O’rta asrlarda G’arbiy Yevropadagi madaniy vaziyat ta’lim-tarbiya sohasining xalqaro qiyoslashga qiziqishini muvofiqlashtirmagan edi.

Ming yillar davomida ta’limda ham boshqa madaniy sohalar kabi cherkov yakkahokimligi mavjud bo’lib, o’qitishning asosiy tili hisoblangan. Buning natijasida turli mamlakatlarda o’quv muassasalari tashkil qilinishi; ta’lim maqsadi, metod iva mazmuniga ko’ra o’xshash, bir-biridan deyarli farqlanmagan.

So’nggi o’rta asrlarda Yevropa millatlar shakllanish jarayonini boshdan kechirdi. XVIII asrga kelib bir qadar rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o’z yakuniga yetdi. Milliy birlik hayotning turli sohalarga va xalqlarning milliy o’zligiga ijobiy ta’sir qildi. O’z navbatida bu ta’sir madaniyat va ta’lim sohasida ham kuchli namoyon bo’ldi. Milliy tillar uzluksiz ravishda lotin tilini siqib chiqara boshladi. Har bir mamlakatning o’quv muassasalari o’zining milliy xususiyatlarini shakllantira boshladi va cherkovga tobeligi ancha susaydi.

Bunday sharoitda Yevropaning ko’plab mamlakatlarida qo’shni mamlakatlarda ta’lim tizimi tashkil qilinishi bilan tanishish ehtiyoji kuchaydi. Bu Yan Amos Komeskiy faoliyatida (1592-1670) yaqqol aks etgan. Boshlang’ich maktabdan universitetgacha bo’lgan ta’lim tizimining uzluksiz strukturasi va tamoyillarini ishlab chiqishda Ya.A.Komenskiy Chexiya, Vengriya, Gollandiya, Shvestiya kabi mamlakatlar tajribasiga ko’p marta murojaat qiladi.

1641 yilda ingliz milliy ta’lim tizimini shakllantirishda uning bilimlaridan foydalanish uchun Londonga taklif qilinadi. Yirik mashina sanoati yaratilish davrida bolalarga maktab ta’limi berish keng tus oldi. Kasbiy ta’lim shakllanishiga dastlabki qadamlar qo’yildi. Qator mamlakatlarda davlat ta’lim tizimi asoslari yuzaga kela boshladi. Yevropa pedagogik tafakkuri evolyustiya bosqichlarida XVIII asr oxiri XIX asr boshlari juda muhim davr hisoblanadi. Bell-Lankaster tizimi, Pestalosti pedagogikasi, Russoning «erkin tarbiyasi», ma’naviy tarbiya haqidagi Kant fikrlari ular yashagan mamlakatlar doirasidan chiqib, umumYevropa miqyosida tadbiq qilina boshlandi

Bu esa, xorijiy pedogogik tajriba va uni milliy ta’lim muammolariga qiyoslashga qiziqishni kuchaytirdi. Shu tarzda yangi ilmiy yo’nalish-qiyosiy pedagogika yuzaga kelishi uchun ob’ektiv manbalar hosil bo’la boshladi. Bu ilmiy yo’nalish ta’lim-tarbiya’ni xalqaro qiyoslab o’rganishga ixtisoslashishi ko’zda tutilgan edi.

Qiyosiy pedagogikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi masalalarida olimlar turli nuqtai nazarni yoqlab chiqadilar. Lekin ularning bari qiyosiy-pedagogik tadqiqotlar maqsadi va vazifalarini aniqlash, turli mamlakatlar bo’yicha muvofiq ashyoviy materiallarni to’plash va tizimlashtirishning ayrim usullarini belgilab berishga dastlabki urunish M.A.Jyulen tomonidan amalga oshirilganini e’tirof qilish kerak. Shuning uchun G’arbiy Yevropa adabiyotlarida Jyulen «Qiyosiy pedagogikaning otasi» sifatida tilga olinadi (1775-1841).

Haqiqatdan ham, u ta’lim taraqqiyotining xalqaro tajribasini alohida ilmiy tadqiqotlar yo’nalishi sifatida o’rganish masalasini o’rtaga qo’yadi. Jyulen faoliyati va qiziqishlari keng miqiyosga ega edi. U Buyuk fransuz inqilobining faol ishtirokchisi, Robesper tarafdori edi. 1792 yilda 17 yoshli o’spirin diplomatik missiya tarkibida Angliyaga jo’natiladi. U yerdan qaytgach, Fransiya departamenti tarkibidagi inqilobiy hukumat a’zosiga aylanadi. 1794 yilda Fransiyaga markaziy ma’muriy ta’lim siyosati natijasida tuzilgan «Xalq ta’limi ijroya qo’mitasi» faoliyatida ishtirok etadi.

XIX asr boshlarida Jyulen mashhur publistist sifatida yuzlab maqolalar, ijtimoiy munosabat, madaniyat va siyosatning turli masalalariga oid broshyuralar e’lon qildi.

U tinchlik va Yevropa xalqlari o’rtasida hamkorlik g’oyasini faol targ’ib qildi. Uning tashabbusi bilan «Birlashgan millatlar frantsuz jamiyati» tashkil qilindi. Bu jamiyat Yevropa tarixiy adabiyotlarida zamonaviy xalqaro tashkilotlar yuzaga kelishiga asos bo’lganligi qayd qilinadi. Jyulen ta’lim va tarbiya muammolariga juda qiziqar edi. 1810 yilda Jyulen Pestalotsining Iverdan Shvestariyadagi tarbiya maskanini ziyorat qilgach, uning g’oyalarini jiddiy yoqlay boshladi.



Jyulen 1848 yilda vafot etdi. Deyarli bir asrga yaqin vaqt ichida uning publististik va ilmiy merosi esga olinmadi. Faqat 1935 yilda uning “Qiyosiy tarbiya bo’yicha tadqiqotlarga oldindan eslatmalar va ocherk” nomli (1817) kichik broshyurasining Parijdagi eski kitoblar do’koni peshtaxtasidan tasodifan topilishi, uning ismini xalq xotirasidan butunlay o’chib ketishining oldini oldi. Uning ijodiga qiziqishni qayta uyg’otdi.

Aynan shu asarda «qiyosiy tarbiya» va «qiyosiy pedagogika» atamalari ilk bor qayd qilingan edi. Jyulen fikriga ko’ra, qiyosiy pedagogikaning vazifasi Yevropada, keyinchalik esa butun dunyoda ta’lim-tarbiyaning eng oqilona tizimini yaratish maqsadida turli mamlakatlarning pedagogik tajribasini o’rganishdan iborat. Pedagogika ijobiy fanga aylanishi uchun,- deb yozgan edi Jyulen,- turli mamlakatlarning dalillangan materiallari tahliliga asoslangan bo’lishi lozim. Turli-tuman dalillar to’planishi tartibga keltirilishi va ularni tizimlashtirish usullari aniqlanishi zarur. Bu omillarsiz pedagogik faoliyat va uning natijalari sub’ektiv, cheklangan qarashlarga, o’sayotgan avlod ta’lim-tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan mutaxassislar fikri va irodasiga bog’liq bo’lib qolaveradi.




Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish