978-9943-5715-6-3
5
KIRISH
Jamiyatimizda sog„lom turmush tarzini shakllantirish, aholining, ayniqsa yosh
avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug„ullanishi
uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali
yoshlarda o„z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo„lgan ishonchni mustahkamlash,
mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg„ularini kamol toptirish,
shuningdek, yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli
tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada
rivojlantirishga yo„naltirilgan keng ko„lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yurtimiz vakillarining Olimpiya o„yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo
o„yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga
erishayotgani, dunyoda O„zbekistonning obro„-e‟tibori va sport salohiyati yanada
oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport
inshootlari barpo etilayotgani, o„quvchi va talaba yoshlar o„rtasida uch bosqichdan
iborat «Umid nihollari», «Barkamol avlod» va «Universiada» sport o„yinlari
ommalashib borayotgani ayniqsa e‟tiborlidir.
O„zbekiston Respublikasi hududlarida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni
yanada rivojlantirish, aholining barcha qatlamlari, ayniqsa yoshlarni jismoniy
tarbiya va sport bilan muntazam shug„ullanishga jalb etish, mamlakatimizda bu
borada yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish natijadorligini oshirish
maqsadida qator qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Jumladan birinchi
Prezident I.A.Karimovning 2000 yil “O„zbekistonda “Uch bosqichli” (“Umid
nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada”) musobaqalar tizimini joriy etish
to„g„risida”gi, 2002 yil 24 oktyabrdagi “O„zbekiston bolalar sportini rivojlantirish
jamg„armasini tuzish to„g„risida”gi farmoni, Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 4
martdagi “Sog„lom avlod uchun ordenini ta‟sis etish to„g„risida”gi, 1996 yil 13
martdagi “O„zbekistonda futbolni rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi,
1999 yil 27 mayda “O„zbekistonda jismoniy madaniyat va sportni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi, 2000 yil 15 fevralda “Sog„lom avlod”
6
davlat dasturi to„g„risida”gi, 2002 yili 31 oktyabrdagi “Bolalar sportini
rivojlantirish jamg„armasi to„g„risida”gi qarorlari, shuningdek mamlakatimiz
prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 3 iyun PQ–3031-sonli “O„zbekiston
Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish
to‟g‟risida”gi, 2018 yil 5 martdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat
boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to„g„risida”gi PF-
5368-sonli farmon va qarorlari yurtimizda nafaqat sportni rivojlantirishga balki
ta‟lim muassasalari va boshqa turdagi jamoalarda sport turlari bo„yicha
to„garaklarni
tashkil
qilish,
ulardagi
mashg„ulotlarni
har
tomonlama
takomillashtirish yo„lida dasturil amal bo‟lib xizmat qilmoqda.
Hozirda ayniqsa, bolalarni go‟daklikdan boshlab yalpisiga va mustaqil
jismoniy mashg‟ulotlarga keng jalb qilish, chiniqtirish, xususan, sog‟lom,
baquvvat, chidamli, chaqqon bo‟lib o‟sishlariga jiddiy e‟tibor berish juda zarur.
Jismoniy madaniyat va sport bilan muntazam shug‟ullanish muskullarning uyg‟un
rivojlanishi, yurak – tomir va nerv sistemasi hamda nafas organlarining sog‟lom
bo‟lishiga yordam beradi. Ushbu o‟quv qo‟llanma 5112000
-
Jismoniy madaniyat
ta‟lim yo‟nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun mo‟ljallangan bo‟lib, u
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fan dasturi asosida tayyorlangan
bo‟lib. O‟quv qo‟llanmada jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining
maqsadi, vazifalari, uning jamiyatdagi vazifalari va shakllari, jismoniy tarbiya
nazariyasi bo„yicha olib borilayotgan tadqiqot uslublari, jismoniy tarbiya vositalari
va didaktik tamoyillari, mashg„ulotlarda qo„llaniladigan metodlari, harakatlarga
o„rgatish bosqichlarining tuzilish asoslari va qonuniyatlari, jismoniy sifatlarni
(kuch, tezkorlik, chaqqonlik, egiluvchanlik, chidamlilik) tarbiyalash metodikasi
jismoniy tarbiya darslarida pedagogik nazorat: pedagogik tahlil, xronometraj,
pulsometriya o„tkazish uslublari, sportning nazariy asoslari, sport musobaqalari va
sportchilarni tayyorlash tizimi, sport trenirovkasining vositalari va metodlari,
tamoyillari, sportchining jismoniy texnik va taktik tayyorgarligi haqida
ma‟lumotlar berilgan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |