3. Yuz ichida amallar bajarishda didaktik matriallardan foydalanish.
Boshlang’ich talim jarayoni juda murakkab jarayondir. Chunki bola bevosita didaktik o’yin faoliyatidan ta’limiy faoliyatga kirishadi. Bu jarayonni hozirgi kun davr talabi asosida tashkil etish, ya’ni uzluksiz ta’lim tuzimida uzviylikni ta’minlash boshlang’ich sinf o’qituvchisidan katta ma’suliyat, bilim mahoratni talab etadi.
Bugungi kun o’qituvchisi o’quvchilarni chuqur bilimli, zukko va mustaqil fikr egasi etib tarbiyalashi uchun nimalarga e’tibor berishi kerak? Ta’lim tarbiya jarayoni to’g’ri tashkil etilgandagina boshlang’ich sinflarda matematika ta’limi Davlat ta’lim standartida belgilangan talablar darajasida amalgam oshiriladi, deb hisoblaymiz.
Boshlang’ich talimda matematikada Davlat ta’lim standarti talablariga o’quvchhilarning mantiqiy mulohaza etish salohiyatlarini rivojlantirish orqali erishiladi.
Matematika ta’limi mazmuniga o’quvchilarining mustaqil faoliyatlarini kuchaytirishga imkon beruvchi amaliy ishlar va rivojlantiruvchi topshiriqlar kiritish nihoyatda yaxshi natijalar beradi.
Mustaqil fikrlash o’quvchilarning tafakkur doirasini ijodiy fikrlash salohiyatini kengaytiradi.
O’quvchilarning yangi o’quv vazifalari va muammolarini mustaqil yecha olishga hamda munozara yuritishga bo’lgan tayyorgarlik va qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Bolalarmning o’ziga xos xususiyatlarining namoyon bo’lish darajasini oshiradi va o’quvchilarda muhim o’quv ko’nikmasini rivojlantiradi.
Matematik ifodalarni izohlay oladi.
O’quvchilarni intilishini, qiziqishlarini yo’naltirish, o’qishga bo’lgan istak, ta’lim uchun kerakli shart sharoitlar yaratishga imkon beradi.
Biz quyida tavsiya etadigan misol va masalalar namunalari o’quvchilarni mustaqil fikrlash faoliyatlarini kuchaytirish maqsadini amalga oshirishga qaratilgan. Grafik ravishda berilgan misollar o’quvchilarning amallar tartibini puxta o’zlashtirishlariga yaqindan yordam beradi.
Masalan, ifodaning qiymatini topishda o’quvchilar 1- chizmaga murojaat qiladlar: 86:(59-16)=
O’quvchilar avval 1- qatordagi amalni bajarishlari kerak. So’ng 2-qatordagi hisoblashlarni bajaradilar. Ya’ni 86ni ayirmaga bo’ladilar va qiymati kelib chiqqanini ko’radilar. Bunday ko’rinishidagi misollar o’quvchilar yetarli darajada bajarganlaridan so’ng ularda grafik ravishda berilgan ifodalarning qiymatlarini topa olish malakasi shakillanadi. Shundan sung biz o’quvchilarga ifodani bermasdan faqat chizmani beramiz.
Ular chizma asosida ifodani tuzadi va hisoblashlarni bajarib natijani topadi. O’quvchilarda amallarni bajarish tartibini, ifoda, ifodaning qiymatini topish tushunchalarini o’zlashtirish malakalarini shakillantirish uchun keyingi darslarda, darsning mustahkamlash jarayonlarida biz ifoda bilan 2- chizmani beramiz va o’quvchilarga mustaqil hisoblashni tavsiya etamiz.
60 : 3 • 4
Agar biz birinchi bosqichda o’quvchilar bilan yetarli darajada ish olib borgan bo’lsak, u holda o’quvchi 60:3*4 ifodaning qiymatini topishda amallar ketma-ket bajarilishi kerakligini bilib natijani hisoblaydilar. Ba’zi o’quvchilar chizmaga murojaat etgan holda 1- ko`paytirish, keyin bo`lish amalini bajaradi va yuqoridagi ifodaning qiymatini noto`g`ri topadilar. Boshqa bir guruh o`quvchilar darhol mustaqil fikr yuritib, o`qituvchidan berilganligini yoki chizma asosida hisoblansa ifodada qavs qolib ketganligini aytadilar.
3-4-5-6 chizmalarda o`quvchilar chizma asosida ishlab, izlanayotgan ifodani tuzadilar va qiymatlarini topadilar.
3–chizma
4–chizma 5–chizma
6–chizma
Biz o`quvchilarni shunday chizmalar asosida ifodalarning qiymatlarini oson hisoblashlariga, shuningdek amallar bajarish tartibini puxta o`zlashtirishlariga erishganimizdan keyin quyidagi chizmani tavsiya qilamiz:
7–chizma
Bu yerda o`quvchi bo`sh katakchaga ixtiyoriy sonni qo`yishi hamda bo`lishga doir misol-masala tuzishi mumkin. Sinf o`quvchilari nechta bo`lsa shuncha o`quvchi masala na`munasini beradi.
8–chizma 9–chizma
Bunday chizmalar bilan o`quvchilar ishlashlarini davom ettirib biz masalalarni ham grafik usulda ham oson yechish mumkinligini o`quvchilarga ko`rsatamiz.
Masala.
Mix solingan qutining massasi 63 kg. Bo`sh qutining massasi mixning massasidan necha marta yengil?
10–chizma
Mazkur topshiriqlarni dars jarayonida qo`llash hozirgi kun talabiga mosdir. Yuqorida ko`rib chiqqanimizdek, murakkablik darajasi turlicha bo`lgan topshiriqlarni bevosita o`quvchilarning o`zlashtirishlariga qarab guruhlashtirib tavsiya etishimiz maqsadga muofiqdir. Bu yerda tabaqalantirish muammosi o`z-o`zidan ijobiy hal etiladi.
1-topshiriq
Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun, 4-6-topshiriqlar yaxshi o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun, keyingi topshiriqlar esa yuqori darajada o`zlashtiruvchi o`quvchilar uchun tavsiya etiladi.
Boshlang`ich sinf o`quvchilarning yosh va taraqqiyot darajalariga mos ravishda o`quv materiallarining tanlash ta`lim natijasining samaradorligini oshiradi, ularda bilishga qiziqish uyg`otadi, bolalarning sog`ligini muhofaza qilish imkonini beradi. Darslarni yuqoridagidek guruhlashtirib tashkil etganda o’quvchilarning faolligi mustaqil fikrlash darajasi oshib o’z fikrini bayon qilish imkoniyatlari rivojlanadi.
O’yinli texnologiyalar-yangi pedagogik texnologiyaning muhim tarkibiy qismi bo’lib, uning asosini o’quvchini faollashtiruvchi faoliyati tashkil etadi. Psixologlarning ta’kidlashicha o’yinli faoliyatning psixologik mexanizmlari shaxsning o’zini namoyon qilish, hayotda o’z o’rnini barqaror qilish, o’z imkoniyatlarini amalga oshirishning fundamental ehtiyojlariga tayanadi. O’yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U o’zaro kurash, musobaqalashish raqobat shaklida namoyon bo’ladi. Didaktik o’yinlar o’ziga xos. Ta’limiy, tarbiyaviy, rivojlantiruvchi ijtimoiylashuv maqsadlarida amalga oshiriladi.
Kichik yoshdagi o’quvchilar aniq va qiziqarli narsalarga beixtiyor e’tiborlarini qaratadilar. Shunday ekan, 2-sinfda ta’lim jarayonida ko’proq ko’rgazmali, didaktik materiallardan, o’yinlardan foydalanish yaxshi samaralar beradi. Quyida ana shunday o’yin texnologiyalaridan na’munalar keltiramiz.
“Bilag’on” o’yini
O’yinnig maqsadi: O’quvchilar olgan bilimlarini mustahkamlash. 100 ichida qo’shish va ayirishga doir malakalarini oshirish.
Jihozlar: Ayiq, quyon, sher va o’rmondagi uychaning tasviri tushirilgan rasm. Kardon qog’ozdan tayyorlangan mevalar rasmi.
O’yinnig borishi:
O’qituvchi: Bolalar bugun hammamiz birgalikda o’rmonga sayohat qilamiz. O’rmonda sizlar ayiq,quyon, sherni uchratasizlar. Ular o’rmondagi uychaga borishlari kerak. U yerda katta bayram bo’lmoqda. Bizning qahramonlarimiz bayramga boorish uchun yo’lda bir qancha to’siqlarga uchraydilar. Ularga yo’lda bir qancha topshiriqlar beriladi. Biz mana shu topshiriqlarni yechishda hayvonlarga yordam berishimiz kerak. Yordam berasizlarmi?- Ha, yordam beramiz. Unda har bir guruhdan bittadan o’quvchi chiqadi. Guruhlar:
1) Qaldirg’och
2) Kamalak
3) Yulduzcha
Endi har bir guruh qaysi hayvonga yordam berishini tanlaymiz:
1. Qaldirg’och-quyonga
2. Kamalak-sherga
3. Yulduzcha-ayiqqa
yordam beradi. Doska oldiga chaqirilgan har bir guruh vakili hayvonlari to’g’rayiga osilga mevalarni tanlaydilar. Mevalar orqasiga misollar yozilgan. O’quvchilar ana shu misollarni yechadilar.
1-shart Ifodalar yechimini top:
1) 25+16; 35-17+20;
2) 34-18; 49-25+16;
3) 54+27; 63-32+46;
1-shartni qaysi guruh birinchilardan bo’lib bajarganini aniqlab o’quvchilar rag’batlantiriladi va guruhlar doskada yozib baholanadi.
Yana guruhlardan bittadan o’quvchi chiqariladi.
2-shart Ifodalarni taqqoslang:
1) 64+6 □ 64+60
24-4 □ 24-14
2) 45-5 □ 45-15
73+3 □ 73-3
3) 35+5 □ 35+50
27-7 □ 27+7
II-shart ham baholanadi
III-shart qavslarni natija to’g’ri bo’ladigan qilib qo’ying.
1) 47-15+5=27
2) 17+23-20=20
3) 20-9-9=2.
III-shart ham baholanib, g’olib guruh aniqlanadi
“Bugungi “Bilag’on” o’yinimizda” “…………” guruhi peshqadamlik qilishdi. Qolgan guruhlar ham yaxshi qatnashdi, lekin biroz ortda qolishdi. Navbatdagi o’yinda o’z qahramonlaringizni tezroq o’z manziliga yetib olishi uchun sizlar ham chaqqonroq harakat qilishingiz lozim.
“Kim epchil-u, kim chaqqon” o’yini
O’yining maqsadi: O’quvchilarning harfiy ifodalar yuzasidan olgan bilimlarini tekshirish.
Jihozlar: Albom varag’iga yozilgan shartlar , rag’bat kartochkalari . O’yin nomi doskada yoziladi.
O’yinning borishi: Guruhlar nomlanadi va har bir guruhdan bittadan o’quvchi chaqiriladi. O’quvchilar o’qituvchi stoli ustidagi shartlardan tanlaydilar.
O’yin 2-turdan iborat:
O’qituvchi: bugun biz sinfdagi eng epchil, chaqqon va bilimdon guruhni aniqlaymiz. Buning uchun mana bu stol ustidagi bir qancha shartlarni doskada tez chiroyli va to’g’ri bajarishingiz kerak. 3 ta o’quvchi chiqariladi.
1-tur
1) a va b sonlarning yig’indisini yozing. Har bir qo’shiluvchi uchun 2 tadan qiymat tanlab, yig’indini hisoblang.
Bu shartni uchala o’quvchi birdaniga bajaradi. O’quvchilar rag’batlantiriladi. Yana uchta o’quvchi chiqariladi.
2) a va b sonlarning ayirmasini toping. Kamayuvchi va ayiriluvchi uchun ikkitadan qiymat tanlab oling va ayirmani hisoblang. Ushbu topshiriqdan so’ng o’quvchilar rag’lantirilib, guruhlar baholanadi. Yana uchta o’quvchi chiqariladi.
2-tur
1) a) 26+d ifodani o’qing. Agar d=6; d=20; d=14; bo’lsa, uning qiymatini toping.
b) 34+c ifodani o’qing agar c=8; c=10; c=16; bo’lsa, uning qiymatini toping.
Topshiriqni bajargan o’quvchilar rag’batlantirilib, yana uch o’quvchi chaqiriladi.
2) a) 45-a ifodani o’qing. Agar a=15; a=12; a=26 bo’lsa, uning qiymatini toping.
b) 48-b ifodani o’qing. Agar b=18; b=15; b=29 bo’lsa, uning qiymatini toping.
c) 54-c ifodani o’qing. Agar c=24; c=11; c=27 bo’lsa, uning qiymatini toping.
Oquvchilar rag’batlantirilib, guruhlar baholanadi.
Guruhlarning to’plagan ballari hisoblanib, g’olib guruh aniqlanadi.
Sinfdagi eng epchil, chaqqon va bilimdon guruh aniqlanadi. Bu kabi didaktik o’yinlardan ko’plab tuzish mumkin.
Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va turli shakildagi pedagogik o’yinlar “O’yinli pedagogik texnologiya”larni tashkil etadi.
1. O`quvchilarni matematika faniga qiziqtirishda didaktik o`yinlarning o`rni
2. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida didaktik vositalardan foydalanish texnologiyasi
3. Yuz ichida amallar bajarishda didaktik matriallardan foydalanish
4. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida didaktik o`yinlardan foydalanish usullari
Do'stlaringiz bilan baham: |