‘z b e k ist o n r esp u b L ik a si oliy va 0 ‘rta maxsus ta’l im V a zir L ig I


Falsafaning jamiyat hayotidagi vazifasi yuqorida aytilganlar



Download 7,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/295
Sana19.05.2023
Hajmi7,77 Mb.
#940670
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   295
Falsafaning jamiyat hayotidagi vazifasi yuqorida aytilganlar
bilan cheklanmaydi. Uning asosiy vazifasi jamiyatda bajaradigan
funksiyalarida yanada aniqroq namoyon boMadi. Falsafaning
bunday funksiyalari quyidagilardir: 1) dunyoqarashlik funksiyasi;
2) metodologik funksiya; 3) gnoseologik funksiya; 4) ijtimoiy
funksiyalari; 5) aksiologik funksiya va h.k.
Falsafa inson tafakkuri, bilimlariga oid eng um umiy tushun- 
chalar sistemasi bilan ish ko‘radi. Bular ichida eng m uhim lari — 
inson, borliq, materiya, jam iyat, sababiy bogManishlar, harakat, 
o ‘sish, o ‘zgarish, rivojlanish, ong, tafakkur, xossa, munosabat, 
sabab va oqibat, tasodif va zaairiyat, butun va boMak, elem ent va
31


struktura va boshqalardir. Falsafaning bu kategoriyalari dunyodagi 
narsa va hodisalarning m ohiyatini, eng um um iy tom onlarini, 
bog‘lanish va aloqadorliklarini in ’ikos ettiradi. Falsafa, shu bilan 
birga. bilish jarayonining eng umumiy, universal prinsiplarini ham 
ishlab chiqadi. Falsafa o ‘zining kategoriyalari tizimi va universal 
prinsiplarini dunyoni bir butun holda olib, uning eng um um iy 
tom onlarini axloq mezonlari, a n ’ana va qadriyatlarga tayanib 
o'rganish asosida hosil qiladi. Falsafaning metodologik ahamiyati 
ana shunday prinsiplar, umumlashmalar tizimida namoyon bo‘ladi. 
Borliqning turli tom onlarini o'rganuvchi alohida fanlar o ‘zlari 
erishgan yutuqlarni izohlashda, ulardan umumiy xulosalar chiqa­
rishda falsafiy-m etodologik um um lashm alardan foydalanishga 
muhtoj bo‘ladilar. Aniq fanlar o ‘z tadqiqotida hech qachon bunday 
um umiy xulosalar qilolmaydilar. Aniq fanlar rivojlangani sari 
falsafiy - metodologik um um lashm alarning ahamiyati ham ortib 
boradi.
Ba’zan shunday bo'ladiki, aniq fanlar o ‘z rivojlanishi jara­
yonida murakkab muammolarga duch keladilar. Ular bu murakkab 
m uam m olarni falsafiy um um lashm alarsiz hal qila olmaydilar. 
Bunday paytlarda falsafa ularga m a’lum yo‘l-yo‘riq topishda, bu 
qiyinchiliklarni yengishda yordamga keladi. Bunday hollarda ham 
falsafaning metodologik funksiyasi namoyon bo'ladi.
Falsafaning gnoseologik funksiyasi quyidagichadir. Falsafa 
dunyoni bilish m uam m osini o ‘rganar ekan, o ‘zining um um iy 
metodlarini ishlab chiqib, inson bilishining bir butun um umiy 
nazariyasini yaratadi. Shu asosda inson bilish faoliyatining paydo 
boiishi, uning rivojlanish tendensiyalari va eng um umiy qonun- 
larini ochib beradi. Falsafa inson amaliy tajribasida hosil b o ‘lgan 
bilimlaming haqiqatligini tekshiruvchi mezonlarni ham tadqiq 
etadi.
Falsafa inson oldiga, aw alo, o ‘zini anglash va so‘ngra borliqni 
o ‘rganish masalasini qo ‘yadi. Dunyoni bilish asosida insonning 
o ‘zi ham o'zgarib, so‘ng dunyoni oqilona o ‘zgartirishi mumkinligini 
nazariy jihatdan anglab, amaliy faoliyatida falsafiy um um lash- 
malarga tayanadi.
Falsafa ijtimoiy sohalar — jamiyat, iqtisodiyot, davlat, siyosat, 
huquq, axloq, san’at, din va fan tahlili bilan ham cham barchas 
bogiiq. Bu sohadagi falsafiy m uam m olarning asosiy mohiyati — 
inson, uning o ‘ziga, boiiiqqa munosabatini ko‘rsatib berishdan 
iborat. Bunda falsafa, birinchidan, insonni dunyoni bilishning


subyekti sifatida, ikkinchidan, universal obyekt sifatida o ‘rganadi. 
Uchinchidan, falsafa ayni shu subyektning obyektga munosabatini 
o ‘rganadi. Bunda falsafaning vazifasi obyektlar dunyosi bilan 
subyektlarni birlashtiruvchi um um iylikni topishga qaratilgan 
bo'ladi. Va nihoyat, falsafa subyektning dunyoni bilishida tayanch 
bo'ladigan nazariy, um um iy prinsiplarni asoslab beradi.

Download 7,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish