Yuristning nutq


Abu Ali Ibn Sino



Download 400,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet71/150
Sana24.04.2022
Hajmi400,04 Kb.
#578603
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150
Bog'liq
67. Yuristning nutq madaniyati. Somir Usmonov

108


Abu Ali Ibn Sino
Buyuk tabib, faylasuf, shoir Abu Ali ibn Sino Sharq 
uyg'onish davrida muhim o‘rin egallaydi.
Dunyo ilm-fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa 
qo‘shgan Abu Ali ibn Sino qomusiy bilim sohibi. Ilm-fan, 
madaniyat tarixida nomi zarrin harflar bilan bitilgan. Sharqda 
tabiblik sohasida dong taratgan Ibn Sino g‘arbda 
“Avitsenna “
nomi bilan mashhur bo‘ladi.
Abu Ali ibn Sino buyuk tabib, matematik, faylasuf va shoir 
sifatida 280 dan ortiq qimmatbaho asarlar yozib qoldirgan. 
Tilshunoslik, poeziya nazariyasi, musiqashunoslik ba boshqa 
sohalar bilan ham mashg'ul bo‘lgan. 
“Arab tili grammatikasi
”, 
“She ’r to ‘g ‘risidagi kitob ”, “Musiqa haqida risola
"kabi asarlar 
shular jumlasidandir. Ibn Sinoning ta’lim-tarbiya, axloq va 
nutq madaniyati haqidagi qarashlari notiqlik san’ati tarixi 
bilan bevosita bog‘liqdir. Bu borada Ibn Sino nutq jarayonida 
quyidagilarga qat’iy amal qilishni uqtiradi:
— nutqda ohang muhim rol o‘ynaydi. Shu bois ohangga e’tibor 
berish lozim;
— notiq birinchi navbatda tinglovchilar saviyasini, 
dunyoqarashini e’tiborga olishi kerak;
— ortiq nasihatgo‘ylik nutqqa putur yetkazadi, o‘rtoqlik 
tarzida olib borilgan suhbat kuchli taassurot qoldiradi;
— barchaga yoqimli, muloyim, ohangdor nutq maqsadga 
muvofiqdir;
— o‘rinli dashnom hayotiy misollar bilan qiyoslab berilsa, 
ijobiy samara berishi tabiiydir;
— nutq jarayonida e’tiqod masalasida bir necha dalillarga 
tayanilsa, nafaqat, tinglovchiga ta’sir qilishi mumkin, balki 
o‘zi haqida o‘ylashga, haqiqatni izlashga harakat qiladi;
— tinglovchi nutqni e’tibor bilan eshitayotganda, nutq 
oxirigacha mantiqan izchil davom ettirilishi maqsadga 
muvofiqdir, aks holda mavzuni almashtirishga to‘g‘ri keladi.
Ibn Sino fikricha, notiq o‘z nutqiga nihoyatda e’tibor berishi 
lozim. Kamchilik, nuqsonlami ko‘ra bilishi kerak. «Agar biror
109


kamchilik e’tibordan chetda qolsa, butun mehnat zoye ketadi 
va istalgan natijaga olib kelmaydi»1.
Nutqda notiq tomonidan chetlab o‘tilgan nuqsonlar, salbiy 
natijalarga olib kelishi ham mumkin. Bunday kamchiliklami 
Ibn Sino «Sirti tuzalgan, lekin ichidan yiringlab ketgan yara»ga 
qiyoslaydi. Bu nuqsonlar «vaqti bilan yiringlab, o‘zining 
yaramas va bema’ni qiyofasini ko‘rsatadi», — deb alohida 
ta’kidlaydi. Bunday kamchiliklar ko‘proq hukmron doira 
vakillarida uchrashi tabiiy edi. Shu bois Ibn Sino bu boradagi 
fikrlami ko‘proq o‘shalar nutqiga tegishliligini ta’kidlaydi. 
«Odamlar hukmdorlardan qo‘rqishlari tufayli ba’zan ulaming 
kamchiliklarini bilsalar ham yuziga haqiqatni ayta olmaydilar. 
Amaldorlar o‘z nutqlaridagi kamchiliklami har doim ham 
seza olmaydilar, Ba’zan esa sezsalar ham lavozim, mansabdan 
foydalangan holda o‘zlarini boshqalardan ustun qo‘yadilar. 
Buning natijasida ulaming xulqlari buzila boshlaydi, bu hoi 
davlat ishiga ham salbiy ta’sir etadi», — deb yozadi.
Bundan tashqari Abu Ali ibn Sino o‘zining nazmiy asalarida 
ham notiqlik, nafosat, so‘zga chechanlikning; kishi tafakkuri, 
aql-idrokining oynasi til tufayli ekanligini ta’kidlaydi:
Inson notiqligi, saodat tildan,
Nazokat tildandir, nafosat tildan.
Hayot saboqlari ko‘rsatur shuni,
Do‘zax tildan erur va jannat tildan. (Ibn Sino. Farosat ilmi 
haqida).
Ibn Sino davlat boshqaruvi tizimida demokratik tamoyillarga 
amal qilish tarafdori edi. Shu bois u amaldorlar faoliyatidagi, 
xususan, nutqidagi xato-kamchiliklar vaqtida tuzatilsa, 
mamlakat poydevori mustahkam bo‘lishini uqtirgan,edi.
Butun kuch-g‘ayratini ilmga bag‘ishlagan, xalq sog'ligi va 
mamlakat xizmati yo‘lida faoliyat ko‘rsatgan buyuk mutafakkir 
olim 1037-yili olamdan o‘tdi. Uning muborak nomi jahonning 
barcha mamlakatlarida hurmat va ehtirom bilan tilga olinadi.

Download 400,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish