86
taqdirda esa mazkur obyektlarning qiymati
O`zbekiston Res-publikasi
Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532 soni qarorining 14-ilovasiga
asosan, ya'ni jismoniy shaxslar mol-mulkni baholash bo`yicha organlar belgilangan
inventarizatsiya qiymati bo`lmasa soliq undirish uchun Toshkent shahari va viloyat
markazlarida 2100 ming so`m boshqa shaharlar va qishloqlarda 920,0 ming so`m
miqdordagi mol-mulkning shartli qiymati qabul qilinadi hamda shu asosida 2007-
yil 1-yanvardan boshlab soliqqa tortiladi.
Imoratlar, binolar va inshootlar bir qancha mulkdorlarga tegishli umumiy
hissali mulk egalari bo`lganda soliq har bir mulkdorning imo-ratlari,
binolar va
inshootlardagi hissasiga qarab hisoblanadi.
Yangi qurilgan yoki sotib olingan mulklar bo`yicha soliq kelgusi yil boshidan
boshlab hisoblanadi.
Meros bo`yicha mol-mulkdan soliq merosxo`rlardan meros ochilgan paytdan
boshlab undiriladi. Mol-mulk yo`q qilingan, butunlay vayron bo`lgan oydan
e'tiboran to`xtatiladi.
Mol-mulkka mulk huquqi kalendar yil davomida bir mulkdordan boshqasiga
o`tganda soliqni birinchi mulkdor o`sha yilning 1-yanvaridan bu mol-mulkka mulk
huquqini o`qotgan oyning boshigacha to`laydi, ya'ni mulkdor esa mulk huquqini
qo`lga kiritgan oydan e'tiboran to`laydi.
Kalendar yil davomida imtiyozga ega bo`lish huquqi paydo bo`lgan taqdirda
mol-mulk solig`i ana shunday huquq vujudga kelgan oydan e'tiboran qayta
hisoblab chiqiladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni to`lash usuli —
kadastrli usul
hisoblanadi. Soliqni bunday usul bilan to`lashning o`ziga xos
xususiyati shundan iboratki, mol-mulkka uning tashki belgilari, mo`ljal-lanayotgan
daromad asosida soliq solinishi bois, soliqni to`lash vaqti
daro-madni olish vaqti
bilan hech qanaqa bog`liq emas va shu munosabat bilan mol-mulk solig`ini to`lash
uchun qatiy muddat belgilanadi. Jumladan, mol-mulk solig`i teng ulushlarda ikki
muddatda — 15-iyun va 15-dekabr-dan kechiktirmay to`lanadi (O`zbekiston
Respublikasi Soliq kodeksining 95-moddasi).
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq solish predmeti
joylashgan joydagi soliq organi tomonidan hisoblab chiqiladi, bunda soliq organi
tomonidan yozib beriladigan to`lov xabarnomasi toiovchilarga har yili joriy yilning
1-mayidan
kechiktirilmay
topshiriladi
(O`zbekiston
Res-publikasi
Soliq
kodeksining 95-moddasi 8-qismi). Shunday qilib, soliq to`-lovchining roli go`yki
passivdir.
Soliqlar bo`yicha to`lovlar faqatgina soliq solish predmeti joylashgan joydagi
mahalliy budjetga o`tkaziladi.
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq uning har yili 1-yanvar
holatiga ko`ra ro`yxatga olish (invetarizatsiya) qiymatiga nisbatan %
hisobida
hisoblab chiqariladi. Agar imoratlar, binolar va inshootlarning ro`yxatga olish
qiymati haqidagi ma'lumotlar bo`lmasa, u holda soliq ushbu mulkning davlat
majburiy sugurtasi bo`yicha summalarni hisoblash uchun belgilangan qiymatidan,
shuningdek, har yilning 1-yanvar holatiga ko`ra baholanishidan chiqqan holda
hisoblab chiqiladi.
87
2002-yil 1-yanvardan O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama-sining
2001-yil 31-dekabrdagi «Asosiy makroiqtisodiy ko`rsatkichlar prog-nozi va 2002-
yilgi O`zbekiston Respublikasi Davlat budjetining parametr-lari to'g`risida»gi 490-
son qaroriga muvofiq joriy etilgan jismoniy shaxs-lardan olinadigan transport
vositalari
uchun benzin, dizel yoqilig`isi va suyultirilgan gaz iste'moliga solig`ini
hisoblab chiqarish va to`lash tartibi O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va
Davlat Soliq qo`mitasining yo`riqnomasida belgilab berilgan.
Yuriqnomaga muvofiq ushbu soliq turi bo`yicha soliq summasi jis-moniy
shaxslarga sotiladigan benzin, dizel yoqilig`isi va suyultirilgan gaz uchun mablag`
to`lanishi bilan bir vaqtda undiriladi va soliq summasi qu-yidagi formula bo`yicha
hisoblanadi:
NqV St,
Bu yerda:
N-hisoblab yozilgan soliq;
V-jismoniy shaxslarga sotilayotgan benzin, dizel yoqilig`isi va suyul-tirilgan
gazning natural ifodadagi hajmi;
St-soliq stavkasi.
Soliq summasi chakana narxga qo`shimcha ravishda belgilanadi va jis-moniy
shaxs-xaridorga berilgan chekda alohida satr bilan ko`rsatiladi.
Hisoblab chiqarilgan va ushlangan soliq summasi hujalik yurituvchi
subyektlar uchun tushum deb hisoblanmaydi hamda boshqa to`lanadigan soliqlar,
yig`imlar va majburiy to`lovlar bo`yicha soliq obyekti boimaydi.
Budjetga soliq to`lovchilar sotilgan benzin, dizel yoqilig`isi va suyul-tirilgan
gaz hisobi hamda hisoblangan soliq summalari hisobini alohida yuritadilar.
Budjet bilan hisob-kitoblar hisobi «Budjet bilan hisob-kitoblar» hisob-varag`i
bo`yicha — «Jismoniy shaxslardan olinadigan transport
vositalari uchun benzin,
dizel yoqilig`isi va suyultirilgan gaz iste'moliga soliq» ilova hisobvarag`ida
yuritiladi, soliqni o`tkazish «hisob-kitob varag`i» hisob-varag`i bo`yicha aks
ettiriladi.
Soliq mahalliy budjetga O`zbekiston Respublikasi budjetlari daromad va
xarajatlarining tegishli tasnifiga ko`ra bulim va paragrafga to`lanadi.
Soliq bank muassasalari orqali har o`n kunda, benzin, dizel yoqilig`isi va
suyultirilgan gaz jismoniy shaxslarga sotilgan oy un kunligi tugaganidan so`ng
uchinchi kundan kechiktirmay toianadi.
Joriy o`n kunlik to`lovlar hisobiga olingan soliq bo`yicha hisob-kitob
avtomobilga yonilg`i qo`yish shoxobchalari joylashgan erdagi davlat soliq xizmati
organlariga har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 15-kunidan kechiktirmay
taqdim etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: