Yusupova nargiza shakirovna jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi


 Tug‟ma avtomatizimlarning ta‟siri



Download 3 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/169
Sana14.07.2022
Hajmi3 Mb.
#793909
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   169
Bog'liq
kitob Jismoniy madaniyat3

8.5. Tug‟ma avtomatizimlarning ta‟siri 
Murakkab xarakat aktlarini egallashda tug‟ma avtomatizmlar ancha muhim 
axamiyatga egadir. Bazi xollarda ular yordam bersa bazi vaqtda xalaqit beradi. 
Masalan, kardinastion qadamlari tug‟ma chalishtirib yurish, yugurish va boshqa bir 
qator xarakatlarning tabiy asosini tashkil etadi. 
O‟rgatish ketma – ketligi o‟rgatilayotib, shu kabi tug‟ma kardinastion 
xarakatlar tomonidan yaratiladigan ijobiy imkoniyatlardan foydalanishga intilish 
kerakligi o‟z – o‟zidan malumdir. Masalan suvda suzishni o‟rgatishni brass, krol 
usulidan; chang‟ida yurishni birdan ikki oyoqni qo‟zg‟atishdan emas, birin ketin 
qadam tashlab yurishdan boshlash maqsadga muvofiqdir shu bilan bir qatorda, 
ko‟p xollarda innervastiya va bo‟yinni mustaxkamlash reflekslari bilan bog‟liq 
bo‟lgan tug‟ma avtomatizmlarni talab qilinadi.
 
8.6. Harakat malakalarining tashkil topish qonuniyatlari. 
Harakat malakasi – bu faoliyatining shunday bajarish, qobiliyatiki, unda 
diqqat faoliyatning natijasi va sharoitiga yo‟naltirib, uning tarkibiga kiradigan 
ayrim harakatlarga nisbiy e‟tibor bilan bajara olishdir. 
Malakaning xarakterli belgilari: 
1. Harakat faoliyati tarkibiga kiruvchi alohida harakatlarning bajarilishiga 
unchalar 
e‟tibor bermay 
bajarish. 
Bunga harakatni bajarish 
jarayoni 


96 
avtomatlashuvining boshlanish hisobiga erishiladi. 
2. Harakatni avtomatlashgan darajada bajarish o‟qitish – natijasi yoki 
hayotiy tajriba amaliyoti natijasidir. 
3. Harakat faoliyatining avtomatlashgan holda bajarilishida ongning etakchi 
rolini inkor etib bo‟lmaydi. Harakat malakasi shakllanishida faoliyat mazmuni 
avtomatlashmay ayrim harakatlarning ijrosi jarayoni, ayrim elementlar tuzilish 
(masalan: nerv-muskul jarayonlarini koordinastiya qilish munosabatlari, harakat va 
vegetativ komponentlarning o‟zaro aloqasi) avtomatlashadi. 
4. O‟quvchining ongi asosan o‟zak komponentlarga, sharoitning o‟zgarishi 
hisobiga va harakat vazifasining ijodiy hal qilinishiga yo‟naltiriladi. 
Zaruriyatga qarab o‟quvchi, o‟rganuvchi har bir harakatning bajarilishini 
nazorat qilishi mumkin, shuningdek, ijroga lozim bo‟lgan o‟zgartishlar kiritishi 
yoki boshqa faoliyatni bajarishga o‟tib ketishi mumkin (masalan: qo‟lda yoki 
boshni erga qo‟yib turishda muvozanatni yo‟qotsa, o‟quvchi «grupperovka» 
(yig‟ishtirinish) qilib oldinga «perekat» qilishi mumkin). 
5. Harakat malakasi yuqori turg‟unlikka ega. Bu shuni ko‟rsatadiki, boshqa 
sharoitda harakat faoliyati bajarilishining buzulishiga oz imkoniyat bo‟ladi 
(masalan: boshqa sport zal, boshqa jihozlar va hokazolar), o‟quvchilarga 
odatlanmagan kuzatuvlarning ta‟siri (tomashabinlar). 
6. Harakat malakasi uchun harakatlardagi ma‟lum tizimning mavjudligi va 
o‟ziga xosligi. Bu alohida ajratilgan harakatlarning bir butun harakat faoliyatiga 
ortiqcha harakatlar ushlanishini yo‟qotish bilan birlashtirishda ifodalanadi. 
Harakatlarning aniqligi ortadi, ularning ritmi takomillashadi, bir butun faoliyat 
ko‟rsatishning vaqti qisqaradi. 
7. Harakat malakasi shakllanishi analizatorlar vazifasini qayta taqsimlash 
bilan 
kuzatiladi. 
Harakat 
analizatorining 
roli 
ortadi,harakat 
nazoratida 
muskulhissiyoti etakchi a‟amiyat kasb etadi. Suzuvchining suvni, futbolchining 
to‟pni his qilishi va boshqalar. 
Malakaning fiziologik mexanizmi. I.M. Sechenov va I.P. Pavlovlarning 
ilmiy 
tadqiqotlari 
orqali 
erkin 
harakatlarni 
shakllanishining 
fiziologik 


97 
mexanizmlari asoslangan Harakat aktini musqo‟llar bilan bajarishni boshqarish 
vaqtli aloqalarni vujudga kelishi ekanligidir. Ularning asosida birinchi tartibdagi 
shartli reflekslarning, oliy tartibdagi, manipulyastiyali reflekslar va boshqalarning 
vujudga kelishi yotadi. Oxirgi reflekslarning ahamiyatiga katta eotibor beriladi, 
chunki ular meros bo‟lib nasldan-naslga o‟tmagan javob reakstiyalari bilan bog‟liq. 
Harakat malakasining shakllanishi jarayoni shartli ravishda uch fiziologik 
fazaga bo‟linadi, bunda gap harakat faoliyatini qaytarish bilan aynan bog‟liq 
bo‟lgan fiziologik fazalar ustida boradi xolos. 
1-faza shartli reflektor aloqalari markaziy nerv tizimi qo‟zg‟alish 
jarayonining keng irradiastiyasi bilan xarakterlanadi. Tashqaridan buharakat 
faoliyatining tashqi ko‟rinishi (suratining) yaratilishi bilan ifodalanib aniq 
bo‟lmagan va ko‟pincha keragi yo‟q harakatlar ham qo‟shilib bajarilishi orqali 
boradi. 
II-faza shu bilan farqlanadiki, qo‟zg‟alishning ortiqchaliligi tormozlanish 
jarayoni rivojlanishi bilan chegaralanib, markaziy nerv faoliyatlarining vaqt va 
fazoda aniqligiga erishish bilan kuzatiladi. Bunga harakat faoliyatini nisbatan 
to‟g‟riroq bajarish, ortiqcha harakatlarni yo‟qotish muvofiq keladi. Ammo 
qo‟zg‟alish va tormozlanish jarayonining o‟zaro takomillashmagan holdagi o‟rin 
almashishlarining hali etarli darajada emasligi harakatlarda ortiqcha zo‟riqish, 
musqo‟llar tarangligini oshirib yuborish bilan kuzatiladi. 
III-faza harakatning dinamik steriotipi shakllanishining tugallanishi bilan 
xarakterlanadi. Buharakatlarni nisbatan takomillashgan darajada bajarilishiga 
imkon beradi. Malaka yuqorida aytilgan barcha belgilariga ega bo‟lib boradi. 

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish