‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I



Download 7,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet244/295
Sana19.05.2023
Hajmi7,77 Mb.
#940670
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   295
O d d iy (k u n d a lik ) bilish
kishilarning kundalik hayotlarida 
borliqdagi predm et va hodisalarni bevosita o ‘z sezgi a ’zolari va 
tafakkurlari orqali bilishdir. U kishilarning kundalik hayotiy 
tajribalari, malakalari va amaliy ishlari orqali hosil b o ‘lib, odatda 
„sog'lom fikrlar“da o‘z ifodasini topgan bo'ladi. Oddiy bilish hamma 
kishilarga xos bilishdir.
Ilm iy bilish
esa, oddiy (kundalik) bilishdan farqlanib, borliq­
dagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini, ularning mohiyatini 
bilishdir. Ilmiy bilish, odatda maxsus ilmiy tadqiqotlar olib borish 
asosida amalga oshadi, ya’ni bu ish bilan ham m a kishilar emas, 
balki bir guruh yoki alohida kishilar: tadqiqotchilar, olimlargina 
shug‘ullanadilar. B undan tashqari, ilmiy bilish uzoq davom 
etadigan, muayyan usullar va yo'llar bilan amalga oshiriladigan 
murakkab, ziddiyatli jarayondir.
Bilishni 
hissiy, m antiqiy intuitiv, g'oyibona
kabi ko'rinishlarga 
ajratish maqsadga muvofiqdir.
256


H issiy bilish
deyilganda,odatda, insonning his qilishi, sezgi 
a’zolari orqali predmet va hodisalami, ularning tashqi tomonlarini, 
tashqi belgi va xususiyatlarini bevosita bilish tushuniladi. Insonning 
bu bilishi, deyarli hayvonlarga ham xos,lekin ular tub farqlarga 
ham ega.
M antiqiy bilish
esa insonning predm et va hodisalam i tafakkur 
orqali umumlashtirib, mavhumlashtirib va konkretlashtirib, ularni 
fikrda bilishidir.
Intuitiv bilish
esa, odatda kishi biror narsa yoki hodisa haqida 
muayyan tasaw urlar va bilimlarga ega bo'lgan, uning fikri m a’lum 
m uam m o yoki masalani yechishga yo‘naltirilgan, shu asosda o ‘z 
fikrini rivojlantirayotgan bir paytda ro ‘y beradi. Intuitiv bilish 
inson bilish jarayonining m uhim jihatini tashkil qiladi va uning 
borliqni bilishida m uhim rol o'ynaydi. Intuitiv bilish hissiy va 
m antiqiy bilishlardan farq qilib, o ‘z tabiatiga ko ‘ra, hech bir 
bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy m uhokamasiz yangi tasaw ur 
yoki yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda tug'ilishidir.
Fanda uzoq davr intuitiv bilishning mexanizmi m a’lum bo‘lmay 
keldi. Shu sababli intuitiv bilish haqida har xil qarashlar, har xil 
yondashishlar, turli-tuman ta’limotlar paydo bo‘ldi. Ba’zilar intuitiv 
bilishni ilohiylashtirib, uni faqat buyuk va murntoz kishilargagina 
xos, degan fikrni bildirgan b o ‘lsalar, boshqalari faqat ijodiy 
jarayonga, ya’ni ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va badiiy ijod jarayoniga 
xos, degan qarashlami ilgari surdilar. Ularning nuqtayi nazaricha, 
intuitiv bilish, bu — ijodiy jarayonda fikrning rivojlanishida eski 
fikrdan yangi fikrga o ‘tish, ya’ni sakrashdan iboratdir. Yana bir 
guruh tadqiqotchilam ing fikricha, intuitiv bilish — badiiy ijod 
bilan bog‘liq, yangi g‘oyaning tug'ilishidir. Haqiqatan ham, intuitiv 
bilish insonning ijodiy faoliyati bilan bog'liq bo‘lib, bunda tadqiqotchi 
yoki ijodkoming butun fikri-zikri biron narsa bilan qattiq band 
bo‘lgan paytda, uning miyasiga hech kutilmaganda biror yangi fikr, 
yangi g‘oya birdan, to'satdan kelib qolishi mumkin.
Intuitiv bilish, aslida inson bilish jarayonining b ir jih ati 
sifatida, faqat ijodiy jarayonga xos bo'lm asdan, balki insonning 
oddiy kundalik amaliy bilish faoliyatiga ham xosdir. Intuitiv bilish 
inson bilishining boshqa shakllari bilan chambarchas bog‘liq bo ‘lib, 
ularni to ‘ldiradi.
Qadimdan 

Download 7,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish