Jyulen batafsil ma’lumot olish maqsadida, katta, so’rovnoma (250 dan ko’proq savollar) tuzdi. Bu so’rovnoma maktab faoliyatining turli jihatlariga aloqador edi. So’rovnomani Yevropaning turli davlat hokimyatlariga yuborishni taklif qiladi. So’rovnomaning ayrim savollarida miqdoriy va daliliy ko’rsatkichlar to’plash maqsadi ko’zda tutiladi. (Masalan, sinf mashgulotlarining kunlik davomiyligi, o’quv yili necha oydan iborat, imtihon o’tkazish tartibi qanday, turli o’quv muassasalarida bitiruvchilarga qanday turdagi diplom yoki shahodatnoma beriladi kabi). Shuningdek, sezilarli darajada murakkab savollar ham mavjud bo’lib, ular bugungi kunda ham fanda muammoli masalalardan hisoblanadi. O’quvchilarning individual xususiyatlari hisobga olinishi va aniqlanishi qanday amalga oshiriladi? Mehnatsevar, itoatkor, lekin etarli layoqatga ega bo’lmagan bolalarning dars jarayonida aytarli mashaqqatsiz saboqni o’zlashtirayotgan qobiliyatli bolalardan ortda qolishi, ularda maktabga nisbatan qoniqmaslik hissining paydo bo’lishiga sabab bo’lmaydimi? kabi savollarga javob izladi.
Jyulen so’rovnoma yordamida olingan ma’lumotlar qaysi davlat ta’lim taraqqiyotida etakchilik qilmoqda, qaysilari ortda qolgan, rivojlanishga to’sqinlik qiluvchi omillar va ularni bartaraf etish yo’llari kabi muhim masalalarga oydinlik kiritishiga umid qilgan.
Bu g’oyalarni amalga oshirish uchun umumyevropa ilmiy-pedogogik muassasa tashkil qilinishi kerakligini ta’kidlagan. Bu muassasalarda o’qituvchilar tayyorgarligini yaxshilashga yo’naltirilgan ilmiy tadqiqotlar o’tkazilishi va tajriba yo’li orqali yangi pedagogik usullar amaliyotda sinab ko’rilishini nazarda tutgan. Bularning bari qiyosiy pedagogika yaratilishi va Yevropaning barcha mamlakatlarini ta’lim amaliyotida uzluksiz yaqinlashuv jarayoni yuzaga kelishiga asos bo’ladi deb hisoblagan. Bu g’oyalar bir asrdan ziyod vaqt o’tgach, UNESCO, ta’lim bo’yicha xalqaro byuro hamda boshqa xalqaro tashkilotlar faoliyati natijasida amalga osha boshladi.
Jyulenning qiyosiy pedagogikaga doir tadqiqotlari o’sha davrda keng yoyilmadi. Lekin undan mustaqil ravishda, hatto uning mavjudligidan bexabar holda, ayrim Yevropa pedagoglari XIX asrda ta’lim taraqqiyotining xorij tajribasini diqqat bilan o’rgandilar. Bu tajribalardan o’z mamlakatlarida maktab ishlarini yaxshilashda foydalanishga harakat qilishdi. Bu izlanishlar ta’limda statistika mavjud emasligi, maktab qonunchiligi va pedagogik hujjatlalarni yuritishni tizimlashtirish, materialning kamchiliklari tufayli katta mashaqqatlarga duch keldi. Xorijiy ta’lim bilan tanishuv asosan «pedagogik sayohat» tarzida, ya’ni pedagoglarning xorijiy mamlakatlarga tashrifi orqali amalga oshirilgan. Bunday tadbirlar ko’pincha shaxsiy tashabbus natijasida yuzaga kelgan. Lekin ba’zida hukumat topishirig’i bilan amalga oshirilgan «sayohat»lar qayd etilgan, chunki ta’lim taraqqiyoti masalalari asta-sekin davlat hokimiyati etiborini o’ziga jalb qila boshlagan.
“Vaterlo yonidagi jang Itona sport maydonlarida yutilgan edi”, ‘Sad yonidagi jangda pruss maktab o’qituvchisi g’olib chiqdi’. Bular ingliz qo’mondoni gerstog Vellington va nemis konstleri Bismarkning mashhur iboralari bo’lib, XIX asrdayoq Yevropa davlatlarining yetakchi arboblari maktab ahamiyatini “katta siyosat”dagi dastaklardan biri sifatida tushunganligini isbotlaydi. Deyarli barcha Yevropa mamlakatlarida maktab islohoti amalga oshirildi. Bu mamlakatlarning islohotchilari quyidagi savollarga javob topishi kerak edi.
Milliy ta’lim tizimida qanday turdagi o’quv muassasalarini tashkil qilish kerak?
Ta’lim tizimini nazorat qilish vakolatini kimga berish kerak-davlatgami, cherkovgami, o’quvchilarning ota-onasigami?
Ta’lim qay yo’sinda moliyalashtiriladi? Mumkinki?
Markaziy va mahalliy hokimiyat bog’liqligi qanday bo’ladi?
Turli shakldagi o’quv muassasalari uchun o’qituvchilar qanday tayyorlanashi kerak?
Tabiiyki, hukumat va pedagogik jamiyat xorij tajribasi haqida ishonchli va batafsil ma’lumot olishga qiziqish bildiradi.
Fransiyada birinchi va aytish mumkinki, ancha samarador natijaga erishgan “pedagogik sayohatchi” taniqli faylasuf, Sorbonna professori V.Kuzen (1792-1867) bo’ldi. Hukumat topshirig’i bilan 1830 yilda u bir necha bor Prussiyaga sayohat qildi va pruss ta’lim tizimini o’rgandi. Bularning natijasi, pruss ta’lim o’quv muassalari, ularning tuzilishi, faoliyat usullari haqida batafsil ma’ruzalarda aks etdi. Bu ma’ruzalarda keltirilgan dalil va xulosalar hukumat tomonidan maktab islohoti amalga oshirilishiga tayyorgarlik ko’rishda e’tiborga olindi. Keyinchalik, nemis va ingliz tiliga tarjima qilingan Kuzen ma’ruzalari boshqa mamlakatlarning pedagoglari tomonidan yakuniy hisobot tayyorlashda namuna bo’lib xizmat qildi.
XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Fransiyada xorijiy ta’limni qiyoslab o’rganish davom etdi. 1865 yilda ma’rifatparvar J.N.Boduen Belgiya, Germaniya va Shvetsariyada boshlang’ich ta’limning zamonaviy holati to’g’risida ma’ruza tuzdi.
Prussiya bilan bo’lgan urushdagi mag’lubiyatdan so’ng, Fransiya (1870)da nemis maktabi tajribasiga qiziqish tobora ortdi. 1880-1890 yillarda E.Dreyfus-Brissak tomonidan uch tomli “Yangi tarbiya qiyosiy-pedagogik o’rganish” asari nashr qilindi. XX asrda yaratilgan asarlar orasida Fredelning ikki asarini alohida qayd qilish mumkin. “Xorijiy mamlakatlarda muallim tayyorlash” (1903) va “Xorijiy pedagogika”(1910).
Keyingi kitobda 9 mamlakatning majburiy ta’lim shakllanishi qiyosiy tavsiflangan. Bu g’arb mamlakatlari (Angliya, Germaniya, Italiya, AQSh) maktablari bilan bir qatorda Yaponiya va Misrda ta’lim shakllanishining xarakterli jixatlarini yoritib bergan Yevropada amalga oshirilgan dastlabki asar hisoblanadi. Nemis adabiyotida pedagogik qiyoslash elementlarini aks ettirgan dastlabki asarlar XVIII asrdayoq paydo bo’ldi. 1784 yilda I.Brinkmanning “Qadimgi va zamonaviy tarbiya’ni qiyoslash va ulardan qaysi biri tabiatga ko’proq muvofiqligini ajratish” asari chop etildi. 1790 yilda Frayburg gimnaziyasi direktori F.Xekt “Angliya va Germaniya maktab tizimlari qiyosi” nomi ostida ma’ruzalar to’plamini lotin tilida e’lon qildi.
XIX asrda Germaniyada eng yirik xorijiy pedagogik muammolar tadqiqotchisi Myunxen universiteti professori F.Tirsh (1774-1860) edi. O’zining xorijiy sayohatlari natijasida maktab rahbariyati topshirig’iga ko’ra, pedagogik hujjatlarni batafsil tahlil qilish asosida 3 tomlik “Germaniya, Gollandiya, Belgiya va Fransiyada zamonaviy umumiy ta’lim holati” asarini yaratdi. Bu asarda qiyoslanayotgan unsurlar juda aniq ifodalangan. Tirsh shunday yozadi. Nemis ta’limiga o’xshash Gollandiya ta’limini tavsiflar ekanmiz, biz uni o’z belgilariga ko’ra qiyoslaymiz. Keyin esa fransuz va golland ta’lim tizimlari mo’tadil bo’lgan Belgiya ta’limini tahlil qilish maqsadga muvofiq bo’ladi. Shu bilan birga, Tirsh fikricha, Fransiya, Angliya yoki Germaniya maktablarining o’ziga xos milliy belgiga egaligiga qaramasdan, xristianlik sivilizatsiyasi va yevromadaniyat tamoyillariga asoslangan “umumiy ruh” ularning barchasiga aloqador. Trish birinchilardan bo’lib “Yevropa tarbiyasi” masalasini ko’tarib chiqdi. Bu Yevropa xalqlari va mamlakatlarining yaqinlashuvida zaruriy manba ekanligi ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |