Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

Ovoz va rangli signallar 
kerak bo‟lgan tovushli va rangli mo‟ljallar -
harakatni boshlash yoki tugallash (yoki alo‟idaharakatlar) uchun lozim bo‟lgan 
temp, ritm, amplituda vahokazolarni berishda qo‟l keladi. Bu metronomni “urishi” 
-harakatga kerakli temp berish uchun, erdagi belgilar, bayroqchalar, uloqtirish 
vah.k. Keng tarqala boshlagan elektron ovozli etakchilar, avtomatlashtirilgan 
mo‟ljallar (mishenplar), zudlik bilan axborot beruvchi maxsus qurilmalar ta‟lim 
jarayonining samaradorligiga taosir ko‟rsatmoqda. 
6.3. O‟yin uslubi 
O‟yin uslubi jismoniy tarbiyada qo‟llaniladigan o‟yinlar uchun xos ko‟pgina 
belgilarga ega. O‟yin nafaqat jismoniy tarbiyaning vositasi (ya‟ni jismoniy 
mashqlarning o‟ziga xos tizimlari bilan), balki tarbiya va ta‟limning samarali 
uslubi hamdir. Shuning uchun o‟yin uslubi tabiatini tushunish umuman o‟yinning 
mohiyatini tushunish demakdir. 
O‟yin tarixning eng dastlabki bosqichlarida yuzaga kelgan va butun jamiyat 
madaniyati bilan birgalikda rivojlanib, kishilarning dam olishiga, vaqtlarini quvnoq 


78 
o‟tkazishlariga, bilimlariga bilim qo‟shishga, ma‟naviy va jismoniy tarbiyasiga, 
ularning turli ehtiyojlarini qondirishga xizmat qilib keldi va xizmat qilmoqda. 
Lekin o‟yin azaldan pedagogik vazifani ado etib kelgan va tarbiyaning aosiy 
vositasi va metodlaridan biri bo‟lib qolmoqda. 
Tarbiya sohasida o‟yin metodi degan tushuncha o‟yinning metodik 
xususiyatlarini, ya‟ni tarbiyaning boshqa metodlaridan (shug‟ullanuvchilar 
faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish kabi xususiyatlari jihatdan) farq 
qiladigan tomonlarini ifoda etadi. Bu erda shuni qayd etish lozimki, o‟yin 
metodining keng ommalashgan biror aniq o‟yin, masalan, voleybol, futbol yoki 
harakatli o‟yinlar bilan bog‟langan bo‟lishi shart emas.
O‟yin uslubining eng xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: 
1. Faoliyatni obrazli yoki shartli syujet (o‟yinning maqsadi, rejasi) asosida 
tashkil etish, bunda vaziyatning doimo va ko‟pincha kutilmaganda o‟zgarishi bilan 
muayyan maqsadga erishish nazarda tutiladi. 
2. Maqsadga erishish usullarining xilma-xilligi va faoliyatning majmuali 
xususiyatga ega bo‟lishi. O‟yinda maqsadga erishish mumkinligi, odatda, biror-bir 
harakat usuli bilan qat‟iy bog‟liq bo‟lmaydi. O‟yin qoidasi doirasida yutishning 
xilma-xil yo‟llari mavjuddir. O‟yinda harakatlarning bajarilish sharoitlarida kurash 
olib borishning shartlari haddan tashqari o‟zgaruvchan. Demak, o‟yinchilar 
vujudga kelgan vazifalarni echishning turli xil usullarini egallashlari kerak. Ularda 
shakllangan ko‟nikmalar esa o‟zgaruvchan sharoitlarga muvofiqlashganligi bilan 
farq qilishi kerak. 
3. Shug‟ullanuvchilarning bemalol mustaqil harakat qilishiga, ularning 
tashabbus va chaqqonlik ko‟rsatishlariga, topqir bo‟lishlariga, harakat 
faoliyatlariga yuksak talablar qo‟yish. 
4. O‟yin harakatlarida hissiy ko‟tarinkilik va raqobatbardoshlikning yorqin 
ifodalanishi. Uslublar odamlar o‟rtasidagi murakkab o‟zaro munosabatlarni qayta 
tiklashga imkon beradi. Shu sababli o‟yin uslubida o‟yinchilar o‟rtasidagi o‟zaro 
munosabatlar sinchkovlik bilan reglamentastiya qilinadi va tartibga tushiriladi.


79 
5. Xilma-xil harakat ko‟nikmalari va sifatlarning majmuali namoyon 
bo‟lishi. O‟yinda muvaffaqqiyatga erishish uchun o‟quvchiga bir qancha harakatlar 
majmuasidan (yugurish, sakrashlar, uloqtirish va x.k.) foydalanishga to‟g‟ri keladi. 
Bularning hammasi o‟yinchilarning organizmiga majmuali ta‟sir o‟tkazishni 
ta‟minlaydi. 
6. Ko‟p hollarda o‟yinchilar o‟rtasidagi o‟zaro munosabat biror predmet, 
masalan: koptok, bayroqcha va h.k. yordami bilan amalga oshiriladi. 
Unutmaslik kerakki, o‟yin uslubiga xos jihat qayd qilingan belgilarning 
hammasi yoki ko‟pchiligining mavjudligidir.Undan ta‟limning samarasini 
tekshirish va umumiy jismoniy tayyorlik darajasini oshirish vositasi sifatida 
foydalaniladi. O‟yin uslubidan to‟g‟ri foydalanish ongli intizomni, o‟zini tuta 
bilish, dadillik, matonat, tashabbuskorlik, faollik, va jamoatchilik xususiyatlarini 
tarbiyalashda katta ahamiyatga ega. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish