O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JURNALISTIKA FAKULTETI FILOLOGIYA VA TILLARNI O‘QITISH: O‘ZBEK TILI YO‘NALISHI
“O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI” KAFEDRASI
“HOZIRGI O‘ZBEK TILI” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: OLMOSHNING GRAMMATIK XUSUSIYATLARI
Bajardi: Mahmudov Diyorbek
Ilmiy rahbar: Xo‘jamova Mahbuba
TOSHKENT 2022
MUNDARIJA
KIRISH
|
I BOB. So‘z turkumlari va grammatika haqida umumiy ma’lumot.
1.1. So‘z turkumlari va ularni tasniflash tamoyillari.
1.2. Olmosh va grammatika haqida umumiy ma’lumot.
II BOB. Olmoshlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
2.1. Olmoshning mа’nоsi vа grаmmаtik bеlgilаri.
2.2 Olmosh leksemalar va leksemashakllar tizimi.
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Har qanday tadqiq manbaida bo‘lgani kabi ma’lum bir fan yoki uning ayrim bo‘lim va mavzusining o‘rganilishi ham ikki xil metodologiya – fahmiy (empirik) yoki idrokiy (nazariy) asosdan birida amalga oshirilishi mumkin. Fan uchun ikkalasi ham muhim. Chunki birinchisida o‘rganish obektining zohiriy belgi-xususiyati tadqiq etilsa, ikkinchi metodologiya asosida botiniy mohiyati tadqiq qilinadi. Ikkinchi metodologiya asosidagi tadqiqot fahmiy tadqiq natijasiga tayanibgina ish ko‘radi.
Har qanday hodisada zohiriy va botiniy jihat farqlanganligi kabi, shu bilan birgalikda, hodisaning o‘zi ham serqirra. O‘rganish manbaining serqirraligi unga yondashuv ham turli-tuman, qo‘lga kiritilgan xulosa ham rang-barang, hatto biri ikkinchisini inkor qiladigan darajada bo‘lishi mumkinligini k rsatadi. Ilmiy talqindagi xilma-xillik, albatta, kimningdir “kuchli” yoki “zaif”ligidan emas, balki o‘rganish ob’ektining chuqur o‘rganilganligidan, unga turli tomondan va turli tadqiq usuli asosida yondashilib, turli natijaga erishilayotganidan – fan taraqqiy etayotganligidan dalolat beradi. O‘rganish manbaining biror boshqa qirrasi haqidagi yoki uni o‘rganishning navbatdagi bosqichidagi xulosa avvalgisidan tubdan farq qilishi mumkin va uni “eskicha” tamoyil asosida baholab bo‘lmaydi. Umuman olganda, bir tadqiq usuli yoki fanning biro‘r yo‘nalishi bergan natijani boshqa bir yo‘nalish tamoyili yoki tadqiq usuli asosida “o‘lchash” infantalizm sifatida baholanadi. O‘zbek tili morfoligiyasining ushbu kurs ishidagi bayoni haqida ham shunday fikrni aytish mumkin. Chunki bu kurs ishidagi xulosa substansial tadqiq usul va tamoyili asosida qo‘lga kiritilgan bo‘lib, uni shu tadqiq metodologiyasi, metodikasi va metodini – ushbu yo‘nalish tamoyilini chuqur o‘zlashtirish natijasida baholash lozim.
Yurtimizda mustaqillik yillarida barcha sohalar doirasida tub yangilanish, rivojlanish jarayoni boshlandi. Iqtisodiy, siyosiy, madaniy ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan tub islohatlar Oʻzbekistonni keng rivojlanish yoʻliga olib chiqdi va jahonga tanitdi. Istiqlol yillarida Oʻzbekiston nafaqat iqtisodiy-siyosiy jihatdan, balki ilmiy-ma’naviy jihatdan ham yuksaklikka koʻtarildi. Mamlakatimizda barkamol yetuk shaxsni tarbiyalash, mohir kadrlar tayyorlashni davr talablari darajasiga koʻtarish, ta’limning rivojlanayotgan bozor iqtisodiyoti munosabatlariga asoslangan mexanizmini yaratish, uning mazmunini takomillashtirish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar, oʻqituvchi va oʻquvchilardagi ta’lim-tarbiya jarayoniga boʻlgan munosabatni, qarashlarni shakllantirish kabi masalalar qamrab olgan “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” bosqichma bosqich amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda iqtidorli va iste’dodli yosh avlodni tarbiyalash maqsadida, ularga keng imkoniyatlar yaratish, mazmunli dastur asosida oʻqitish, darsda va darsdan tashqari mashgʻulotlarga jalb qilish muhim vazifa hisoblanadi. Respublikamizda ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan islohotlarda ta’lim, fan, ishlab chiqarish integratsiyasi tez-tez tilga olinmoqda. Ta’limning barcha sohalarini rivojlanitishda integratsiyadan unumli foydalanish bugungi kunning vazifasiga aylanmoqda. Bunday integratsiyadan foydalangan holda rivojlanish ta’limning deyarli barcha sohalarida, shuningdek, tilshunoslik sohasid ham aks etmoqda. Hozirgi zamon axborot texnologiyalari asrida ilm oʻrganish va uni ta’lim oluvchiga fan asoslarini yuqori darajada oʻrgatishda, shuningdek, borliqni toʻgʻri anglashda, uning mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashda fanlararo integratsiya alohida ahamiyat kasb etadi. Maktab umumta’lim fanlarining tarqoq holda oʻrganilishi, oʻqituvchilar tomonidan fanlarni bir-biriga uzviy bogʻliqlikda oʻrgatilmasligi, oʻquvchilarning butun borliqni bir butun holda anglashlariga toʻsqinlik qilib, oʻquvchilarda qiyinchilik tugʻdiradi. Olimlarning ta’kidlashicha, integratsiya oʻquvchi dunyoqarashini shakllantirishni tezlashtiradi. Bu xususida ulugʻ didaktik olim Yan Amos Komenskiy shunday deydi: “Bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan hamma narsa, huddi shunday holda oʻrganilishi kerak”. Til millatning ulkan boyligi va bebaho mulkidir. Shuning uchun ona tilini sevish, puxta o‘rganish, uni billurdek musaffo saqlash, kamol topdirish, biz va siz tasavvur qilolmaydigan o‘mish ajdodlarimiz ruhi shu ona tilimizga singdirilgan. Demak, inson shaxsining kamol topishida, uning tafakkuri rivojlanishida, tafakkur mahsulini nutq vositasida ifodalash salohiyatini egallashida asosiy vosita boʻlmish ona tilini maktabda yaxshi oqitish lozim. Til avlodlarni avlodlarga, asrlarni asrlarga bog`laydigan fanlardan biri sanaladi. 2017-yil 7-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirokida davlat mukofotlarini tantanali topshirishga bagʻishlangan yigʻilishdan besh tafakkurini shakllantiradi, rivojlantiradi, takomillashtirib boradi va namoyon ettiradi. Buning uchun esa biz tilshunoslik fanini adabiyot, psixologiya, fizika kabi bir qator fanlar bilan uygʻunlashtirib oʻrganishimiz lozim. Shundagina, yuqorida koʻzlagan maqsadimizga erisha olamiz. Integratsiya- ayrim boʻlaklarning yoki elementlarning bir-biriga qoʻshilishi, bir butunga aylanishi, yaxlitlanishdir. Dastlab, “integratsiya” tushunchasi XVIII asrdayoq Spener tomonidan qoʻllanilib, izohlangan edi. Biz ham integratsiyani tafakkur oʻstirish, ta’lim oʻrganuvchi va oʻrgatuvchining dunyoqarashini kengaytirish asosi sifatida qarab, uni fanlararo aloqa hamda ta’lim shakllarini sintezlash tarzida talqin etishga harakat qilishimiz kerak. Professor R.A.Mavlonova shunday yozadi: “Integratsiya –“butun”degan ma'noni bildiradi, demak, bu tafakkur oʻsishi jarayonining turli qism va integratsiya atama va uslubiy nuqtayi nazardan hodisa sifatida nima ekanligini koʻrib chiqaylik. “Integratsiya” soʻzi lotincha integratio-tiklash, toʻldirish, “integer” butun soʻzidan kelib chiqqan. Ta’lim tizimimizda integratsiyadan foydalanib oʻqitish juda katta ta’limiy ahamiyatga ega. O‘zbek tilini oʻrganishda va oʻrgatishda integratsiyadan foydalanishning ta’limiy ahamiyati shundaki, avvalo, oʻquvchilarda ona tiliga qiziqishni orttiradi, tafakkurini shakllantiradi, ona tili va adabiyot fanini oʻqitishni faollashtiradi, darslarning koʻrgazmaliligini ta’minlaydi, qolaversa, oʻquvfanlarni yanada chuqurroq, toʻlaroq oʻrganishga imkoniyat yaratadi, oʻquvchilarning bir nechta fan nuqtai nazaridan qarashlariga, ularni aniqroq tasavvur qilishlari hamda yaxshiroq tushunishlariga zamin yaratadi. Buni amalga oshirishni ta’minlashga qaratilgan usullarni va innovatsion texnologiyalarni tadqiq qilish va integratsiyadan foydalanib oʻqitishga qaratilgan mashqlar tizimini ishlab chiqishishimizning dolzarbligini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |