Z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti pedagogika kafedrasi


Qiyosiy pedagogika fanining metodologik asosi



Download 2,13 Mb.
bet4/226
Sana12.01.2022
Hajmi2,13 Mb.
#337985
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
Bog'liq
26-noy

Qiyosiy pedagogika fanining metodologik asosi Prezidentning xalq ta‘limiga doir g’oyalari, falsafadagi ong, shaxs va jamiyat haqidagi qonunlar, buyuk allomalarning pedagogik qarashlari.xozirgi zzamon pedagogika nazariyasi fanining asosiy tamioyillari.konuniyatlari hisoblanadi.

Qiyosiy pedagogika fani pedagogika fanlari tizimidagi fanlar. adabiyot tarix estetika. arxeologiya.biologiya. matematika..musika. jismoniy tarbiya va boshqa fanlar bilan yaqindan aloqada faoliyat ko’rsatadi.

Insoniyat taraqqiyotining hozirgi bosqichi fan-texnikaning afsonaviy tarzda o’sib ketganligi, olimlar hayratlanarli kashfiyotlar qilganligi bilan tavsiflanadi. Atomning parchalanishi, oqsilning sintez qilinishi, EHM larning yaratilishi xuddi shunday inkilobiy o’zgarishlar jumlasiga kiradi.

Insoniyat taraqqiyoti jadallashgan hozirgi davrda komil inson ta‘lim tarbiyasining iqtisodiy ahamiyati oshib bormoqda. Hozir yer yuzidagi barcha mamlakatlarda bilim kapitalga aylandi. Ilg’or texnologiyalarga asoslangan ishlab-chiqarish qurollarini boshqarish, raqobatbardosh kadrlar va tovarlar tayyorlashni zamonaviy bilimlardan foydalanmasdan amalga oshirib bo’lmaydi. Murakkab texnologik jarayonlarni boshqarish, bunda boshqaruvning axborot texnologiyalaridan foydalanish taqoza etilmoqda.

Ilmiy-texnika inqilobi iqtisodiyotga ta‘sir etuvchi omillar nisbatini o’zgartirib yubordi. Ekstensiv omillar iqtisodiyot rivojida yetakchi o’ringa chiqib oldi. Bu hol kapital mablag’ ajratish va ishchi kuchi miqdorida o’z aksini topayotir. Intensiv omillar birinchi planga chiqdi: texnikaning, ishlab chiqarishning (yuksak saviyada tashkil etish) ishchilar malakasining yuksak saviyaga ko’tarilishini ta‘minladi.

Ta‘limning iqtisodiy ahamiyati ortishi bilan yirik ishlab chiqarish korxonalari, monopoliyalarining unga kuchliroq e‘tibor bilan qarashiga olib keldi. Harbiy va rasmiy rahbarlarning ta‘limga qiziqishi ortdi. Jahon mamlakatlaridagi ta‘lim tizimlari davlatlararo iqtisodiy raqobatda hal qiluvchi omilga aylandi. Iqtisodiy raqobatda yutqazib qo’yishdan qo’rqish hissi xalq ta‘limiga katta mablag’lar ajratib, uni isloh qilishga unday boshladi. XX asrning 60-yillarida G’arb mamlakatlarida shunday iqtisodiy raqobat amalga oshirildi.Mazkur jaraenlar insoniyatning bugungi ijtimoiy tarakkieti extijlarini kondirilishiga olib keldi.

Yunesko Birlashgan Millatlar tashkilotining ta'lim. Fan , madaniyat masalalarini rivojlantirishga ixtisoslashtirilgan tashkilot bulib u 1946 yilda tashkil etilgan .BMT ikkinchi jaxon urushidan keyin suveren davlatlarning ixtiyoriy birlashuvi asosida jaxonda tinchlik va xavfsizlikni saqlash xamda o`rtasida tinch xamkorlikni rivojlantirish maksadida tuzilgan . BMT o`zining tuzilishiga ko`ra Bosh Assambliya (yalpi majlis) , Xavfsizlik kengashi Xalkaro sudga ega . Bulardan tashkari BMTning domiy amalda bulgan faoliyatini kotibiyat olib boradi va uning ishini Bosh assambliya saylab kuyadigan Bosh Kotib boshqarib boradi .

Bosh Assambliya har yili jaxon siyosatining dolzarb muammolarini muxokama qiladi va bu masalalar buyicha BMTga a'zo bo`lgan davlatlarga yoki Xavfsizlik kengashiga tavsiyalar beradi .

Hozirgi kunda BMTning Yunesko tashkiloti bolalarni Himoya kilish tashkiloti (Yunisef) , oziq-ovqat va qishloq xujaligi masalalari Bilan shug`ullanuvchi «FAO» tashkiloti , Xalqaro mexnat tashkiloti (XMT) , Jaxon sog`liqni saqlash tashkiloti (JSST) , Atom energiyasi buyicha xalkaro vakillik ( MATATE) , Kosik fazodan tinch maqsadda foydalanish Komiteti , Xalqaro Elektr Aloqalari Ittifoqi singari o`nlab tashkilotlar davlatlar o`rtasidagi o`zaro munosabatlarni muvofiqlashtirishga jahon siyosatining yetakchi kuchiga aylanib bormoqda 1993 yili ma'lumotlarga ko`ra Yunesko tashkilotiga 171 davlat , jumladan O`zbekiston xam a'zo .

Bu tashkilotning karorgoxi Frantsiyaning poytaxti Parij shaxrida bulib , uning bosh organi - Bosh direktordir .

Yunesko faoliyati uta xilma-xil va ko`p qirralidir uning ta'lim soxasidagi ishlari ko`p yo`nalishdarda olib boriladi .Jumladan , rivojlangan mamlakatlarda savodsizlikni tugatish , jaxon ta'limi rivojlanishidagi tendentsiyalarni tahlil qilish va uni ommalashtirish , u yoki bu mamlakatlarda ta'lim bo`yicha olib borilayotgan siyosatni xam ma'naviy rag`batlantirish va boshqalar .

Yunesko mazmunli ta'limning xamma uchun birday imkoniyat doirasida bo`lishini ta'minlash , uning uzluksizligini qaror toptirish , ta'limni va uning shaklini kelajakda rivojlanishi tamoyillaridan kelib chiqadi .

O`qituvchi kadrlar tayyorlash , ularning nazariy-amaliy saviyasini muttasil oshirib borish , ba'zi mamlakatlarda muammo bulib xisoblangan Xotin-qizlarning erkaklar Bilan teng bilim olish xuquqlarini ta'minlash , ekologik ta'limni yulga qo`yish , darslik va dasturlarni takomillashtirish , mamlakatlar o`rtasida ta'lim buyicha hamkorlikni butun choralar Bilan rivojlantirish va juda ko`p boshka masalalarni hal qiladi .

Bu faoliyatning barchasi yoshlarga jaxon talablari ruhida ta'lim berish , ularni xalqaro hamkorlik , o`zaro ishonch , do`stlik , birodarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgandir .

Fan va texnikani rivojlantirish borasida Yunesko bir qator davlatlararo dasturni amalga oshirdi . Bu dastur asosan , ekologik muhitni yaxshilash , atrof-muxitni muhofaza qilish Bilan bog`liqdir .

Hozirgi dunyoda millatlar va xalqlarning madaniy , tarixiy meroslarini asori atiqalarini asrash , avaylash , kelajak avlodlar uchun uni saqlash ta'mirlash ishlari katta axamiyatga molikdir .Bu masalada Yunesko asosiy o`rinni egallaydi .

Uning ruyxatiga jaxon tarixiy yodgorliklarining iftixori hisoblangan Buyuk Xitoy devori , London Taueri , Klimenjarodagi milliy park va boshka minglab ob'ektlar kiradi .

1993 yildan boshlab O`zbekistonning Samarqand , Buxoro , Xiva , qo`qon , Toshkent va Boshqa joylaridagi ko`plab tarixiy obidalar anna shu ro`yxatga kiritiladi .

Yunesko faoliyati tarkibiga Yana xalq og`zaki ijodiyoti , folklor o`lanlar , aytishuvlar , maqomlar , xalq kuylari, laparlarni saqlash xam kiradi .

Adabiyot buyicha Yuneskoning roli ayniksa salmoqlidir. Jahon adabiyoti , uning shoh asarlari , adabiy meros ayniqsa u tomonidan e'zozlanib , ular to`planadi va jahonning turli tillariga tarjima qilinib , bosmadan chiqariladi va tarqatiladi .

1992 yil 2-martda O`zbekiston BMTga a'zo bo`lgach , BMTning barcha tashkilotlariga haqli a'zo bo`lib kira olish huquqiga ega bo`ldi . Shu bois O`zbekiston 1993 yil 26-oktyabrda Yuneskoga a'zo bo`ldi .

1993 yil Yuneskoning ko`zga ko`ringan ekspertlari yurtimizga tashrif buyurib , Samarqand Buxoro , Xiva shaharlarining tarixiy obidalari Bilan tanishdilar Natijada bu yodgorliklarni qayta tiklash va ta'mirlash dasturi tuzildi va bu dastur 1995 yildan amalga oshirila boshlandi .

Yunesko tashabbusi Bilan Parijda Muxammad Tarag`ay ,Ulug`bek tavalludining 600-yillik yubiley tantanalari bo`lib o`tdi . Samarqand Buxoro , Xiva shaharlarining yubileylari o`tkazildi .

Yunesko ekologik muammolari hal etishda xam yordam ko`rsatishga tayyor .





Download 2,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish