МАShINАSОZLIK ТЕXNОLОGIYASI ASOSLARI FANIGA KIRISH
T alabalarda mashinasozlik texnologiyasi fanining shakllanishi va rivojlanish taraqqiyoti haqida bilimlarni shakllantirish.
Asosiy ma’lumotlar
hozirgi zamon texnika taraqqiyoti darajasi, yangi takomillashtirilgan yuqori unumdorli avtomatlashtirilgan va yuqori aniqlikka ega bo’lgan mashinalarni uzluksiz yaratishda fanning eng yangi yutuqlaridan foydalanishga asoslanadi, nazariy bilimlarni chuqur egallagan hamda yangi texnika va ishlab chiqarish texnologiyasini chuqur egallagan mutaxassislarni tayyorlashni talab etadi.
Chuqur bilimga ega bo’lgan mutaxassislarni tayyorlash O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan sharoitning boshlang’ich bosqichda o’zgacha tus olishi kerak. Haqiqiy mutaxassis bo’lishni orzu qilgan talabalar, yangi sharoitda o’z orzusiga erishish uchun texnikaviy fanlarni amaliy va nazariy jihatdan chuqur egallagan bo’lishlari kerak. Etukli, mustaqil o’z fikriga, bilimiga, taklif va mulohazalariga ega bo’lishlari kerak.
Кeng profilli mutaxassislarni nazariy va professional tayyorlashdagi fundamental fanlar ahamiyatini oshirishga asoslanib, fanning eng yangi yutuq va ilg’or tajribalarini yana ham to’laroq aks ettiruvchi o’quv reja va dasturlarni doimo takomillashtirib borish kerak.
Bakalavr – mexanikni texnologik jixatdan tayyorlashda fundamental fanlarning ahamiyatini oshirish uchun texnologiya’ning asosiy nazariy savollari umumfanning tegishli bo’limlariga bog’lab bayon etiladi.
Umumiy va umum mutaxassislik fanlarining asosiy qismi birinchi va ikkinchi kurslarda o’rganilib, ixtisoslashtirilgan fanlar uchinchi va to’rtinchi kurslarda o’rganiladi.
Mashinasozlik texnologiyasining ob’ekti texnologik jarayon hisoblanadi, predmeti bo’lib esa-texnologik jarayonning qonuniyatlarini tashqi va ichki bog’lanishlarini o’rnatish va tadqiqodlash hisoblanadi.
Texnologiyaning rivojlanish tarixiga kelsak, bu juda ham qadim zamonlarga borib taqaladi. Inson paydo bo’libdiki u o’z extiyojini qoniqtirishga harakat qiladi. Buning uchun u tabiat predmetlarini olib, uning shakli, o’lchamlari va sifatini o’zgartirib, o’z extiyoji va talabini qondiruvchi buyum yaratadi va bu jarayon tinimsiz takrorlanib turli tuman insonni talabiga javob beruvchi buyumlar bunyod etilib kelinadi. Insonning talabi va imkoniyatlari cheksizdir. U, doimo yangilik yaratuvchidir, har bir yaratgan buyumi texnologik jarayon orqali vujudga keladi. Inson paydo bo’lishi bilan texnologiya degan atama paydo bo’lgan desak xech ham adashmagan bo’lamiz. Bundan ming yil oldin dunyoga mashxur bobolprimizdan A.R. Beruniy ilmiy izlanishlarida bunyod etilgan uskunalar, mashxur tabib Ibn Sinoning tibbiyotdagi kashfiyotlari, Mo’g’ullar ixtilosini daf qilishda urishlar taktikasiga asos solgan bobomiz Amir Temur Кo’ragoniy qural aslahalari, ularning koinot ilmida tengi yo’q va koinotni o’rganish uchun Abservatoriya qurdirgan va bir nechta ilmiy kashfiyotlar qilgan nabiralari Mirzo ulug’bek va jihoz ko’p allomalarimizning ilmiy kashfiyotlari texnologiyaga bog’liq bo’lgan.
Uzoq oldingi zamonlarda ishlab chiqarish juda ham sodda (primetiv) bo’lgan. Qurollar jilvirlash xususiyatiga ega bo’lgan oddiygina toshlar bilan charxlangan; boshida keskich asbob ishchi holatida qo’l bilan ushlab turilgan, keyinchalik tutqichga daraxt novdalari yoki hayvonlar paylari bilan bog’lab qo’yilar edi.
O’sha zamonning yutug’laridan biri aylanuvchi toshni qo’llash bo’ldi – charxlash dastgohining timsoli kabi.
Кeyinchalik aylanma harakatni keramikali buyumlarni tayyorlash uchun qo’llashdi, undan keyin esa – yog’ochdan, hayvonlar suyaklaridan va oxirida metalldan silindr shaklidagi buyumlar tayyorlash uchun qo’llanilaboshlandi.
Shuning bilan bir qatorda ishlanuvchi materialni harakatga keltiruvchi moslama qo’llandi. O’sha vaqtlarda tokarlik dastgohini eslatuvchi buyumga komon yoyi (ipi) bilan aylanma harakat berib, kremniyli keskichni qo’l bilan ushlab turib ishlov berilar edi. Asta-sekin ot bilan aylanma harakatlanuvchi uzatmali tokarlik dastgohi yaratildi, ammo keskich asbob baribir qo’lda ushlab turildi.
Metallarga ishlov berishning qadimgi tarixi juda kam o’rganilgan. Ammo X asrdayoq rus ustalari turli tuman qurollar, uy ro’zg’or predmetlari va sh.o’. tayyorlash texnikasiga ega bo’lishgan. XII asrda rus qurolsozlari keskich asbobni yoki ishlanuvchi tanavorni aylantiruvchi qo’l uzatmali parmalash va tokarlik qurilmalarini qo’llashgan. XIV-XVI asrlarda qurol tayyorlash uchun suv tegirmoni aylanma harakat beruvchi tokarlik va parmalash dastgohlaridan foydalanishgan.
XVI asrda Tula shaxrining atrofidagi Oka daryosi yonidagi Pavlov qishlog’ida maxalliy temir rudasini ishlatishga asoslangan metallishlovchi sanoat barpo etildi. Shunday bo’lsa ham keskich asbob qo’lda ushlab turilgan. Ammo, metall ishlab chiqaruvchi sanoat Pyotir I zamonasiga kelib asta-sekin rivojlanaboshladi, ustaxonalar fabrika va zavodlarga aylantirilib turli dastgoh, qurilma va moslamalar bilan jihozlantirildi.
Bu davrga kelib (1680-1756 yy.) yashagan rus mexanigi va ixtirochisi A.К. Nartov (1718-1725) dunyoda birinchi bo’lib tokarlik dastgohi uchun tanavor bo’ylab tishli g’ildirak va reyka yordamida harakatlanuvchi mexanik support yaratdi. Biroq, u bundan tashkari qator original dastgohlar yaratdi (vintqirquvchi, tishqirquvchi, arralovchi va boshq.). Jumladan u, qurol, tanga va h.k. tayyorlash uchun qator texnologik jarayonlar ishlab chiqdi.
1714 yilda M.V. Сidorov Tula qurolsozlik zavodida “cuv ta’sir etuvchi mashinalar” yaratdi. Shu paytda soldat Yakov Ваtishev 24 qurol stvolini birvaqtda parmalaydigan, stvolni artadigan va tozalaydigan tegirmonni yurituvchi uztmasi qo’llanilgan dastgohlar yaratdi. Ularning ishlarini XVIII asr va XIX asr boshlarida usta-mexaniklar: A. Сurin, Ya. Leont’ev, L. Сobakin, P. Zaxov va jihozlar davom etdirishdi.
Shu davrda iqtidorli rus olimi M.V. Lоmоnосоv (1711-1765) lobotokarlik, sferatokarlik va jilvirlash dastgohlarini qurdi.
Bug’ mashinasini ixtirochisi I.I. Pоlzunov (1728-1764) bug’ qozonini ba’zi bir detallarini tayyorlash uchun maxsus tsilindir yo’nuvchi va jihoz dastgohlarni yaratdi. I.P. Pоlzunov suv sirti o’zgarishi bilan bog’liq bo’lgan suzg’ich (poplovok) ya’ni oddiy avtomatik qurilma yaratib, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashga birinchi qadamni qo’yishga sababchi bo’ldi.
Rus mexanigi I.P. Кulibin (1735-1818) soat mexanizmini tishli g’ildiraklarini tayyorlash uchun maxsus dastgohlar yaratdi.
O’sha vaqtda xarbiy ishlab chiqarish yagona ommaviy ishlab chiqarishning namunasi bo’ldi; u ishlab chiqarish texnologiyasiga o’zaroalmashinuvchanlik prinsipini kiritilishiga asos bo’ldi.
Ma’lumki o’zaroalmashinkvchanlik tamoili bo’yicha ishlab chiqarishni tashkil etish instruktsiyasi Rossiyada ishlab chiqildi va Tula zavodiga yuborildi, Bu deyarli 25 yil avval fransuz muxandisi Leblandan va deyarli 100 yil avval angliyalik ishlab chiqaruvchilar s’yezdigacha, ya’ni Djozef Vitvord o’zaroalmashinuvchanlikning asosiy vazifalarini ifodalab bergunga qadar amalga oshgan edi.
XIX asr oxiri XX asr boshida ba’zi bir korxonalarda detillarning ishchi chizmalarida tayyorlash qo’yimlari (dopusklari) ko’rsatilaboshlandi.
Texnologik jarayonlarning o’rganilaboshlanishi, ya’ni tanavorlarga ishlov berish uslublari, buning natijasida o’lchamiga, shakliga, sifatiga va uning ishiga qo’yiluvchi talablarga mos keluvchi tayyor buyum olinishi, o’tgan asrning birinchi yillariga to’g’ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |