Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

 
6.4. Musobaqa uslubi 
Musobaqa uslubi musobaqalarga xos bo‟lgan ko‟pgina belgilarga ega. 
Musobaqa o‟yin kabi keng tarqalgan ijtimoiy hodisalar qatoriga kiradi. Musobaqa 
ishlab chiqarish faoliyatida, san‟atda, sportda va hayotning xilma-xil sohalarida 
faoliyatni tashkil etish va qo‟llab-quvvatlash usuli sifatida muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Jismoniy tarbiya sohasida musobaqalashish usuli mashg‟ulot o‟tkazish 
jarayonida ham, mustaqil o‟yin shaklida ham qo‟llaniladi. 
Musobaqalashish usulini birmuncha ravshan tavsiflovchi xususiyat 
birinchilik yoki yuksak natijaga erishish uchun kurashda kuchlarni sinashdir. 
Musobaqa jarayonida, shuningdek, ularni tashkil qilish va o‟tkazish 
sharoitlarida raqiblik qilish omili muhim fiziologik sharoit va hissiy kayfiyat 
yaratadi, bu hol jismoniy mashqning ta‟sirini oshiradi va organizmning funkstional 
imkoniyatlarini maksimal ishga solishga yordam beradi. Musobaqa vaqtida, 
asosan, sport musobaqalarida raqiblarning o‟zaro to‟qnashuvlari o‟yindagiga 


80 
qaraganda ancha ko‟proq namoyon bo‟ladi. Musobaqa hamma vaqt biror-bir qoida 
bilan tartiblashtirib turiladi. 
Musobaqa usulidan mashg‟ulotlarni har qanday shaklda tashkil etish vaqtida 
ham foydalansa bo‟ladi. Masalan: dars boshlanishidan oldin safga tortishni 
musobaqa usuli bilan boshlab, zaldan chiqishni ham shu usulda tugallagan holda 
jismoniy tarbiya darsini o‟tkazish mumkin. 
Yuqorida qayd etildiki, ushbu uslub o‟yin uslubi bilan ko‟pgina 
umumiylikka ega. Lekin ta‟lim jarayonining o‟yin uslubi har doim syujetli 
mazmunga ega. Musobaqa uslubida ana shu xususiyat yo‟q va harakatni bajarish 
jarayonida to‟laligicha uning mazmuniga bo‟ysundiriladi. Demak, bu ikki uslubni 
faqat harakatning syujetli rasmiylashtirilishi yo‟qligi yoki mavjudligi bo‟yicha 
farqlash mumkin.
Agar yog‟och bo‟ylab siljish takomillashtirilsa, “daryocha orqali o‟tkazish” 
ko‟rinishidagi syujetli mazmunga ega bo‟ladi. Bu holda o‟yin uslubi qo‟llanilgan. 
Agar o‟sha mashq o‟xshash syujetli rangga ega bo‟lmasa, lekin harakat texnikasini 
takomillashtirishga bo‟ysundirilgan bo‟lsa, demak, u holda musobaqa uslubi 
qo‟llanilgan.
Bu farqlar qay darajada bo‟lmasin, o‟yin uslubidagi musobaqalashuv 
xususiyatini olib tashlamaydi, biroq u mashqning syujetli mazmuniga 
bo‟ysundiriladi. Agar o‟yin uslubining mazmuni biror-bir harakatli yoki sport 
o‟yinidan iborat bo‟lsa, shu o‟yin bilan musobaqa o‟tkaziladi. Bunday holda ikkala 
uslub o‟rtasidagi farq yo‟qoladi. 
Musobaqa uslubining eng xarakterli belgilari quyidagilardan iborat: 
1. Oldindan belgilab qo‟yilgan qoidalar bilan muvofiqlikda, barcha 
faoliyatning u yoki bu harakatda g‟alaba qozonish vazifasiga bo‟ysundirilishi. 
2. Yuqori sport yutug‟iga erishish uchun kurashda jismoniy va ruhiy 
kuchlarning maksimal namoyon qilinishi. 
3. O‟quvchilarni boshqarishda yuklamalarni tartibga solish imkoniyatining 
chegaralanganligi. Bu uslub harakat vazifalarini hal qilishda katta mustaqillikni 


81 
talab etadi. Binobarin, musobaqa usuli harakatni mukammallashtirish vaqtida eng 
samaralidir. Biroq u o‟rgatishning dastlabki bosqichida qo‟llanilmaydi.
Musobaqalashish metodidan har xil tarbiyaviy vazifalarni hal qilishda – 
jismoniy, irodaviy, axloqiy sifatlarni tarbiyalash, malaka va ko‟nikmalarni 
takomillashtirish, shuningdek, bu malaka va ko‟nikmalardan murakkab 
sharoitlarda to‟g‟ri foydalana bilish qobiliyatini o‟stirishda foydalaniladi. Bu uslub 
boshqa uslublarga qaraganda jismoniy tarbiyaga yuksak talablar qo‟yishga va, shu 
bilan birga, jismoniy sifatlarning yanada rivojlanishi uchun yordamlashishga 
imkon beradi. 
Musobaqa uslubi harakat sifatlari rivojlanishining etarlicha yuqori darajasini 
talab qiladi. Bu uslub bir jihatdan oldindan har tomonlama tayyorgarligi bo‟lgan 
o‟quvchilarga eng ko‟p samara beradi, boshqa tomondan esa uning yordami bilan 
mavjud tayyorlik darajasini yuksaltirish mumkin. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish