81
soliq xizmati organlariga yuridik shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig`ini
hisoblash to`grisidagi Yo`riqnomaning 6-ilovasiga binoan shaklda ma'lumotnoma
taqdim etadilar.
Birinchi chorak, yarim yillik, 9 oy va yil tugashi bilan to`lovchi hiso-bot davri
uchun mol-mulkning haqiqatda o`rtacha qoldiq qiymatidan kelib chiqib yil
boshidan o`sib boruvcbi yakun bilan mol-mulk solig`i
hisob-kitobini mustaqil
ravishda amalga oshiradi va uni davlat soliq xizmati oiganlariga moliyaviy
hisobotlarni taqdim etish uchun belgilangan mud-datlarda taqdim etadi. Taqdim
qilingan hisob-kitobdan kelib chiqib hisob-langan mol-mulk solig`ining summasi
choraklik va yillik moliyaviy hisobotlarni topshirish uchun belgilangan muddatdan
keyin besh kun ichida o`tkaziladi.
Mol-mulkning qoldiq qiymati va imtiyoz taqdim etish muddatini ko`rsatgan
holda korxona mol-mulki o`rtacha qoldiq qiymatining hisob-kitobi va soliq
undirilmaydigan mol-mulk ro`yxati mol-mulk soligining hisob-kitobiga majburiy
ilovalar hisoblanadi.
Mahsulot eksportini amalga oshiradigan eksportchi korxonalar mol-mulk
solig`i hisob-kitobini taqdim etayotganlarida mazkur yuriqnomaning 5-ilovasiga
binoan eksport qilinadigan mahsulot (ishlaf, xizmatlar)ga doir ma'lumotnomani
taqdim etadilar.
Eksportchi korxonalar eksport ulushi 15 dan 25 %gacha bo`lganda
hisob-
kitob shaklida 2-satrning 3-ustunida soliq stavkasini kasr chizig`i orqali
ko`rsatadilar (2 %; 0,6 %).
Ortiqcha to`langan soliq summalari, agar soliqlar va yig`imlar bo`yi-cha qarz
mavjud bo`lmasa, to`lovchining yozma arizasiga ko`ra bo`lg`usi to`lovlar hisobiga
qayd etiladi yoki 30 kun ichida qaytariladi.
Budjet bilan hisob-kitoblarning buxgalteriya hisobi budjetga to`lovlar
bo`yicha qarzni hisobga olish hisobvarag`i bo`yicha yuritiladi.
Hisoblab yozilgan soliq summasi quyidagicha aks ettiriladi:
davr xarajatlarini hisobga olish hisobvaragi debeti;
budjetga to`lovlar bo`yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag`i krediti.
Budjetga o`tkazilgan soliq summalari quyidagicha aks ettiriladi:
budjetga to`lovlar bo`yicha qarzlarni hisobga olish hisobvaragi debeti;
pul mablag`larini hisobga olish hisob varag`i krediti.
Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektlari va me 'yoriy
muddatlarda o`rnatilmagan uskuna uchun mol-mulk solig`ini to`lash tartibi:
1. Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyekti uchun mol-mulk
solig`ini to`lovchilar bo`ladi qurilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar-buyu rt
machilar hisoblanadi.
Soliq solish obyekti bo`ladigan belgilangan muddatlarda tugallanma-gan
qurilish obyektining qiymati (smetalar, smeta-moliya hisob-kitoblari va kapital
qurilish titullari ro`yxatida ko`zda tutilgan bino va inshootlarni ko'-
rish, uskunalar,
asboblar, asbob-uskunalarni va boshqa predmetlarni sotib
olish xarajatlari (qurilish pudrat yoki xo`jalik usuli bilan qurilishidan qat'i nazar),
ya'ni buyurtmachi tomonidan f-3 shaklida (bajarilgan ishlar va xarajatlar hajmi
to`g`risida ma'lumotnoma) rasmiylashtirilgan statistika hi-sobiga obyekt bo`yicha
82
kiritilgan va tugallanmagan qurilish hisobvarag`ida hisoblanadigan hamma ishlar
va xarajatlar (belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish obyektlari qismida)
hajmi hisoblanadi.
Qurilishning belgilangan muddati deb qurilishni tashkil qilish loyihasi
(KTKL) tarkibida 1.04.03-85-son KMK «Korxonalar, binolar va inshoot-larni
qurish muddati me'yorlari»ga muvofiq loyihalash tashkiloti tomoni-dan
aniqlanadigan obyekt qurilishining me'yoriy muddati hisoblanadi.
Loyihalash tashkilotlari loyiha-smeta hujjatlarida
tayyorlash muddat-larini
ajratgan holda qurilish muddati me'yorini ko`rsatishlari shart. Loyiha-smeta
hujjatlarida qurilish muddati me'yori ko`rsatilmagan taq-dirda, buyurtmachi
loyihalash tashkilotidan muayyan obyekt bo`yicha qurilish muddatining me'yori
to`g`risida xulosa olishga majbur.
2. Me'yordagi muddatda o`rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig`ini
to`lovchilar bo`ladi kapital mabiag`lar hisobiga qayta jihozlana-digan obyektlarda
montaj qilish talab qilinadigan va o`rnatishga belgilangan texnologik, energetik va
ishlab chiqarish uskunalari bo`lgan (ustaxonalar, tajriba qurilmalari va
laboratoriyalar uchun, uskunalarni qo`shib) yuridik shaxslar hisoblanadi.
Me'yordagi muddatda o`rnatilmagan uskunalar uchun soliq solish obyekti
bo`ladi o`rnatishga belgilangan uskunalar qiymati hisoblanadi, ular
qatoriga montaj
qilishni talab qiladigan, faqat qismlarini yig`ish va poyde-vorga yoki ustunlarga,
polga, qavatlararo to`siqlarga va boshqa bino va inshootlarni ko`tarib turuvchi
konstruktsiyalarga o`rnatiladigan uskunalar hamda uskunalarni hisobga olish
hisobvarag`ida hisoblanadigan shunday uskunalarning ehtiyot qismlar to`plami
(me'yordagi muddatda o`rnatilma-gan uskunalar qismida) hisoblanadi. Ushbu
uskunalar tarkibiga o`rnatiladi-gan uskunalar qatorida montaj qilish uchun
belgilangan nazorat-o`lchov apparaturasi yoki boshqa asboblar ham kiradi.
Korxonalar, binolar va inshootlar qurilishida tasdiqlangan qurilish muddati va
tayyorlab qo`yilgan zaxiralar me'yoriga muvofiq har bir obyekt bo`yicha
texnologik yoki boshqa uskunalarni yetkazib berish
va montaj qilish jadvali
belgilangan bo`lishi lozim.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilgan va import qilingan uskunalarni yetkazib
berish va montaj qilish jadvalida quyidagi muddatlarda topshirish hisobga olinadi:
- yirik texnologiya va energetika uskunalari - ularni nomma-nom ro`yxatlari
bo`yicha montaj qilish va yetkazib berish jadvallarining rejadagi muddati o`tib
ketgandan keyin;
- texnologiya uskunalari, texnologiya liniyalari, qurilmalar va boshqa
umumzavod uskunalari - uskunalarni montajga topshirishining rejadagi muddati
o`tgandan keyin, lekin olti oydan ortiq bo`lmagan muddatda;
- komplekt import uskunalari - ularni montajga topshirishning rejadagi
muddati o`tib
ketgandan keyin, lekin bir yildan ortiq bo`lmagan muddatga, agar
texnik shart-sharoitlariga ko`ra uskunani qismlar bo`yicha montaj qilish mumkin
bo`lmasa, ularni montajga topshirish muddati uskunalar butun komplektining kelib
tushishi paytidan hisoblanadi;
- qismlarga ajratilgan import uskunalari, shuningdek, kabel mahsu-lotlari,
simlar va troslar - ularni montajga topshirishning rejadagi muddati o`tgandan
83
keyin, lekin olti oydan ortiq bo`lmagan muddatda.
Uskunalarni montaj qilish va o`rnatish uchun me'yorlar va jadvallar
bulmaganida soliq quyidagi muddatlarda to`lanadi:
- ishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo`yicha
mamlakatimizda ishlab
chiqarilgan va import qilingan uskunalarning o`rnatilmaganligi uchun - sotib
olinganiga bir yillik muddat to`lganidan keyingi oydan boshlab;
- noishlab chiqarish maqsadlaridagi obyektlar bo`yicha - sotib olinga-niga olti
oy tugagandan keyin;
- montajni talab qilmaydigan xo`jalik inventarlari va uskunalari bo`yi-cha -
sotib olingan kundan boshlab.
Uskunalarni yetkazib berish va montaj qilishning yuqorida ko`rsatil-gan
muddatlarini buzganligi uchun korxona va tashkilotlar, O`zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari, mol-mulk solig`ini ikki
baravar ko`paytirilgan stavka bo`yicha to`laydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: