Yuzlik mavzusida didaktik materiallardan foydalanish



Download 408,5 Kb.
bet10/11
Sana18.07.2022
Hajmi408,5 Kb.
#822405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YUZLIK MAVZUSIDA DIDAKTIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH (2)

7. Odil ota necha yoshda?
- Qani bir fikr yuritib ko`raylik. Bundan o`n sakkiz yil ilgari Odil ota o`g`lidan roppa-rosa uch baravar katta edi. Xotiramda bor, chunki shu yili aholi ro`yxatga olingan edi.
Hozir u o`z o`g`lidan ikki baravar kata ekanini bilaman. Bu boshqa o`g`limi?
Yo`q, o`shaning o`zi. Uning faqat bitta o`g`li bor. Ana shuning uchun ham hozir Odil otaning Yoshi nechada, o`g`lining yoshi nechada ekanini aniqlash qiyin emas.
Siz necha yoshda deb o`ylaysiz?
Javob: Bu masala tenglama yordamida oson yechiladi. Agar o`g`il hozir x yoshda bo`lsa, ota 2x-18, o`g`li x-18 yoshda edi. Bunda shu narsa ma`lumki, u vaqtda ota o`g`lidan uch marta katta edi: 3(x-18)=2x-18
Bu tenglamani yechib, x=36 ni hosil qilamiz. O`g`il hozir 36 yoshda, ota 72 yoshda
O‘quvchilarga, ayniqsa boshlang‘ich sinfda dastlabki tushunchalarni hosil qilayotgan bolajonlarimizning individual psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, kompyuter dasturlarida ishlash ko‘nikmalarini hosil qilishdan oldin, oddiy, elementar mashqlar, didaktik o‘yinlar, turli ko‘rgazmali, tarqatma vositalardan foydalanish ham muhim ahamyatga ega. Biz shuni inobatga olgan holda, 2-3 sinf o‘quvchilar bilan olib borgan tajriba-sinov ishlari jarayonida, tajribali o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan dars ishlanmalarini qo‘llab, o‘quvchilarni asta-sekin texnik vositalar, jumladan multemediya hamda kompyuter dasturlari bilan ishlash va ulardan foydalana olish ko‘nikmalarini hosil qildik.
XULOSA
Ma’lumki, boshlang‘ich ta’lim keyingi ta’lim bosqichlari uchun poydevor quradigan, o‘quvchilarda mustaqil o‘quv-biluv faoliyati ko‘nikmalarini shakllantiradigan, ularda ongli mushohada yuritish, ma’lum maqsadli xatti-harakatlarni amalga oshirish, ixtiyoriy diqqat, idrok va tafakkur ko‘nikmalari shakllanadigan, keyingi bosqichda o‘qitiladigan barcha fanlarga oid asosiy tushunchalar shakllantiriladigan muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi.
Kurs ishi mavzusini yoritish davomida quyidagi xulosalarga keldik:
1. Mavjud adabiyotlarning tahlili amalga oshirilgan kuzatishlarimiz natijalari shuni ko‘rsatdiki, boshlang‘ich sinf matematika darslari samaradorligini oshirishda didaktik vositalardan foydalanish texnologiyasini ishlab chiqish bugungi kunning o‘z yechimini kutayotgan dolzarb pedagogik muammolardan biridir.
2. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida didaktik vositalardan o‘rinli foydalanish o‘quvchilarda o‘quv predmetida berilgan o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligini oshirishning muhim omilidir.
3. 2-3-sinf matematika darslarida elektron vositalardan foydalanish orqali o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malaka, ijodiy faoliyat tajribasi va munosabatlar tizimini takomillashtirishning imkoniyatlari aniqlandi.
4. Tajriba-sinov ishlarini muvaffaqiyatli yo‘lga qo‘yish maqsadida ishlab chiqilgan dasturning samarali metod va vositalar bilan boyitilganligi kutilgan natijalarni kafolatlashga imkon yaratdi.
5. Tadqiqot davomida erishilgan natijalar hamda tajriba sinov ishlarining umumlashgan statistik ishlanmalari tadqiqot ilmiy farazining to‘g‘riligini tasdiqladi.
6. Har bir mashg‘ulot uchun tayyorlanayotgan didaktik vositalar individual xarakterda bo‘lishi, ya’ni har bir mashg‘ulot mazmuni, o‘quvchilarning yosh, psixologik xususiyatlari hamda vaqt imkoniyatlarini inobatga olgan holda tayyorlash lozim.
7. Tajriba-sinov ishlari davomida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari hamda o‘quvchilarning xilma-xil didaktik vositalardan foydalanishga bo‘lgan qiziqishlari yuqori ekanligi aniqlandi.
8. Didaktik vositalardan foydalanishni takomillashtirish uchun o‘quv qurollari bilan birgalikda bir necha marta foydalanishga mo‘ljallangan didaktik materiallar tizimini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish o‘qituvchilar uchun juda muhim yordam bo‘lar edi.
Tadqiqot natijasida chiqarilgan xulosalarga tayanib boshlang‘ich sinf matematika darslari samaradorligini oshirishda didaktik vositalardan foydalanish texnologiyasi bo‘yicha quydagi
Download 408,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish