1. Dastlabki o‟rgatish
. Bu o‟rgatish jarayonida harakatning asosiy variantini
umumiy tarzda bajarish malakasi tarkib topadi.
2. Chuqurroq o‟rganish.
Bunda harakatni zarur darajada aniq bajarish
malakasi hosil bo‟ladi.
83
3. Harakatlarni bajarish malakasini mustahkamlash va yanada
takomillashtirish
. Bu harakat ko‟nikmasining paydo bo‟lishi, shuningdek, undan
har xil sharoitlarda foydalana olish bilan bog‟liqdir.
7.1. Dastlabki o‟rgatish bosqichi
O‟rgatishning bu bosqichida maqsad harakat faoliyatini uning asosiy
variantida umumiy tarzda bajarish malakasini tarkib toptirishdir. O‟rganuvchilar
yangi harakat texnikasining negizini o‟zlashtirib olishi kerak. Ayrim hollarda,
bunday malakalar umumiy jismoniy tayyorgarlik jarayonida hosil qilinganda,
mustaqil ahamiyatga ega bo‟lishi va texnika batafsil takomillashtirilmagan holda
ko‟nikmaga aylanishi mumkin. Boshqa hollarda bu malakalar harakatlarni
bajarishning ustasi bo‟lish yo‟lida dastlabki bosqich hisoblanadi, bu sportchilar
uchun, ayniqsa, xosdir.
Dastlabki malakani tarkib toptirish bosqichi fiziologiya mexanizmi jihatidan
shu bilan xarakterliki, bu bosqich davomida miya po‟stlog‟idagi dinamik
stereotipning asosi yaratiladi. Bunda yaroqli tug‟ma va orttirilgan reflekslarni
tanlash, shuningdek, o‟rganuvchilarning harakatlarni bajarish tajribalarida
bo‟lmagan reflekslarning yangilarini barqaror etish sodir bo‟ladi. Natijada bosqich
oxirida o‟rganiladigan faoliyat texnikasining asosiga mos keluvchi harakat
reflekslari tizimi tarkib topadi. Bu bosqichning o‟ziga xos xususiyatlari: a)
harakatlarning fazo va vaqt jihatidan etarli darajada aniq bo‟lmasligi, mushak
harakatlarining aniq emasligi; b) harakat akti ritmining barqaror emasligi; v)
keraksiz qo‟shimcha harakatlarning mavjudligi; g) murakkab harakat fazalari
o‟rtasida yaqinlikning yo‟qligidir.
Harakatlarning fazo va vaqt jihatidan aniq bo‟lmasligi, shuningdek,
mushaklarni zo‟r berib harakat qildirishning nomutanosibligi, birinchidan, asab
jarayonlarining bosh miya po‟stlog‟ida irradiastiyalanishidan, ikkinchidan esa,
ichki tormozlanishning etarli emasligidandir. Asab jarayonlarining bosh miya
po‟stlog‟ining harakat analizatorida irradiastiya qilinishi ishda qatnashishi kerak
bo‟lgan funkstional harakat birliklari bilan bir qatorda, bu birlikka ularning
84
markazida qo‟zg‟alishni irradiastiya qiluvchi jarayoni taqsimlangan boshqa
birliklarni ham jalb etadi. Tashqaridan bu harakatning kerakli yo‟nalishi
amplitudadan chetga chiqishida namoyon bo‟ladi. Qo‟zg‟alish jarayonini
irradiastiya qilish mushaklarning zo‟r berib harakat etishining nomutanosib
bo‟lishiga olib keladi: o‟rganuvchi keragidan ko‟p kuch sarflaydi va harakatlarni
gavdaning butun yoki bir qism mushaklarini kuch bilan ishga solib bajaradi.
Buning hammasi mazkur bosqichda o‟ta darajada charchash, toliqish va ishchanlik
qobiliyati pasayishining sabablarini tashkil etadi. Harakat akti ritmining qat‟iy
bo‟lmasligi, odatda, o‟rganuvchilarning harakat aktlarining ayrim fazalarini
vaqtidan oldin bajarishga harakat qilishlarida ko‟rinadi: bular ko‟p kuch sarflash
bilan bog‟liq bo‟lgan asosiy fazalardir. Bu asosiy fazadan oldin pauza qilinadigan
harakatlar uchun, ayniqsa, xosdir.
Dastlabki
harakat
malakalarini
tarkib
toptirishning
ko‟rsatilgan
xususiyatlarini hisobga olib, o‟rgatishning birinchi bosqichida quyidagi vazifalar
qo‟yiladi:
1. Harakat akti haqida bu aktning maqsadini tushunishga asoslangan bir
butun tasavvur paydo qilish.
2.
Shug‟ullanuvchilarning
harakatlarni
bajarish
tajribalarini
yangi
harakatlarni o‟zlashtirish uchun kerak bo‟lgan elementlar bilan to‟ldirish.
3. Harakatlarni to‟la bajarishga erishish.
4. Keraksiz harakatlarni, mushaklarning keraksiz darajada kuchlanishini
yo‟q qilish.
Mazkur bosqichda o‟rgatish metodikasi didaktik tamoyillarni yoyishda,
o‟rgatishning shu bosqichi uchun muvofiq metod va usullardan foydalanishda
qator xususiyatlarga egadir.
Harakatlarni o‟rgatishning boshlang‟ich payti shu harakatlar bilan oldindan
tanishtirib chiqish hisoblanadi. Bunga harakatlarning ahamiyati va xususiyatini
so‟zlab berish, namoyish etish, harakat texnikasining asosini qisqacha tushuntirib
berish, shuningdek, amalda bajarib ko‟rsatish orqali erishiladi.
So‟zlab berilganda, o‟rganuvchilar harakatlardan ko‟zda tutilgan maqsadni,
85
harakatlarning ahamiyatini tushunib olishlari kerak, suhbat ularda harakatlarni
bajarishga qiziqish uyg‟otishi va harakatlarni o‟zlashtirish uchun zarur rag‟bat,
irodaviy kuch hosil qilishga yordam berishi zarur.
Namoyish ikki ko‟rinishda amalga oshiriladi. Birinchidan, harakat tabiiy
mukammallashgan ko‟rinishda namoyish qilinadi. Harakatni aniq, chiroyli
namoyish qilish bu harakatga bo‟lgan qiziqishni va uni o‟zlashtirishga bo‟lgan
istakni yanada oshiradi. Ikkinchi ko‟rinish faqat o‟rgatish xususiyatiga ega bo‟lib,
o‟rgatilayotgan harakat texnikasi asosini shug‟ullanuvchilar ongiga singdirish
maqsadini ko‟zlaydi. Harakatni bajarish texnikasining asosi dastlab maksimal
darajada umumiy va qisqa qilib, usul va uning qismlarining aniq atama nomlarini
aytgan holda tushuntirilishi kerak. Bu bosqichda harakatni bajarish texnikasini
batafsil ravishda tushuntirish maqsadga muvofiqdir, chunki o‟rganuvchilar yangi
axborotlarning ko‟pligidan butun tafsilotlarni eslab, harakat amallarini to‟la bilib
olishlari mumkin emas. Yangi shartli harakat reflekslari birinchi navbatda his etish
asosida paydo bo‟ladi, lekin ular o‟sha zahotiyoq tushunib olinsa, bu reflekslarning
paydo bo‟lish jarayoni tezlashadi. Harakatning to‟g‟ri bajarilayotganligini bilish
refleksni mustahkamlaydi, noto‟g‟ri harakat qilinayotganini bilish esa keraksiz
harakat ta‟sirining so‟nishiga yordam beradi.
O‟qituvchi onglilik va faollik tamoyiliga amal qilib, birinchidan,
o‟rganuvchilar oldiga harakat vazifalarini asosli ravishda qo‟yishi va ularning
bajarilishi kerak bo‟lgan narsani aniq tushunishlariga erishishi, ikkinchidan,
berilgan harakatni qanday bajarish kerakligi haqida tasavvur yaratishi kerak.
Harakatni dastlabki o‟rgatishning ko‟rgazmali bo‟lishi harakatning asosiy fazalari
haqida his va tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi xilma-xil metod va usullar
yordami bilan ta‟minlanadi.
Dastlabki o‟rgatish bosqichida topshiriqning bajarib bo‟lish yoki
bo‟lmasligi: a) o‟quvchilarda harakat tajribasining qanchalik kattaligi; b)
o‟rganiladigan
harakat
tuzilishining
qay
darajada
murakkabligi;
v)
o‟rganuvchilarning jismoniy imkoniyatlariga tuzilishning qanchalik muvofiqligi
bilan belgilanadi. Dastlabki malakaning tez hosil bo‟lishi va sifati o‟rganuvchidagi
86
harakat tajribasining qanchalik boyligiga ko‟p jihatdan bog‟liqdir. Murakkab
tuzilishli harakatli mashqni u haqda yaxlit tasavvur yaratilganidan keyin, qoidaga
ko‟ra bo‟lib tashlash metodi bilan qismlar bo‟yicha amaliy o‟zlashtira boshlash
maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |