Kurs ishining amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalari boshlang‘ich ta’lim jarayonida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish bilan bir qatorda boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining rang-barang didaktik materiallar tayyorlash va ulardan muntazam foydalanib borish ko‘nikma va malakalarini oshiradi. Shu nuqtai nazardan, boshlang‘ich sinf matematika darslarida o‘quv didaktik vositalardan foydalanishning imkoniyatiga yangicha yondashildi.
ASOSIY QISM
1. O`quvchilarni matematika faniga qiziqtirishda integrative didaktik vositalarning o`rni
Boshlang`ich sinf o`quvchilariga dastlabki matematik tushunchalarni o`rgatish uchun o`qituvchi ta`limning eng qulay usullardan foydalansa maqsadga muvofiq bo`ladi.
Bunda integrativ didaktik o`yinlarning ahamiyati juda katta. Shuning uchun o`quvchilarga berilayotgan bilimlar ularning yosh xususiyatlariga muvofiq o`yin tariqasida uyushtiriladi. Bundan o`yinlar jarayonida o`quvchilar matematika fanidan darslikda berilgan, o`zlashtirishi qiyin bo`lgan materiallarni oson o`zlashtiradi va shu bilan birga atrof-muhit, voqealarni kuzatishga, solishtirib ko`rishga, ular to`g`risida fikrlashga, ulardan to`g`ri xulosalar chiqarishga va xulosalarini asoslashga o`rganadilar. O`quvchilarni matematika faniga qiziqtirishni va bilim, ko`nikma, malakalarini to`g`ri egallashlariga erishishni integrativ didaktik o`yinlar orqali amalga oshirish maqsadga muvofiq bo`ladi.
Darsga tayyorgarlik ko`rish jarayonida integrativ didaktik o`yinlarni to`g`ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Integrativ didaktik o`yinlar uchun didaktik materiallarni tayyorlab qo`yish, integrativ didaktik o`yin jarayoni uchun vaqtni to`g`ri belgilash hamda to`g`ri nazorat qilish, integrativ didaktik o`yinni yakunlash va xolisona baholash kabilarni aniq rejalashtira olish lozim. Bunda quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
-Didaktik materiallarni yetarli darajada tayyorlash;
- didaktik o`yin jarayonida yo`l qo`yilgan xatolarni o`z vaqtida nazorat qilish va yo`l-yo`lakay to`g`rilab borish;
- didaktik o`yinlar o`quvchilarda ziyraklik va mustaqillikni shakllantirib, rivojlantirishiga erishishga diqqatni qaratish lozim.
Didaktika – grekcha didaskien so‘zidan olingan bo‘lib, o‘qitaman, o‘qishni o‘rgataman ma’nolarini anglatadi. SHunga ko‘ra didaktika – bu o‘qitish nazariyasidir. Didaktika o‘qitish jarayonining shakllari, metodlari, tamoyillari, mazmuni vazifasi va maqsadlarini ishlab chiqadi.
Didaktikaning predmeti – ta’lim tarbiya muassasasi sharoitida muallimning rahbarligi ostida amalga oshadigan o‘quv jarayonidir. Didaktikada ana shu jarayonning qonuniyatlari tadqiq qilinadi, har xil tipdagi ta’lim tarbiya muassasalarida u yoki bu darajada beriladigan ta’lim mazmunini belgilashning ilmiy asoslari, o‘qitish vositalari va metodlarining samaradorligini oshirish yo‘llari hamda ta’limning tashkiliy shakllari ishlab chiqiladi.
Didaktik vositalar - bizga tanish, hayotimizda uchraydigan, hatto biz foydalanib yurgan vositalar bo‘lishi mumkin. ya’ni ularning hammasi ham aynan ta’lim berish uchun ishlab chiqarilgan vosita bo‘lishi shart emas. Shu jihatdan olganda didaktik vositalardan foydalanishni o‘rganish osonroq. Faqat qo‘llanilayotgan vositaning didaktik imkoniyatlarini aniqlab olish zarur. Masalan, televideniyani olsak, u turmushimizda dam olish uchun qo‘llaniladigan maishiy texnik vosita bo‘lsa, aholi orasida targ‘ibot ishlarini olib borishda ommaviy axborot vositasi hisoblanadi. Lekin undan ta’limda ham keng foydalanayapmiz. Masalan, masofadan turib o‘qitishda u didaktik vosita sifatida qo‘llanilayapti.
Didaktik vositalar o‘quv jarayonida muhim o‘rin tutadi. Chunki ular o‘quv jarayonining asosiy tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi. Didaktik vositalar o‘quv jarayonida o‘qituvchilarning eng yaqin yordamchisi hisoblanadi. O‘quv jarayonida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
- nazariy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga yangi bilimlarni berish uchun mavzuga doir o‘quv materiallarini tushuntirish, namoyish qilish, tahlil qilish kabi ishlarda foydalanamiz;
- amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga tanlagan kasblariga oid vazifalarni bajarishga doir malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish uchun bajariladigan ishni namuna sifatida amalga oshirish, mashq qilish kabi ishlardan foydalanamiz;
- nazorat mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning bilimlarini baholash uchun turli testlar va dasturlardan foydalanamiz;
Bundan tashqari auditoriyadan tashqari ishlarni olib borishda va turli tadbirlarni o‘tkazishda ham didaktik vositalarsiz ko‘zlangan maqsadga erisha olmaymiz.
Endi bir tasavvur qilib ko‘raylik, mashg‘ulotda biror bir texnologik mashina yoki jihozning ishlash prinsipi to‘g‘risida o‘qituvchi faqat og‘zaki usul bilan qay darajada o‘quvchilarga ma’lumotlarni bera olardi. Agar bu ishda o‘qituvchi shu texnologik mashina yoki jihozning prinsipial sxemasidan-mi, uning virtual yoki aynan modelidanmi, unga doir videomaterialdan-mi foydalansa, o‘quvchilarning uni tushunishlari, tasavvur qilishlari qay darajada oson bo‘ladi. Bu ikki vaziyatni solishtirsak natija yaqqol sezilib turadi. Albatta ikkinchi vaziyatda samara yuqori bo‘ladi. O‘quv jarayonida olib boriladigan mashg‘ulotlarda biz faqat og‘zaki usul bilan tushuntirish bilan kifoyalanmasdan, barcha turdagi o‘quv axborotlaridan foydalanamiz. Bular sonli va yozma ko‘rinishda, ovozli va tasviriy ko‘rinishda, xajmiy va harakatli ko‘rinishda, elektron va boshqa ko‘rnishlarda bo‘lishi mumkin. SHundan kelib chiqqan holda biz har bir didaktik vositaning imkoniyatlarini bilib olsak, ularning qay biridan qaysi vazifani, qanday amalga oshirishda foydalanish samaraliroq ekanini bilib olamiz. Buning uchun biz avvalo didaktik vositalarning klassifikatsiyasi bilan tanishib chiqishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi
Didaktik vositalarning tasnifi. Avvalo biz didaktik vositalarni uch yo‘nalishga ajratamiz. Bular didaktik materiallar, ulardan foydalanish uchun qo‘llaniladigan didaktik vositalari, hamda didaktik materiallar va vositalar yordamida ta’limni amalga oshirish uchun loyihalangan majmualar. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ularning tegishli turlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |