Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

1. Dastlabki o‟rgatish
. Bu o‟rgatish jarayonida harakatning asosiy variantini 
umumiy tarzda bajarish malakasi tarkib topadi. 
2. Chuqurroq o‟rganish. 
Bunda harakatni zarur darajada aniq bajarish 
malakasi hosil bo‟ladi. 


83 
3. Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada 
takomillashtirish
. Bu harakat ko‟nikmasining paydo bo‟lishi, shuningdek, undan 
har xil sharoitlarda foydalana olish bilan bog‟liqdir. 
 
7.1. Dastlabki o‟rgatish bosqichi 
O‟rgatishning bu bosqichida maqsad harakat faoliyatini uning asosiy 
variantida umumiy tarzda bajarish malakasini tarkib toptirishdir. O‟rganuvchilar 
yangi harakat texnikasining negizini o‟zlashtirib olishi kerak. Ayrim hollarda, 
bunday malakalar umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonida hosil qilinganda, 
mustaqil ahamiyatga ega bo‟lishi va texnika batafsil takomillashtirilmagan holda 
ko‟nikmaga aylanishi mumkin. Boshqa hollarda bu malakalar harakatlarni 
bajarishning ustasi bo‟lish yo‟lida dastlabki bosqich hisoblanadi, bu sportchilar 
uchun, ayniqsa, xosdir. 
Dastlabki malakani tarkib toptirish bosqichi fiziologiya mexanizmi jihatidan 
shu bilan xarakterliki, bu bosqich davomida miya po‟stlog‟idagi dinamik 
stereotipning asosi yaratiladi. Bunda yaroqli tug‟ma va orttirilgan reflekslarni 
tanlash, shuningdek, o‟rganuvchilarning harakatlarni bajarish tajribalarida 
bo‟lmagan reflekslarning yangilarini barqaror etish sodir bo‟ladi. Natijada bosqich 
oxirida o‟rganiladigan faoliyat texnikasining asosiga mos keluvchi harakat 
reflekslari tizimi tarkib topadi. Bu bosqichning o‟ziga xos xususiyatlari: a) 
harakatlarning fazo va vaqt jihatidan etarli darajada aniq bo‟lmasligi, mushak 
harakatlarining aniq emasligi; b) harakat akti ritmining barqaror emasligi; v) 
keraksiz qo‟shimcha harakatlarning mavjudligi; g) murakkab harakat fazalari 
o‟rtasida yaqinlikning yo‟qligidir. 
Harakatlarning fazo va vaqt jihatidan aniq bo‟lmasligi, shuningdek, 
mushaklarni zo‟r berib harakat qildirishning nomutanosibligi, birinchidan, asab 
jarayonlarining bosh miya po‟stlog‟ida irradiastiyalanishidan, ikkinchidan esa, 
ichki tormozlanishning etarli emasligidandir. Asab jarayonlarining bosh miya 
po‟stlog‟ining harakat analizatorida irradiastiya qilinishi ishda qatnashishi kerak 
bo‟lgan funkstional harakat birliklari bilan bir qatorda, bu birlikka ularning 


84 
markazida qo‟zg‟alishni irradiastiya qiluvchi jarayoni taqsimlangan boshqa 
birliklarni ham jalb etadi. Tashqaridan bu harakatning kerakli yo‟nalishi
amplitudadan chetga chiqishida namoyon bo‟ladi. Qo‟zg‟alish jarayonini 
irradiastiya qilish mushaklarning zo‟r berib harakat etishining nomutanosib 
bo‟lishiga olib keladi: o‟rganuvchi keragidan ko‟p kuch sarflaydi va harakatlarni 
gavdaning butun yoki bir qism mushaklarini kuch bilan ishga solib bajaradi. 
Buning hammasi mazkur bosqichda o‟ta darajada charchash, toliqish va ishchanlik 
qobiliyati pasayishining sabablarini tashkil etadi. Harakat akti ritmining qat‟iy 
bo‟lmasligi, odatda, o‟rganuvchilarning harakat aktlarining ayrim fazalarini 
vaqtidan oldin bajarishga harakat qilishlarida ko‟rinadi: bular ko‟p kuch sarflash 
bilan bog‟liq bo‟lgan asosiy fazalardir. Bu asosiy fazadan oldin pauza qilinadigan 
harakatlar uchun, ayniqsa, xosdir.
Dastlabki 
harakat 
malakalarini 
tarkib 
toptirishning 
ko‟rsatilgan 
xususiyatlarini hisobga olib, o‟rgatishning birinchi bosqichida quyidagi vazifalar 
qo‟yiladi: 
1. Harakat akti haqida bu aktning maqsadini tushunishga asoslangan bir 
butun tasavvur paydo qilish. 
2. 
Shug‟ullanuvchilarning 
harakatlarni 
bajarish 
tajribalarini 
yangi 
harakatlarni o‟zlashtirish uchun kerak bo‟lgan elementlar bilan to‟ldirish. 
3. Harakatlarni to‟la bajarishga erishish. 
4. Keraksiz harakatlarni, mushaklarning keraksiz darajada kuchlanishini 
yo‟q qilish. 
Mazkur bosqichda o‟rgatish metodikasi didaktik tamoyillarni yoyishda, 
o‟rgatishning shu bosqichi uchun muvofiq metod va usullardan foydalanishda 
qator xususiyatlarga egadir. 
Harakatlarni o‟rgatishning boshlang‟ich payti shu harakatlar bilan oldindan 
tanishtirib chiqish hisoblanadi. Bunga harakatlarning ahamiyati va xususiyatini 
so‟zlab berish, namoyish etish, harakat texnikasining asosini qisqacha tushuntirib 
berish, shuningdek, amalda bajarib ko‟rsatish orqali erishiladi. 
So‟zlab berilganda, o‟rganuvchilar harakatlardan ko‟zda tutilgan maqsadni, 


85 
harakatlarning ahamiyatini tushunib olishlari kerak, suhbat ularda harakatlarni 
bajarishga qiziqish uyg‟otishi va harakatlarni o‟zlashtirish uchun zarur rag‟bat, 
irodaviy kuch hosil qilishga yordam berishi zarur.
Namoyish ikki ko‟rinishda amalga oshiriladi. Birinchidan, harakat tabiiy 
mukammallashgan ko‟rinishda namoyish qilinadi. Harakatni aniq, chiroyli 
namoyish qilish bu harakatga bo‟lgan qiziqishni va uni o‟zlashtirishga bo‟lgan 
istakni yanada oshiradi. Ikkinchi ko‟rinish faqat o‟rgatish xususiyatiga ega bo‟lib, 
o‟rgatilayotgan harakat texnikasi asosini shug‟ullanuvchilar ongiga singdirish 
maqsadini ko‟zlaydi. Harakatni bajarish texnikasining asosi dastlab maksimal 
darajada umumiy va qisqa qilib, usul va uning qismlarining aniq atama nomlarini 
aytgan holda tushuntirilishi kerak. Bu bosqichda harakatni bajarish texnikasini 
batafsil ravishda tushuntirish maqsadga muvofiqdir, chunki o‟rganuvchilar yangi 
axborotlarning ko‟pligidan butun tafsilotlarni eslab, harakat amallarini to‟la bilib 
olishlari mumkin emas. Yangi shartli harakat reflekslari birinchi navbatda his etish 
asosida paydo bo‟ladi, lekin ular o‟sha zahotiyoq tushunib olinsa, bu reflekslarning 
paydo bo‟lish jarayoni tezlashadi. Harakatning to‟g‟ri bajarilayotganligini bilish 
refleksni mustahkamlaydi, noto‟g‟ri harakat qilinayotganini bilish esa keraksiz 
harakat ta‟sirining so‟nishiga yordam beradi. 
O‟qituvchi onglilik va faollik tamoyiliga amal qilib, birinchidan, 
o‟rganuvchilar oldiga harakat vazifalarini asosli ravishda qo‟yishi va ularning 
bajarilishi kerak bo‟lgan narsani aniq tushunishlariga erishishi, ikkinchidan, 
berilgan harakatni qanday bajarish kerakligi haqida tasavvur yaratishi kerak. 
Harakatni dastlabki o‟rgatishning ko‟rgazmali bo‟lishi harakatning asosiy fazalari 
haqida his va tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi xilma-xil metod va usullar 
yordami bilan ta‟minlanadi. 
Dastlabki o‟rgatish bosqichida topshiriqning bajarib bo‟lish yoki 
bo‟lmasligi: a) o‟quvchilarda harakat tajribasining qanchalik kattaligi; b) 
o‟rganiladigan 
harakat 
tuzilishining 
qay 
darajada 
murakkabligi; 
v) 
o‟rganuvchilarning jismoniy imkoniyatlariga tuzilishning qanchalik muvofiqligi 
bilan belgilanadi. Dastlabki malakaning tez hosil bo‟lishi va sifati o‟rganuvchidagi 


86 
harakat tajribasining qanchalik boyligiga ko‟p jihatdan bog‟liqdir. Murakkab 
tuzilishli harakatli mashqni u haqda yaxlit tasavvur yaratilganidan keyin, qoidaga 
ko‟ra bo‟lib tashlash metodi bilan qismlar bo‟yicha amaliy o‟zlashtira boshlash 
maqsadga muvofiqdir. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish