Yuzlik mavzusida didaktik materiallardan foydalanish


d) 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000



Download 408,5 Kb.
bet5/11
Sana18.07.2022
Hajmi408,5 Kb.
#822405
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YUZLIK MAVZUSIDA DIDAKTIK MATERIALLARDAN FOYDALANISH (2)

d) 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000. so‘mlik pul modellari.
e) Grafik modellar (rasm, sxema, chizma).
Ularni ko‘pincha o‘qituvchi o‘quvchi yasaydi. Grafik modellar o‘quvchilarning abstrakt va konkret tafakkurlarining rivojlanishiga yaxshi asos yaratadi; arifmetik, algebraik, geometrik materiallar orasida chuqurroq matematik bog‘lanishni ta’minlaydi; matematika qiziqishni orttiradi.
1. Instruktiv (ko‘rsatma) jadvallar raqamlarni yozish, arifmetik amallar algoritmlarini bajarish, masalalar yechishga ko‘rsatma beradi.
2. Spravochnik (ma’lumotnoma) jadvallar M: qo‘shish jadvali, ko‘paytirish jadvali.
3.O‘rgatuvchi jadvallardan asosan yangi tushunchani shakllantirishda foydalaniladi. M: vaqt o‘lchovlari, massa (og‘irlik) o‘lchovlari, tezliklar jadvali kabilar hisoblashlarni tashkil qilishda yordam beradi.
Boshlang‘ich sinflarda texnik vosita sifatida ekran qo‘llanmalar keng qo‘llaniladi. Bularni ham shartli ravishda quydagicha guruhlaymiz.
1. Dinamik va 2. Statik qo‘llanmalarga bo‘linadi.
1. Dinamik qo‘llanmalarga kinolavha, kinofilm, videotasvir kabi harakatli vositalar kiradi. Lekin davlat tomonidan boshlang‘ich matematika uchun ular tayyorlanmagan.
2. Statik qo‘llanmalarga diafilm, diapozitivlar kiradi.
Diafilm – 36-40 kadrli uzluksiz lentadan iborat bo‘lib, har bir kadrga tushirilgan teksti (subtitr) berilgan va kadrlar ma’lum tartibda joylashtirilgan. Diafilmlar asosan, o‘tilgan materialni mustahkamlash, takrorlash, o‘rgatuvchi va nazorat qiluvchi har xil mustaqil ishlarni o‘tkazishda foydalanishni ko‘zda tutib tuziladi.
Diapozitivlarning diafilmdan farqi shuki, diapozitivlar bir – biri bilan bog‘lanmagan alohida (topshiriq, savol, masala) kadrlardan iborat. Ular mustaqil va nazorat ishi o‘tkazish, so‘rashni tashkil qilish imkonini beradi.
Bundan tashqari, o‘qitishning texnik vositalari Epidiaskop va kodoskoplardan keng foydalaniladi.
Epidiaskop – darslik, qo‘llanmalardagi rasmlarni ko‘rsatadi. Undan foydalanish uchun sinf xonasini butunlay qorong‘u holatga keltirish zarur.
Kodoskop esa oyna, rentgen plyonkasi, Sellofon, polietilen kabi materiallarga rangli siyohlarda yozilgan tasvirlarni ko‘rsatadi. Kodoskopdan foydalanish uchun bir oz qorong‘ulashtirilgan yoki yorug‘ xonadan ham foydalanish mumkin. Tayyorlangan o‘quv materiallari kodopozitivlar deb ataladi
O‘qituvchi misollar, chizmalar, uy vazifalari namunalarini kodopozitivda tayyorlab, vaqtni bekor ketishini oldin oladi.
SHuningdek, boshlang‘ich sinf matematika darslarida elektron texnik vositalar: proektor, elektron doska, kompyuterlardan foydalanish bugungi kun ta’lim sifati talablaridan biri ekanligi sir bo‘lmagan holda undan foydalanish, ya’ni, boshlang‘ich sinflar matematika darslari mashg‘ulotlariga olib kirishga hamma ham jur’at qilayotgani yoki imkoniyat topa olayotgani yo‘q.
Ta’lim vositalarining qaysi turi, qaysi ta’lim bo‘g‘imida qo‘llanmasin o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tanlangan vosita bo‘lsa, albatta samarasi doim yuqori bo‘lgan. Chunki tinglovchi faqat eshitmaydi, balki eshitayotgan voqelikni ko‘radi( to‘liq yoki qisman), mushohada qiladi, fikrlaydi, solishtirib taxlil qiladi, xulosalar chiqaradi. Shunday ekan, hayotning mazmuni butun borliqdagi mavjud holat bo‘lsa, ta’lim mazmuni vositaning turli-tuman shakl va mazmundaligi bilan belgilanadi.
Insonning bilishga bo‘lgan qiziqishini oshirish uchun vositaning mavjud bo‘lishi eng zaruriy ehtiyojligi hammaga ma’lum. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematik tushunchalarini rivojlantirish, bolaning o‘quvchilik faoliyatidagi eng qiyin davri bo‘ladi. Agar maktabga kelgan ilk kundan boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘quvchiga ziyrak nazari bilan qaramasa, uning matematik tushunchalarni o‘zlashtirishi sustlashib boraveradi, natijada o‘zlashtirishda orqada qoladigan o‘quvchi bo‘lib shakllanadi.
Ikkinchidan, maktabga kelgan bola qiziqishi, bilishga ehtiyoji yuqori bo‘lib, o‘qish uning asosiy maqsadi sifatida yuzaga chiqadi. Mana shu qiziqishni ehtiyojni ta’lim jarayonidagi har bir yo‘nalishni bilishga undovchi motivatsion holat, yoki muhit evaziga rivojlantirilsa
“ qobiliyatli ”, “ a’lochi” o‘quvchilar soni ko‘payadi.
Buning uchun, o‘qituvchidan har bir mashg‘ulotning mavzu mazmunini kengroq va mukammalroq ochib berishga qaratilgan turli xil vositalardan foydalangan holda tashkil etish talab etiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida dastlabki matematik to‘rt +, -, *, : kabi amal qoidalarini puxta o‘zlashtirishga erishishni talab etiladi.
2-3-sinf o‘quvchilari uchun eng og‘ir yumush bu “karra jadvali” ni yod olish bo‘lib hisoblanadi. Biz tadqiqotimizni olib borayotgan Termiz shahridagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 2-3-sinflariga 9 karrani yod olishga yordam beruvchi, o‘quvchining ikki qo‘li barmoqlari vositasida ishlashni taklif etdik.
Dastavval o‘qituvchiga ushbu dastur haqida tushuncha berdik. SHundan so‘ng o‘qituvchi o‘quvchilarga ikki qo‘lning 10 ta barmoqlari yordamida “9 karra jadvali ” ni oson o‘zlashtirishlari mumkinligini tushuntirdilar;
Hamma ikkala qo‘lini parta ustiga yonma-yon qo‘yadi. Barmoqlar stol ustida tekis yoyilgan bo‘lib, hamma o‘zining chap qo‘lining kichkina (jimjilog‘) barmog‘ini ichkariga bukadi. Bukilgan barmoq birni bildiradi va bola og‘zaki holda to‘qqiz karra bir deb bukilgan barmoqqa ishora beradi yoki barmoqni bukadi. Natijada chap qo‘ldan 4ta + o‘ng qo‘ldan 5ta barmoq qoladi, jami 9ta barmoq, demak 9*1=9


Huddi shunday ikkinchi ( nomsiz) barmoq bukilib, jimjiloq va boshqa barmoqlar o‘z o‘znida bo‘ladi.
Demak, chapdan qarasak, jimjiloq barmoq bitta ikkinchi (nomsiz) barmoq yo‘q, shundan keyin chap qo‘lda 3ta+o‘ng qo‘lda 5ta jami 8ta barmoq qoladi. SHuni biz bir=o‘n+8=18 deb ayta olamiz ya’ni 9*2=18




Shu tariqa hisoblash davom etadi.
Mazkur metodikani har bir o‘quvchi va o‘qituvchi mamnuniyat bilan qabul qilishdi. Dastavval, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘zlarini, o‘quvchilar bilish faoliyatini o‘rganish ehtiyojiga aylantirish uchun, o‘qituvchi yo‘naltiruvchi, motivatsion muhit tashkil etuvchi ekanligini anglashga, har bir o‘quv materialini tushuntirishga ijodiy yondoshuv shartligini, yangilikni to‘g‘ri va ishonchli qabul qilishlariga erishish ta’minlangan maqsadlarida ular bilan muntazam seminar-treninglar o‘tkazib bordik.
Bunda 2-3-sinflarda 9 karra jadvalni yodlash uchun o‘quvchilarning barmoqlaridan foydalanishga o‘rgatish orqali sezilarli darajada o‘zlashtirish rivojlantirildi. Tadqiqotlar, kuzatishlar boshlang‘ich ta’limni qay yo‘sinda, nimaning ustiga qurmaylik baribir o‘qituvchi bu jarayonda asosiy etaklovchi, boshqaruvchi kuch bo‘lib qolaverishini nazarda tutganimiz holda tajriba – sinovlarimiz avvalida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining didaktik vositalarning turli xil ko‘rinishlaridan o‘quv jarayonida foydalanishga bo‘lgan munosabatini quyidagicha izohlashimiz mumkin.
Keyingi takrorlash darslarigacha ushbu metodikani ya’ni “barmoqlarda 9 karra jadvali” ni elektron variantini yaratib o‘quvchilar bilan kompyuterda ularning o‘zlashtirish yod olishini tekshirib ko‘rdik. Natija juda samarali bo‘ldi.
Shunday imkoniyatlar, ya’ni ijodiy izlanishlar evaziga yangiliklar asosiga turli xil o‘quv vositalarini takomillashtirish, rivojlantirish o‘quvchining samarali natijaga erishishni kafolatlaydi.
Bugungi jamiyat taraqqiyoti insoniyat tafakkurining mahsuli, rivojlangan ilm-fan yutuqlariga asoslangan kompyuter texnologiyalari bilan belgilanadi. Globallashuv jarayonini hisobga oladigan bo‘lsak, bugungi kunda hech qaysi faoliyat sohasi axborot kommunikatsiya texnologiyalarisiz istiqbolga erisha olmaydi. Mamlakatimizda nafaqat ta’lim jarayoni, balki barcha jabhalarda axborot kommunikatsiya texnologiyalarining rolini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. 2002 yil 30 mayda qabul qilingan “Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida” gi farmonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida strategik, ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir chora tadbirlar belgilangan. 2002-2010 yillarda “Kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish” dasturi amalga oshirilmoqda. Ushbu dasturni amalga oshirishda biz pedagog kadrlar zimmasiga intiluvchanlik, izlanuvchanlik, yaratuvchilik salohiyati yuklanadi. Aynan ana shu maqsadlarni amalga oshirish bugunning dolzarb masalasidir.
Ta’lim berishning bunday taraqqiyot bosqichi sifat jihatidan mutlaqo yangi texnologiyalarni samarali qo‘llash zaruriyatini qo‘ymoqda. Aynan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, ushbu maqsadlarni ro‘yobga chiqarishning omili sifatida ta’lim samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga molikdir.
Bugungi maktab o‘quvchisi o‘tilayotgan yoki o‘zlashtirayotgan mavzuni faqatgina ma’ruza shaklida eshitib, o‘qib o‘rgangandan ko‘ra, ko‘rib, izlanib, tahlil etib o‘zi amaliyotda sinab o‘rgansa samaraliroq kechadi.

Download 408,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish